Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. “Bibi-xonim” masjidi bosh  darvozasining me’moriy chizilish uslubi 46-rasm. “Bibixonim” masjidining qurilishi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

45-rasm. “Bibi-xonim” masjidi bosh 
darvozasining me’moriy chizilish uslubi
46-rasm. “Bibixonim” masjidining qurilishi. Rasm 
yuqorisidagi bosh me’mor qo’lida bino modeli 
ko’rsatilgan. “Zafarnoma”ga ishlangan miniatyuradan 
(XV a.). 


82 
Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asariga Kamoliddin Behzod 
ishlagan miniaturalarning birida qurilish jarayoni ifodalangan bo‘lib, unda bosh 
me’mor qurilayotgan binoning modelini ushlab turgani tasvirlangan (46-rasm). 
Surat binoning o‘sha model bo‘yicha qurilayotganligini va, ayni paytda, 
me’morlarning quruvchilar ishini nazorat qilayotganligini ko‘rsatadi. Bu esa 
temuriylar davrida (XIV-XV asrlar) qurilish jarayonining nafaqat me’moriy 
handasa va modul asoslari, balki zarur hollarda bo‘lajak bino modelini yasash 
orqali ham amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
6.3. O‘rta Osiyo me’morchiligida "chortoq" kompozitsiyasi
va uning o‘rni 
Ma’lumki, chortoq deb tarhi kvadrat shaklida bo‘lgan va to‘rt tomonga birday 
to‘rtta toq-ravoq bilan ochilgan usti yopiq imoratga aytiladi. To‘rt tarafi ochiq 
ravoqli ko‘shk ham chortoq deb ataladi. Chortoqning usti, ya’ni tomi odatda 
gumbaz bilan yopilgan bo‘ladi. Markaziy Osiyo me’morchiligida chortoq 
kompozitsiyasini chuqur o‘rgangan olim M.Q.Ahmedovning fikricha, chortoq bu 
o‘lkada islom qabul qilinishidan ilgari yuzaga kelib, aksariyat inshootlarning 
tipologik shakllanishida genetik qurilma tarzida xizmat qilgan. Olim chortoqning 
o‘zi qanday yuzaga kelgan degan savolni qo‘yib shunday tushuntiradi: "U 4 
soniga, sharq xalqlarida muqaddas hisoblangan kvadrat va chor unsurga 
asoslangan bo‘lsa ajab emas. Chortoq dastlab otashparastlik va buddizm 
ibodatxonalari qurilishida keng qo‘llanilgan. Chortoqqa qadar chorustunli ayvon-
tekis oddiy inshoot-shiypon mavjud bo‘lgan, shiypon asosida chordara (to‘rt 
tarafida to‘rtta eshigi bo‘lgan ochiq ayvon), so‘ngra chortoq vujudga kelgan".
An’anaviy me’morchiligimiz nazariyasining taniqli tadqiqotchilaridan 
M.S.Bulatov ham chortoq kompozitsiyasining islom davrigacha shakllanganligini 
e’tirof etib, uning dastlab nafaqat otash-xonalar, balki rasadxona va boshqa 
ko‘pgina sohalarda qo‘llanganligini, 
so‘ngra esa IX 
asrdan boshlab 
maqbarasozlikda ham keng ishlatilganligini aytib o‘tadi.


83 
Shu nuqtai nazardan Buxorodagi Somoniylar maqbarasi chortoq 
qurilmasining O‘rta Osiyo me’morchiligidagi uyg‘unlashgan mukammal 
ko‘rinishiga misol bo‘la oladi. M.Q.Ahmedov chortoq qurilmasining IX-X asrdan 
boshlab nafaqat maqbaralar qurilishida, balki jome masjidlarining asosiy qishgi 
xonasi sanalgan xonaqohlarni qurishda ham keng qo‘llanilganligini yozadi. 
Masalan, X asrda Ko‘hna Termiz rabodida qurilgan Chor ustun masjidi me’moriy 
yechimining negizida ham chortoq kompozitsiyasi yotganligini uqtiradi. 
Ma’lumki, Buxorodagi Mox masjidi (Magoki Attori) o‘rnida ilgari (islomgacha 
davrlarda) otashparastlar ibodatxonasi bo‘lgan. Bu binoning dastlabki 
kompozitsiyasini ham chortoq tashkil etgan.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling