Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

aylantiruvchi tizimdir". Shu boisdan modul tizimi o‘tmishda me’morlarning 
binolarni loyihalashdagi eng ishonchli va keng qo‘llangan ijodiy uslubi bo‘lgan. U 
arifmetik, geometrik va garmonik mutanosibliklarning barcha go‘zalliklari va 
o‘ziga xosliklarini yagona me’moriy tizimga birlashtiruvchi vositadir.
7.2. Modul tizimi yoki miqyos to‘rida uzunlik o‘lchami 
Modul uslubida bino tarhi qog‘ozda kvadrat kataklar, ya’ni modul miqyos 
to‘ri ustiga chizilib, turli o‘lchamlar: devor qalinligi, eshik va derazalar o‘rni, 
ravoq va peshtoq kengligi kabilar shu katak tomonlariga teng va takrorlanuvchi 
(karrali) nisbatlarda olingan (49-rasm). Kvadrat katakcha tomonlari o‘sha davr 
uzunlik o‘lchamiga (gaz, tirsak, qarich, qadam kabilarga) mos bo‘lgan.
49-rasm. Tarhi va tarzi modul to' riga asoslangan bino: Buxorodagi Nodir Devon-begi honaqosi (XVII a.).
 


88 
Natijada ushbu katakchalar yordamida me’mor tarhda bino qismlarining 
o‘zaro mutanosibligiga erishgan hamda qurilishga sarf bo‘ladigan materiallar 
hajmini oldindan hisoblay olgan. Huddi shu yo‘sinda binoning hajmiy tuzilishi 
ham nisbatlab topilgan. Lekin bunda, me’mordan miqyosiy o‘lchov tizimi-modul 
to‘ridan tashqari arxitekturaviy shakllar uyg‘unligini aniqlash, 
ya’ni 
mutanosiblikning geometrik qoidalarini ham bilish talab etilganki, bunda u 
yuqorida qayd etilgan qator handasaviy yasash usullaridan kelib chiquvchi 
irratsional (matematik) nisbatlardan ham, oddiy sonli nisbatlardan ham, birday 
foydalangan. Biroq, ishchi chizmalarini bajarishda u modul tizimiga, ya’ni uzunlik 
o‘lchoviga karrali bo‘lgan miqyosiy kattalikka, to‘g‘rirog‘i modul (miqyos) 
kataklari to‘riga asoslangan. Aynan modul tizimidan foydalanib me’morlar 
o‘tmishda geometrik shakllar mutanosibligidan hosil bo‘ladigan irratsional 
miqdordagi (1:
2
, 1:
3

3
:2, 1:
5
, 2:
5
, (
5
-1):2, 1:(
5
-1)) proporsional 
nisbatlarni miqdoriga ko‘ra ularga yaqin bo‘lgan oddiy sonli (5:7, 4:7, 6:7, 4:9, 
5:8, 4:5) nisbatlarga almashtirganlar.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling