Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
-rasm. Shaharsozlikda modul tizimi
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52-rasm davomi
52-rasm. Shaharsozlikda modul tizimi. a-Mesopotamiyadagi Qadimgi Borsippa shahrining (er. av. VI a.)
rejasi va handasaviy tahlili. Shahar hududining bo'linishlari modul tizimi-"ashlu"ga asoslangan; Shaharlarni modul tizimida shakllantirish va shahar hududini unga mos tarzda qismlarga bo‘lish Mesopotamiyada qadimdan an’ana tusiga kirgan. Jumladan, bu yerdagi Qadimgi Dur-Sharrukin (eramizgacha VII asr) shahrining tuzilishi ham Borsippaga o‘xshab modul tizimiga asoslangan. Modul bu yerda 61 metrga teng bo‘lib, shahar tomonlari (1800x1650 m) unga karrali tarzda 30 va 27 qismga bo‘lingan. Shahar darvozalarining oralig‘i va hatto darvozalardan shahar burchaklarigacha bo‘lgan masofalar ham ushbu modulga karrali qilib olingan (52-rasm, b). Hindistonda ham shaharlarni to‘g‘ri burchak shaklida kesishgan parallel chiziqlardan tuzilgan muntazam tarhlar asosida shakllantirish qadimdan amalga oshirilgan. Masalan, bu yerda eramizgacha III ming yillar oldin qurilgan Moxenjo-Daro shahrining rejasi taxminan 1100x1250 metrga teng bo‘lib, kesishgan keng ko‘chalar bilan shakllangan 12 ta bir xil kvartallardan tuzilgan. Bu yerda har bir kvartal kattaligi shahar rejasi uchun modul vazifasini bajargan bo‘lishi mumkin. Ko‘chalar ufq tomonlariga mos tarzda oriyentatsiyalanib shamol yo‘nalishi ham e’tiborga olingan. Shaharlarning muntazam rejalari: to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat yoki doira shaklida bo‘lishligi Qadimgi Hind asarlarida ham qayd etilgan. Masalan, "Sulvasutra" deb nomlangan risolada shaharlarni shakllantirish va ularning а 52-rasm davomi: b - Qadimgi Dur- Sharrukin-Horsabad (er.av. VII a.) shahrining rejasi. b 99 hududini teng qismlarga bo‘lishda muntazam rejalardan va bunda albatta kvadrat va uning hosilalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shahar qurilishidagi bu kabi uyg‘unlashtirish tamoyillari keyingi davrlarda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Jumladan, Hindistonda XI-XII asrlarda yaratilgan "Manasara" asarida aholi maskanlari uchun 8 xil muntazam tartibli rejaviy yechimlar tavsiya qilinib, ulardan 6 tasi biz ilgari eslatgan "manduka"– kvadrat kataklar tizimiga asoslangan. Asarda shaharlarning vazifasiga, aholisining tarkibiy va rejaviy tuzilishiga qarab tavsiflanishi belgilab qo‘yilgan. Turli xildagi shaharlarga: ma’muriy markazlar, savdo hunarmandchilik yoki port shaharlar, mudofaalangan qal’alar yoki boshqa xildagi aholi maskanlariga mos keluvchi alohida rejaviy yechimlar tanlash tavsiya qilingan (53-rasm). Qadimgi Yunonistonda ham muntazam rejali modul tizimiga asoslangan shaharlar barpo etilgan. Yunonistonda bunday shaharlarning vujudga kelishini eramizgacha V asrda yashab ijod etgan arxitektor va matematik Gippodam nomi bilan bog‘- laydilar. Zamonaviy arxeologiya materiallari bu o‘lkada muntazam rejali shaharlarning eramizgacha VI asr oxirlaridayoq qurila boshlanganligini tasdiqladi. Biroq, Gippodam davrida uning ishtirokida qurilgan shaharlar (masalan Milet, Pireya) nafaqat o‘zining muntazamligi, balki muayyan modul birligida Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling