Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

42-rasm. Turkiston. Xoja Ahmad Yassaviy 
maqbara-xonaqosining 
me’moriy loyihalash 
uslublari (K.S.Kryukov bo’yicha):
 
а–tarhi; b–
qirqimi.
 
а b 


77 
Bino shakllari va xonalarining balandligini topishda me’mor lar bino tarhi 
chizilgan modul to’ridan foydalanilgan. Majmuaning markaziy va eng katta xonasi 
bo‘lgan jamoatxona tamonlarining tarhdagi nisbati M:M (ya’ni kvadrat); jamoat- 
xona asosining balandligiga nisbati M:2M; peshtoq ravog‘i enining ravoq uchi 
balandligiga nisbati ham o‘shancha, ya’ni M:2M; gumbaz gardishi diametrining
Ahmad Yassaviy go‘rxonasi balandligiga nisbati 1:2,5 ga teng qilib olingan. 
Yuqorida keltirilgan tahlildan ko’rinib turibdiki, Xoja Ahmad Yassaviy 
xonaqosini loyihalashda me’morlar modul to‘ri, ya’ni miqyosiy kataklash uslubini 
me’moriy shakllarni handasaviy yasash uslubi bilan hamohang bog‘lagan va 
to‘ldirgan.
Endi "Bibixonim" – Temurning jome masjidiga xos me’moriy shakllar 
uyg‘unligini ko‘rib chiqaylik (43-rasm). Bino tarhining asosiy moduli M sifatida 
masjid bosh xonaqosining tomoni olingan, chunki mahobatli binolarda bosh 
gumbaz bilan yopilgan asosiy xona o‘lchami va peshtoq ravoqlaring qurilmalari 
katta rol o‘ynaydi. 
42-rasm davomi. v- Xoja Ahmad Yassaviy
maqbara-honaqosi tarzining
uyg’unlik tamoyillari.
 


78 
Asosiy modul M 24 gazga yoki 14,6 metrga teng (1 gaz – 60,4 sm ni tashkil 
qilgan). Kichik modul 3 gazga yoki katta asosiy modulning 1/8 qismiga teng. 
Masjid tarhining umumiy o‘lchamlari 145x106,5 metr bo‘lib, bu asosiy modulning 
7:10 nisbatiga yoki kvadrat tomonining diagonali nisbatiga to‘g‘ri keladi. 
Boshqacha qilib aytganda masjid tarhining eni kvadrat tomoniga, uzunligi esa 
kvadrat diagonaliga teng qilib olingan. Hovli o‘lchamlari 76,1x64,2 m. Buni gazda 
ifodalasak 212x252 yoki an’anaviy 5:6 nisbatni beradi. Sharq tomonda bosh 
peshtoq joylashgan bo‘lib, uning ravog‘i eni 18,8 metr. G‘arb tomondan masjid 
bosh xonaqosi - bosh masjid joylashib, uning peshtog‘i balandligi 40,6 metr, 
ravog‘ining eni 17,6 metr.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling