Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
-rasm. Qadimgi Hitoy. Muntazamlik qoidasiga asoslangan shaharsozlik diagrammalari
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
56-rasm. Qadimgi Hitoy. Muntazamlik qoidasiga asoslangan shaharsozlik diagrammalari:
a-qishloq aholisini himoya qilishga mo'ljallangan shahar; b-o'rta kattalikdagi shahar; v-shahar-ma'muriy markaz. Qadimgi Xitoyda Chjoulidan so‘ng Menszi traktati ishlab chiqilib unda eramizgacha 372-289 yillar shaharsozligiga doir qator yo‘riqnomalar berilgan. Ularga ko‘ra shahar alohida mudofaalangan ichki va tashqi qismlardan tuzilib, ichki shahar devorlarining perimetri 3 li (1500 m), tashqi qismining perimetri esa 7 li (3500 m) bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shahar kvadrat rejada bo‘lganligi uchun ichki shaharning tomonlari 3/4 li=375 m, tashqi shahar devorlarining tomonlari esa 7 3/4 li, ya’ni 874 m bo‘lgan. Ichki shahar hududi eni 5 m bo‘lgan ko‘chalar bilan bo‘lingan. O‘lchamlari 125x125 m bo‘lgan markaziy kvartalda shahar hukumdorlari va imtiyozli oilalar joylashgan. Qolgan 32 ta o‘lchamlari 60x60 m а b v 105 bo‘lgan kvartallarning har birida 100 tadan dehqonlar joylashib,ichki shahar aholisining umumiy soni 3500 kishiga yaqin bo‘lgan. Ichki va tashqi shahar orasidagi hudud poliz va bog‘larga mo‘ljallangan. Shahar o‘z atrofiga ega bo‘lib, uning tegishli doirasi shahargacha yarim soatlik masofani tashkil qilgan. Shahar atrofiga ekiladigan yerlar, atrof-chetdagi qirlar, o‘rmonlar va suv havzalari kirgan. Uning chegaraviy maydoni taxminan 12x12 km ni tashkil qilgan. 56a-rasmda asosiy qismi ana shunday tamoyillar bo‘yicha qurilgan Qadimgi Pekin shahrining tarhi berilgan. Rasmning yuqori qismida muntazam rejali ichki shahar, pastida tashqi shahar joylashgan. Ichki shahar o‘rtasida Imperator arki, uning yonida esa bog‘ va ko‘l joylashtirilgan. Shunday qilib, Menszi ta’limotida shaharsozlik muayyan bir shakllangan tartib- qoidalarga bo‘ysingan. Uning qiziqarli tomoni shundaki, shahar rejasining tuzulishi muntazam modul asosida shakllantirilgan va shahar qismlarining o‘zaro muvofiqlashtirilishi ta’minlangan. Zamonaviy shaharsozlik loyihalari va amaliyotida ham muayyan modulga asoslanish g‘oyalari tez-tez uchrab turadi. 57-rasmda Qirg‘izistonning Bishkek shahriga mo‘ljallangan aholisi 3,5 mingga teng turar joy majmuasining loyihasi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda muntazam takrorlanuvchi turar joy hovlisi modul vazifasini bajargan. 57, b-rasmda esa Samarqand shahri Cho‘ponota qirliklarida qurishga mo‘ljallangan ko‘p qavatli turar joy majmuasining maketi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda muayyan hovlili xonadon (kvartira) muntazam takrorlanuvchi modul rolini o‘ynagan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling