Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
58
-r a sm A h ol i j oyl as h u vi n in g m u vof iq la sh tir ilis h i h a q id a o 'r ta a sr o lim la rin in g t a k lif la ri: a - al -F or obi y bo' yi cha ; b - Ra sh id a d -D in bo' yi cha ( M .Q. A h m ed o v ch izm as i) . AL -VU Z M A (ER YU Z I) AL -VU ST A (M AM LAKAT ) AL -S U G ’R A (SH AH AR ) LO -KAM IL U (M AH AL LA ) Q IS H LO Q XO SSA YO KI MA JMU A а 110 Agar shunday bo‘lganda me’morlar bilan bir qatorda turuvchi tabib, musavvir, bog‘bonlarning nomlari ham ko‘rsatilmas edi. Biroq, ularning nomlari ba’zi hollarda keltirilgan. Unda gap nimada? Gap shundaki, o‘rta asrlar Sharq bunyodkorlik ishlarida birlamchi rolni me’morlar emas, buyurtmachilar egallab kelgan. Buyurtmachilar esa o‘tmishda podshohlar, hokimlar, boy va zodogonlar bo‘lgan. Me’mor-muhandislar va quruvchilar ularning ixtiyorida ishlaganlar. Shunday bo‘lgach, tarixchilar katta qurilishlar haqida yozar ekan me’morlarni emas, buyurtmachilarni madh etganlar. Agar buyurtmachilar qolib me’morlar nomi madh etilsa edi, na ularni yozganlarga, na me’morlarga omonlik yo‘q edi. Aksariyat hollarda bino etilgan inshootlarga buyurtmachilar nomi berilib ularni qurganlar nomi vaqt o‘tib unut bo‘lgan. Shuning uchun ham tarixchilar qurilishning loyiha-tarhini chizgan me’mor muhandislarni kamdan kam tilga olganlar. O‘z nomlarini naqshlarga qo‘shib yozib qoldirgan ba’zi me’morlar bundan mustasno albatta. Aksariyat tarixiy asarlarning o‘sha qurilishlar vaqtidan ancha keyin yozilganliklarini e’tiborga olsak me’morlar nomlarining tilga olinmaganlik sabablari yanada oydinlashadi. G‘arb islom dunyosining yirik olimi Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406), tarixchi o‘tmishdoshlarining ma’lumotlarini umumlashtirib va o‘zining shaxsiy kuzatuvlari asosida yozgan "Muqaddima" nomli asarining ayrim boblarida me’morchilik, shaharsozlik tarixi va nazariyasi hamda me’morlarga oid umumiy muammolar haqida yozib qoldiradi. Ibn Xaldunning fikricha, "me’morchilik bu o‘troq xalqlar madaniyatining qadimiy san’ati hisoblanib, kishilik jamiyatining rivoji bilan taraqqiy topgan. Tashqi iqlim sharoitlar insonni o‘ziga tabiat omillari (issiq, sovuq, momaqaldiroq, bo‘ron va sh.k.)dan holi, qulay hayotiy sharoitlarga ega bo‘lgan makon yaratishga majbur etgan. Oddiy boshpanadan so‘ng insonlar o‘zlariga mustahkam qishloq, shahar yaratishga, so‘ngra ularning mudofaasi uchun istehkom yaratishga o‘tgan. Biroq, turarjoy va shaharlar rejasi va obodonchiligi turli iqlim sharoitlariga, texnik bilimlarga, shuningdek, aholining farovonligiga bog‘liq bo‘lgan. 111 Hukmdorlar yoki boy mansabdorlarning qasrlarida ko‘plab yashash xonalari (hukmdor oilasi, ularga tobe kishilar va xizmatkorlari uchun xonalar, oziq-ovqat va xo‘jalik xonalari, otxona va ulov uchun xonalar) bo‘lgan, yashash va qabulxonalar, yotoqxonalarning devorlari shuvoq bilan suvalgan va bezakli tasvirlar ishlangan. Kambag‘allarning uyi - bu uning oilasi uchun boshpana bo‘lib hisoblangan xolos. "Katta shaharlar, yirik binolar qurishda, mahobatli haykallar yaratishda me’morlar bilimi zarur bo‘lgan, chunki u loyiha tuzadi va shu loyiha bo‘yicha hukmdorlar va ularning vassallari faxrlanadigan barkamol, go‘zal qurulishlar qurgan", deb ta’kidlaydi Ibn Xaldun. Ikkilanmasdan aytish mumkinki, o‘rta asr Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan va mashhur bo‘lgan ushbu asar O‘rta Osiyo me’morlari uchun ham Forobiy va Rashid ad-Din asarlari kabi zarur qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling