Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar: 
1. Me’morchilikda modul “miqyos” tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2. Modul tizimining me’morchilikdagi ahamiyatini tushuntirib bering. 
3. Modul tizimiga ta’rif bering. 
4. Modul tizimidagi uzunlik o‘lchamlarini tushuntiring. 
5. Miqyos yoki me’moriy to‘r uslubida me’moriy loyihalangan imoratlarga misol
keltiring. 
6. XVI-asr Buxorolik me’morning chizmalarida tasvirlangan imoratlarning
ahamiyatini tushuntirib bering. 
7. “Shariat gazi” va “shoh gazi”ning santimetrdagi uzunligini va bir-biridan farqini
tushuntirib bering. 
8. Modul tizimining zamoniviy me’morchilikdagi roliga izoh bering 


97 
VIII BOB. SHAHARSOZLIKDA MODUL TIZIMI VA HANDASAVIY 
UYG‘UNLIK 
8.1. Shaharsozlikda modul tizimi. "Gippodam muntazamligi" yoki 
"Muntazamlik qonuni" 
Shaharlarning tarkibiy qismlari – ko‘chalar, 
shahar maydonlari, jamoat binolari va me’moriy 
ansambllarning shahar rejasidagi joylashishini 
uyg‘unlashtirish va o‘zaro funksional 
muvofiqlashuvini ta’minlashga intilish 
arxitekturadagi kabi shaharsozlik san’atida ham 
modul tizimiga o‘xshash tartib va qoidalarni 
ishlab chiqishga olib kelgan. Bu esa erkin va 
betartib shakllangan shaharlar rejasini tartibga 
solish va shaharsozlikda ham modul tizimini 
joriy qilish, 
handasaviy uyg‘unlik 
qonuniyatlariga amal qilish imkoniyatini 
tug‘dirgan. 
Fikrimizni misollarda ko‘rib 
chiqaylik.
Mesopotamiya (ikki daryo oralig‘i)da 
joylashgan va eramizgacha VI asrda qurilgan 
Qadimgi Borsippa shahri (hozirgi Iroq 
hududida) to‘g‘ri to‘rt burchakli rejaga ega 
bo‘lib (1406x1760 m), burchaklari bilan ufqning 
to‘rt tomoniga qaratilgan. Shahardagi barcha 
binolar ham shunga mos tarzda 
oriyentatsiyalangan. Shahar markazida tarhi va hududi kvadrat shakllik 
ibodatxona joylashgan. Muhimi shundaki, shahar hududining bo‘linishlari modul 
asosida amalga oshirilib, bir modul 176 metr yoki 3 "ashlu"ga (uzunligi taxminan 
59 metrlik Qadimgi Bobil arqoniga) teng bo‘lgan (52-rasm).


98 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling