Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
a-rasm. Aholi mavzelari oraliqlarining marhalalarga bo‘linishi
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
58 a-rasm. Aholi mavzelari oraliqlarining marhalalarga bo‘linishi
(M.Q.Ahmedov bo‘yicha) Masalan, Buxorodan Xorazmga qarab chiqqan karvon yo‘li Amudaryo bo‘ylab o‘tib, bu yo‘lning savdo karvoni to‘xtagan joylarida qator bozorlar, keyinroq esa o‘sha bozorlar negizida aholi mavzelari vujudga kelgan. Bu bozorlar bir-biriga yaqin joylashib, ular orasidagi masofa taxminan 30-35 km ni tashkil qilgan. Bu savdogarlarga ham, xaridorlarga ham katta qulaylik tug‘dirgan. Bozorlar hafta davomida ushbu aholi mavzelarida navbat bilan bo‘lib turgan. Masalan, Xonqa tumanidagi bozorlar Urganchda yakshanba va chorshanbada; Xonqada – dushanba va shanbada; Bag‘otda – chorshanba va shanbada; Xazorasp tumanidagi bozorlar esa Xazoraspda dushanba va jumada, Eshon-bozorda – 114 payshanba va yakshanbada, Pitnakda chorshanbada o‘tkazilib turgan. Xuddi shunday bozorlar sikli va ularning o‘tish kunlari O‘rta Osiyoning savdo karvonlari o‘tgan boshqa viloyatlarida, jumladan Shimoliy Farg‘onada ham bo‘lgan. Ana shunda bozorlar asosida keyinchalik shaharlar vujudga kelgan. To‘g‘ri, shaharlar va yirik qishloqlar faqat karvon yo‘llaridagina emas, balki katta suv havzalari: daryolar, kanal, ariq va buloqlar bo‘ylarida, shuningdek yer osti tabiiy boyliklari ochilgan joylar qoshida ham shakllangan. Biroq, yer yuzidagi aksariyat shaharlar savdo yo‘llari, xususan Buyuk Ipak yo‘li kabi ulkan va muhim savdo yo‘llari bo‘ylab shakllanganligiga guvoh bo‘lamiz. Bordi-yu karvon bir "marhala" yo‘l bosib o‘tgach kattaroq karvonsaroyi bor aholi mavzesiga to‘g‘ri kelmasa, uning to‘xtash joyida rabotlar qurishgan (masalan, Karmana bilan G‘ijduvon oralig‘idagi Raboti Malik va Toshrabotlar kabi). Demak, karvon yo‘llaridagi aholi maskanlari va rabotlar joylashuvi karvon va u bilan harakat qilayotgan insonlarning bir kunda bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan optimal masofaga mutanosib tarzda uyg‘unlashtirib olingan va shu tariqa shaharlar joylashuvi va ular orasidagi masofalar ham tarixiy va hayotiy tartibotlar asosida shakllangan. Shaharsozlik amaliyotida qo‘llanilgan mutanosiblashtirish omillaridan yana biri bu shaharlar mudofaa devorlarini bir ot yugurigi, yoy (kamon) o‘qining havoda uchish vaqti bilan o‘lchanadigan masofasi va shu singari omillar bilan bog‘liq tarzda amalga oshirilishidir. Bundan tashqari tarixiy shaharlarning dastlab ikki qismlik (ark va shahriston), so‘ngra uch qismlik (ark, shahriston va rabod) tizimida shakllanishini va bu tarkibiy qismlarning o‘zaro ma’lum bir maromda bog‘lanishini ham shaharsozlikdagi uyg‘unlik mezonlarining o‘ziga xos ko‘rinishi deb tushunishimiz kerak. Samarqanddan Toshkent yoki Xo‘jandgacha, Xo‘janddan Andijongacha bo‘lgan karvon yo‘li ham taxminan bir haftalik masofani tashkil qiladi. Karvonlar jazirama yoz kunlari odatda quyosh botgach, kechgi salqin, tunda va sahardan choshgohgacha yurishgan. Qishda va yozda bosib o‘tilgan bir kunlik masofada farq bo‘lgan. 115 Shu bois ham bir kunda o‘rtacha taxminan 35-55 km orasidagi masofa bosib o‘tilgan. Me’morchilik fanlari doktori, prof. M.Q.Ahmedov "kishilik faoliyatining qulay kechishi uchun zarur bo‘lgan muvozanat – shahar va boshqa aholi maskanlarining o‘zaro muvofiq tarzda bunday ritmik joylashuvini shaharsozlikdagi birlamchi uyg‘unlashtirish bosqichi" deb ataydi. Uning fikricha, shaharsozlikdagi uyg‘unlikning ikkinchi bosqichi shaharlarning o‘z hududiy chegaralari ichidagi shaharsozlik tizimining muvofiqlashuvida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo tarixiy shaharlarining aksariyati to‘g‘ri to‘rt burchak reja asosida shakllangan. Jumladan, Surxondaryodagi Sopollitepa shaharchasining (miloddan oldingi XVIII-XVI asrlar) rejasi kvadrat shaklga ega. Markaziy Osiyo xalqlarining Qadimgi muqaddas kitobi "Avesto"ning Vendida qismida "Shoh Jamshid har tomonining uzunligi bir ot yugurigiga teng bo‘lgan ("Var" deb atalgan) shahar-qo‘rg‘onini qurdi, deb yozilgan. Yana boshqa bir ma’lumotga ko‘ra, Shoh Jamshid darvozasi sharq tomonga qaratilgan, devorining uzunligi esa yoydan otilgan bir o‘qning uchish uzunligi masofasida bo‘lgan shahar qurilishini tavsiya etadi. Shunday qilib, "Avesto"da shahar qurilishini muvofiqlashtirishga qaratilgan ikki tartibni kuzatamiz:birinchisi, imoratni sharqqa qaratib joylashtirish, ya’ni uning oriyentatsiyasi; ikkinchisi, qal’a devorining uzunligi bir kamon o‘qi otish masofasida qabul qilinganligi. Maqsad qal’aning bir burchagidan turib narigi burchagidagi dushmanni o‘qqa tutish imkoniyatini yaratishdir. Agar katta shahar qurish lozim bo‘lsa unda devor uzunligini bir ot yugurigi masofasida olish tavsiya etiladiki, bunda shaharning bir chetini ikkinchi chekkasi bilan zudlikda bog‘lash imkoniyati tug‘iladi. "Bu esa – deb yozadi M.Q.Ahmedov – shaharlar kattaligini inson fiziologik imkoniyatlariga muvofiqlashtirgan holda uyg‘unlashtirish tartibining yuzaga kelganligini ko‘rsatadi". Qadimgi Xorazmning Ko‘zali qir, Qal’ali qir, Qo‘rg‘oshin qal’a shaharchalari "Avesto"da yuqorida ko‘rsatilgan "Vara" ko‘rinishidagi shaharlar turkumiga mos keladi. Shaharlar muhitining devorlari doirasida funksional va hududiy muvofiqlashtirilganligi va tartibga tushirilganligini keyingi davrlarda ham uchratamiz. 116 Masalan, ilk o‘rta (V-VIII) asrlarda, keyinroq esa XIV-XV asrlarda ham Markaziy Osiyo shaharlarining o‘zaro bog‘langan uch tarkibiy qism: ark, shahriston va raboddan tashkil topganligi fikrimizning dalilidir. Bu qismlarda kishilar harakati, imoratlar joylashishi va ularning o‘lchamlari muayyan uyg‘unlik qoidalari asosida tartibga solingan. Shahar qismlari va namunaviy shaharlar rejasining uyg‘unlik masalalari sharq falsafasida ham o‘z aksini topgan. Abu Nasr Forobiy o‘zining "Fozil odamlar shahri" kitobida "Fozillar shahrining barkamol odam tanasining tuzulishiga o‘xshashi, uning har bir a’zosi butun tananing mavjudligi va kamolotga yetishuvida faol qatnashishi lozim", deb yozadi. Bobokalonimiz Alisher Navoiy o‘zining "Hayrat-ul-abror" asarida inson tanasi a’zolarining o‘zaro uyg‘un va hamohangligidan kelib chiqib, shahar tarkibiy qismlarida ham ana shunday mutanosiblik mavjud bo‘lishligiga e’tiborni qaratadi. Bunda u ramziy ma’noda shaharni ikki teng ustun ustida turishligini, shaharning bosh markazi va boshqaruvchisi bo‘lishligini, axborot qabul qilish va nazorat mahkamalariga egaligini ta’kidlab ularning mutanosibligini inson tanasi a’zolarining uyg‘unligiga qiyoslaydi. Mashhur tarixchi va ilohiyot olimi Fazlullox ibn Ruzbekxon Isfaxoniy (1457- 1521) ham o‘zining 1509 yilda yozgan "Mehmonnomayi Buxoro" (Buxoro mehmonining esdaliklari) asarida Turkiston o‘lkasini "yer yuzidagi noyob o‘lka, dunyoning barcha iqlimidagi olim va donishmandlar uni inson tanasining boshiga qiyoslaydi, chunki agar yer yuzining obodonchiligi inson tanasiga va yerning turli qismlari xususiyatlarini odam tanasining boshqa qismlariga qiyoslansa, ushbu jannatmakon o‘lka o‘zga yerlar oldida bosh bo‘lar edi, – deb ta’kildaydi. Ko‘rib turibmizki, Markaziy Osiyoda shahar va mamlakatlar tuzilishini inson tanasiga xos uyg‘unlikka qiyoslash keyingi asrlarda ham saqlanib kelgan. Shaharlar bosh ko‘chalarining kesishgan chorrahalarida bozor inshootlari – "chorsu"larning joylashishi, shahar markazida Registon va boshqa maydonlarning tarkib topishi, shaharlarning devor bilan o‘rab olinishi, to‘g‘ri to‘rtburchak 117 shaharlarda to‘rtta va keyinchalik kattalashib ketgan shaharlarda undan ham ko‘proq darvozalarning joylashuvi, bosh ko‘chalarning ufq tomonlariga moslashtirilishi va shahar atrofida bog‘-saroylarning joylashtirilishi muvofiqlash- tirish va uyg‘unlashtirish borasidagi tartib-qoidalar qatoriga kirgan. O‘tmish shaharlarimizning go‘zalligini ta’minlashda qo‘llanilgan yana bir muhim omil - bu imoratlarning o‘zaro kompozitsiyaviy uyg‘unlashtirilgan me’moriy majmualar – ansambllar tarzida bunyod etilganligidir. Bu masala alohida mavzu tarzida keyingi darslarda ko‘rib chiqiladi. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling