Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar: 
1. Shaharshozlikdagi modul tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2. “Gippodam muntazamligi” yoki “Muntazamlik qonuni”ga izoh bering. 
3. Shaharsozlik yechimlarining muvofiqlashtirilishi qanday qadimgi manbalarda 
o‘z aksini topgan? 
4. “Mansara” risolasida taklif etilgan aholi turar joylarini sxemalarini chizib 
ko‘rsating. 
5. Jonbos qal’a va Tuproq qal’ada qo‘llanilgan muvofiqlashtirish uslublariga izoh 
bering. 
6. Qadimgi Xitoy manbasi Chjoulida keltirilgan shaharsozlik diagrammalariga 
izoh bering. 
7. Aholi joylashuvining muvofiqlashtirilishi haqidagi o‘rta asr olimlarining 
takliflarini tushuntirib bering. 
8. Buyuk Ipak yo‘lining shaharlar joylashuvining muvofiqlashuviga ta’sirini 
izohlab bering. 
9. “Marhala” tushunchasi nimani bildiradi? 


118 
IX BOB. ME’MORIY ANSAMBLLAR TUZILISHIDAGI HANDASAVIY
USLUBLAR 
9.1. Me’moriy ansambllar haqida tushuncha va ularning
O‘rta Osiyodagi turlari 
Ushbu mavzuda butun dunyo arxitekturasi 
tarixidagi barcha ansambllar haqida emas, balki 
O‘rta Osiyo me’morchiligida tarixiy 
shakllangan ansambllar va ularni 
shakllantirishda qo‘llanilgan uyg‘unlik 
tamoyillari haqida to‘xtalib o‘tiladi. Ma’lumki, 
O‘rta Osiyo arxitekturashunoslik fanida 
ansambllar nazariyasini keng va atroflicha 
o‘rgangan va tadqiq qilgan olim bu professor 
M.Q.Ahmedovdir. Ushbu bobni yozishda 
asosan ularning ishlariga tayanildi va keng 
foydalanildi.
Me’moriy ansambl iborasi badiiy estetik 
tushuncha bo‘lib, u shahar yoki boshqa biron 
aholi yashovchi hududdagi diqqatga sazavor 
inshootlar turkumini yaratish va ifodalashda 
qo‘llaniladi. Binolar turkumi haqida gap 
ketganda ansambldan tashqari "kompleks" 
iborasi ham birday ishlatiladi. Lekin ular 
orasida farq bor. Ansambl atamasi fransuzcha 
“ensemble” so‘zidan olingan bo‘lib, birgalikda, 
o‘zaro uyg‘unlashgan kompozitsiya ma’nolarini anglatadi. Kompleks esa lotincha 
“complexus” so‘zidan olinib, o‘zaro funksiyaviy bog‘langan inshootlar turkumini 
bildiradi. Demak, me’moriy ansambl deb binolarning o‘zaro badiiy 
uyg‘unlashgan turkumiga aytilsakompleks deb vazifaviy yoki biron-bir 


119 
texnikaviy hamda texnologik zarurat asosida o‘zaro bog‘langan imoratlar turkumi 
tushuniladi. Me’moriy ansamblda ikki yoki undan ko‘p imoratlar turkumi o‘zaro 
badiiy uyg‘unlashgan yaxlit kompozitsiya asosida loyihalangan va shu loyiha 
asosida qurilgan bo‘lishi mumkin. Kompleksda esa imoratlar alohida loyihalanib 
ularning bog‘lanishi muayyan hayotiy zaruratlar asosida ro‘y beradi (59-rasm). 
"Ansambl tuzilmalarining shakllanish shartlaridan yana biri shulki, – deb yozadi 
M.Q.Ahmedov, ikki yoki bir necha bino uchun ma’lum ko‘cha, maydon, hovli va 
landshaft yoki ularning biror qismi umumiy kompozitsiya tashkil etishning asosi 
bo‘lib xizmat qiladi. Ansamblni tashkil etuvchi inshootlar avvalambor o‘sha 
asosga moslashtiriladi. Bunda mana shu imoratlarning kirish qismlari 
kompozitsiya o‘qlari, massasi, shakli, tusi va boshqa badiiy jihatlari shu asosda 
o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Ansambl badiiy barka-molligining naqadar yuksak 
darajaga erishganligi yoki erishmaganligi ushbu muvofiqlashtirishning 
uyg‘unlashuv darajasiga bog‘liq bo‘ladi". Agar ansambl tuzishda me’morning 
asosiy vazifasi bir necha inshootning o‘zaro badiiy uyg‘unligiga erishish bo‘lsa, 
kompleks tuzishda u funksional yoki texnik vazifani amalga oshiradi xolos. 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling