Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
35-rasm. Qadimgi Misr. Gizadagi piramidalar shakllarining uyg

unligi (K.S. Kryukov bo

yicha):I-Heops; II-Hefren; 
III-Mikerin; IV-Piramida tosh bloklarining shakli 
Uning fikricha, tosh yo‘nuvchilar dastlab parallelogram shaklidagi tosh 
bloklarni tayyorlab ularning yuz qirrasini qiya qilib yo‘nganlar. Buning uchun tosh 
bloklarning yon tomonlariga asosini teng to‘rt bo‘lakka, balandligigini teng besh 
bo‘lakka bo‘lib belgi qo‘yilgan. Shunda katetlari 4 va 5 nisbatli to‘g‘ri burchakli 
uchburchak hosil bo‘lgan (35-rasm, IV). Piramidaning burchaklariga qo‘yiladigan 
bloklarda esa qiyali yo‘nish har ikki tarafdan amalga oshirilgan. Qarang qanday 
oddiy ish! Qirralar nishabligining burchagini hisoblashga ham, fazoda piramida 
balandligini aniqlashga ham zarurat yo‘q, chunki toshlarning aniq o‘lchamlari va 
sifatli terilishi ehromning umumiy o‘lchamlarini o‘z-o‘zidan muvofiqlashtirgan.
Xefren ehromining o‘lchamlari Xeopsga nisbatan biroz kichikroq. Uning 
kvadrat asosining tomonlari 215,25 m, balandligi 143,5 m. Bu ehrom tarzi va 
qirqimi ham teng yonli uchburchak shaklida bo‘lib, uning qurilishi bir-biriga 
juftlangan to‘g‘ri burchakli ikkita misr uchburchagiga asoslangan (35-rasm, II). 
Bunda piramida balandligining asos tomoniga nisbati 143,5:215,25=0,666 ga teng. 
Buni oddiy sonli arifmetik nisbatga aylantirsak 2:3 yoki 4:6 mutanosibligi kelib 
chiqadi. Shunda ehromning balandligi misr uchburchagining katta kateti 4 ga, 
asosi tomonining yarmi kichik kateti 3 ga, qiyalik uzunligi esa uning gipotenuzasi 
5 ga teng bo‘ladi.


60 
Mikerin ehromi asosining tomonlari – 108,04 m, balandligi – 66,4 m (35-
rasm, III). Ehromning tik qirqimi va tarzi teng yonli uchburchakni hosil qilib, 
balandlikning ehrom asosi tomoniga nisbati 66,4:108,04=0,613 ga teng. Bu esa 
8:13 nisbatdagi oddiy sonli mutanosiblikni beradi, ya’ni teng yonli uchburchak 
balandligining asosi yarmiga nisbatini. Shunday qilib, K.S.Kryukovning 
aniqlashicha, Misr ehromlarining me’moriy shakllarini topishda me’morlar eng 
oddiy geometrik shakllar mutanosibligidan, ya’ni kvadrat, misr uchburchagi va 
teng yonli uchburchaklardan foydalanganlar. Qurilish jarayonida esa me’morlar 
ushbu shakllar mutanosibligidan kelib chiquvchi oddiy sonli: 1:1, 2:3, 3:4, 4:5, 
4:6, 5:8, 8:13 nisbatlarni qo‘llagan, chunki ular karrali uzunlik birligiga mos kelib, 
ularni qurilish maydonida oddiy aslahalar: o‘lchov tayyog‘i –"kanna" va reja ipi 
bilan amalga oshirish oson bo‘lgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, qadimgi dunyo me’morlari chizma doskasining 
o‘rniga qurilish maydonidan, chizmachilik uskunalarining o‘rniga esa qoziq va 
arqon – reja ipidan foydalanganlar. Bo‘lajak inshootning chegaralari qurilish
maydonida o‘zining haqiqiy kattaligida chizib chiqilgan. 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling