104
Asarda ko‘rsatilishicha, podshoh saroyi va ibodatxonalar tashkil qilgan bosh
maydon va markaziy ansambldan keyin shaharning shimoliy qismida ikkita savdo
maydonlari joylashishi kerak. Shaharning boshqa qismlarida esa turar-joylar
joylashadi. Ko‘rib
turibmizki, shahar muntazam tartibli va aniq oriyentatsiyali
kvadrat reja asosida shahar ansambllari va maydonlariga ega bo‘lgan
holda
qurilishi ko‘rsatilgan. Bu esa o‘z navbatida shaharning tarkibiy qismlari orasidagi
muayyan handasaviy uyg‘unlikni vujudga keltirgan va ta’minlagan. 56-rasmda
Xitoy faylasuflari Laotszi va Konfutsiyning ta’limotlariga ko‘ra ushbu traktat
asosida tuzilgan shaharsozlik diagrammalari ko‘rsatilgan.
Ularda shahar ikki qismdan: ichki va tashqi shaharlardan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: