Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


a-rasm. Qadimgi Xitoy. Pekin


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

56a-rasm. Qadimgi Xitoy. Pekin. Muntazamlik asosida va modulli 
tizimda qurilgan shahar. 
a b
 
57-rasm. a-Qirg‘iziston. Bishkek shahri turar joy majmuasida muntazamlik modulining qo‘llanilishi; 
b-O‘zbekiston. Samarqand shahri Cho‘ponota mavzesida qurishga mo‘ljallangan turar joy majmuasi
(arh. R.E.Egamberdiev)
 


107 
8.3. Aholining yer yuzida joylashuvi haqida o‘rta asr olimlarining fikrlari 
Tarixdan ma’lumki, antik davrlarda go‘zallik timsoli tarzida ideal odam 
qomati tushunilgan. Antik davr nafosat dunyosining eng yaxshi bilimdoni 
A.F.Losevning fikricha, qadimgi yunon faylasufi Aflotun odamni haykalda 
ifodalangan tarzda ko‘rib, o‘zining ideal davlat haqidagi orzusi va g‘oyasini ushbu 
haykalda gavdalangan odam tanasining mos qismlari timsolida tasavvur qilgan 
ekan.
Ma’lumki, O‘rta Sharq mutafakkirlari Aflotun va uning shogirdi Arastuga 
o‘tmishning eng oliy falsafiy-estetik daholari tarzida qarashganlar. Masalan, 
shaharni odam tanasining mos qismlariga o‘xshatish fikrini vatandoshimiz Abu 
Nasr Forobiy (870-950) ta’limotida ham uchratish mumkunki, u ushbu g‘oyani 
Aflotundan olgan bo‘lsa ajab emas. Biroq, o‘rta asrlarga xos jamiyatdagi 
bo‘linishlar Forobiydan shaharlarni Aflotun ko‘rsatgan yunon "polis"larining ideal 
ko‘rinishidan o‘zgacharoq tartibda bo‘lishligini talab qilgan. Aholining yer yuzida 
joylashuvini va undagi shahar va qishloqlar o‘rnini Forobiy quyidagicha qismlarga 
bo‘lib izohlagan:
1. Al-vuzma (yer yuzi)
2. Al-vusta (mamlakat)
3. Al-sug‘ra (shahar)
4. Lo-kamilu (mahalla yoki qishloq)
5. Xossa (uy yoki turarjoy guruhi)
Xuddi shu tushunchani Forobiydan keyin o‘tgan sharq mutafakkiri Rashid ad-
Din (XI asr) quyidagicha tartibda ifodalaydi:
1. Ulus
2. O‘lka
3. Tuman – 10000 askarga ega bo‘lgan shahar
4. Xazora – 1000 askarga ega bo‘lgan shahar bo‘lagi
5. Sada – 100 askarga ega bo‘lgan qism
6. Daha – 10 askarga ega bo‘lgan qism


108 
7. Mavze (xossa)
Yer yuzida aholi joylashuvining shahar va qishloqlarga bu kabi bo‘linishlari 
o‘rta asrlar davrida eng davomli va surunkali hukm surgan kuchli davlatlar 
tuzulishiga juda mos kelgan. Bu bo‘linishlarning tasviriy grafik ifodasini 
arxitekturashunoslik fanida ilk bor professor M.Q.Ahmedov ishlab chiqqan (58-
rasm).
Forobiy o‘zining "Davlat arbobining hikmatlari" asarida shaharlarning ba’zan 
"zaruriy", ba’zan esa namunaviy, ya’ni barkamol bo‘lishligini yozadi. Forobiyning 
fikricha, "zaruriy shahar shundayki, undagi insonlarning o‘zaro hamkorligi 
hayotni davom ettirish, yashash va saqlab qolishga erishishi bilangina 
chegaralangandir. Barkamol shaharda yashovchilar esa insonning haqiqiy 
faoliyati, ravnaqi, hayotining davom etishi uchun eng yaxshi sharoitlarga erishish 
maqsadida hamkorlik qiladilar". 
Keyinchalik temuriy hukumdorlarning bunyodkorlik ma’naviyati natijasida 
Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Hirot, Balx, Marv kabi qator shaharlar ana 
shunday barkamol shaharlar darajasiga ko‘tarilgan. Shaharsozlik va me’morchilik 
sohasidagi amaliy va nazariy bilimlar shaharsoz me’mor-muhandislarga dasturu-
amal bo‘lib xizmat qilgan.


109 
Shunisi ajablanarliki, Movarounnahr va Xuroson me’moriy majmualarining 
qurilishi haqida ayrim xabarlar beruvchi tarixiy manbalarda (Sharafiddin Ali 
Yazdiy, Ibn Arabshoh, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy va boshq.) 
muayyan bir me’morlar yoki muhandislarning ijodiy faoliyati u yoqda tursin, hatto 
ularning nomlarini ham kamdan-kam uchratamiz. Nega shunday? Bu ularning 
jamiyatda tutgan ijtimoiy o‘rnini kamsitishmi? Bizningcha bunday emas.
O
’L
K
A
UL
US
T
UM
A
N
10000 
as
k
ar
s
aql
agan
HA
Z
O
RA
1000 
as
k
ar
s
aql
agan
SAD
S
100 
as
k
ar
s
aql
agan
DA
HA
10 
as
k
ar
s
aql
agan
M
AVZ
E
XO
SSA
b

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling