Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


b-rasm. Bibixonim” masjidi bosh xonaqosi “janubi- shimol” qirqimining me’moriy yechilish uslubi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

44b-rasm. Bibixonim” masjidi bosh xonaqosi “janubi-
shimol” qirqimining me’moriy yechilish uslubi 
44v- rasm. Kichik masjid “g’arb-sharq” 
qirqimining chizilishi 
Masjidning sharqiy bosh tarzi peshtoqi katta zarar ko‘rgan va uning tepa 
qismi butunlay qulab tushgan. K.S.Kryukov ushbu tarzni grafik ta’mirlash uchun 
asosiy modul qilib 30 gazga teng bo‘lgan ravoq enini olgan. Tarz ko‘rinishini 
ta’mirlash bino marmar kursisidan boshlab amalga oshirilgan. Peshtoq yon 
minoralari bilan birga kvadrat ichiga chizilgan (45-rasm). Yon minoralari va 
kursisiz peshtoq o‘lchamlarining mutanosibligi kvadrat va uning diagonali nisbati 
(5:7) ga to‘g‘ri keladi: 5-peshtoq asosi, 7 balandligi. Ta’mirlanayotgan tarz esa 
umumiy ko‘rinishda asosiy modul (30 gaz)ning yarmiga teng modul to‘riga 
chizilgan (45-rasmga qarang). Peshtoq o‘lchamlarining o‘zaro nisbati yon 
minoralarisiz 3,5:5,66 = 0,618, ya’ni "oltin kesim" nisbatida. Minoraning diametri 
peshtoq asosining 1/7 ga teng. Minoralar uch qavatli ko‘rinishda bo‘lib, 
balandliklari modul to‘riga karrali, ya’ni 4,5 metr. Bosh tarz peshtoqi rasmda 
ko‘rinib turganidek qatorak (arkatura) bilan tugallangan, uning ostidan esa kitoba 
joyi ajratilgan. Qatorakning mavjudligini Nizomiddin Shomiy "Zafarnoma"da 
eslatgan bo‘lsa, kitobi haqida Bobur "Boburnoma"da yozib ketgan.


81 
Shunday qilib, Xoja Ahmad Yassaviy 
maqbara-xonaqosi va "Bibixonim"masjidining 
me’moriy shakllarining uyg‘unligini topishda 
me’morlar butun va qismning karrali 
munosabatlariga asoslangan butun sonli modul 
tizimiga tayanib, ayni paytda, zarur hollarda 
handasaviy yasalishlardan hosil bo‘lgan 
irratsional munosabatlar: kvadrat va uning 
diagonali hamda "oltin nisbat"larni ham 
qo‘llashganlar. Biroq, bu munosabatlar yaxlit 
o‘lcham birliklari gaz va yarim gazda 
ifodalangan.
Me’morchilik sohasidagi tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha, Markaziy Osiyo me’morchiligi 
Qadimgi Misr va Yunon, shuningdek qadimgi 
sharq xalqlari me’morchiligi qatori o‘zining 
sinalgan urf-odatlari, tartib va qoidalariga ega 
bo‘lib, 
ulardan ayrimlari xalq orasida 
hanuzgacha saqlanib qolgan. Bino tarhini 
ishlashda miqyosiy o‘lchov (modul) va modul 
tizimidan foydalanish
simmetriyaga 
asoslanish, bino shakllari tomonlarini kvadrat 
va "oltin kesim" nisbatlarida chiqarish, ularda 
mutanosib proporsiyalarni qo‘llash, me’moriy 
bezaklarda girih va islimiy, 
murakkab 
naqshlardan foydalanish, ularni uzoqdan va 
yaqindan ko‘rinadigan naqshlarga bo‘lib 
ishlash qoidalariga amal qilish eng oddiy 
tartiblar qatoriga kirgan.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling