Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Me’moriy ansambllarni shakllantirishning handasaviy usullari
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
9.2. Me’moriy ansambllarni shakllantirishning handasaviy usullari
Biz yuqorida ko‘rdikki, Markaziy Osiyo shaharlaridagi uyg‘unlik va go‘zallikni belgilab beruvchi yana bir omil bu shahar binolarining o‘zaro uyg‘unlashtirilgan me’moriy-badiiy majmualar – ansambllar tarzida bunyod etilishidir. Darhaqiqat, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva va boshqa tarixiy shaharlarni Registon, Labi hovuz, Dor ut-Tilovat, Ichan qal’a kabi me’moriy ansambllarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 125 M.Q.Ahmedov Markaziy Osiyo tarixiy shaharlari maskanlarini o‘rganib "loyihalashda uyg‘unlikni hisobga olish nafaqat alohida imoratlar, balki butun bir me’moriy ansambl, kompleks va hatto shaharlarni loyihalash va qurishda ham qo‘llanilgan" degan xulosaga keladi. Alisher Navoiy o‘zining "Vaqfiya" asarida Hirotdagi Injil kanalining sohilida qurgan imoratlari haqida so‘z yuritib, Ixlosiya nomli madrasa va unga mos tushsin deb uning muqobilida Xalosiya xonaqosini qurdirganini yozadi. Tarixchi Mullo Jumaqul Xumuliy (1776-1856) o‘zining "Tarixi amironi Mang‘itiya" (Mang‘it amirlarining tarixi) asarida XVIII asrda vayronaga aylangan Samarqand shahrining tiklanishi haqida shunday yozadi:"Janobi Ma’sudiy (gap Samarqand begi Shohmurod ibn Doniyol haqida bormoqda - A.O‘.) o‘z qo‘llari bilan yigirma to‘rt guzardan iborat shunday yigirma to‘rt masjid tarhini chektilar va imorat qildilar... shahar markazida esa chorsu qurildi". "Anglash mumkinki, gap butun shahar markazi va mahalla markazlarining yagona g‘oya va chizma asosida qayta tiklanganligi haqida bormoqda. Bundan Samarqand shahrida imoratlarni ansambl va komplekslar tarzida qurish tamoyili XVIII asr oxirlarida ham amalda bo‘lganligi sezilib turibdi", deb xulosa qiladi M.Q.Ahmedov. Bu yerda Forobiyning "Fazilatli shahar sog‘lom odam tanasidek bo‘lmog‘i va u yerda har bir a’zo butun tananing tirikligi, mukammaligi uchun bir-biriga yordamlashmog‘i lozimdir", – degan so‘zlari esga tushadi. Binobarin, me’moriy ansambl tuzish g‘oyasi shu falsafaga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. "Demak, o‘tmishda faqat alohida joylashgan binolargina emas, balki ularning majmualari hamda shaharlarning katta yaxlit qismlari ham loyihalanib bunyod etilgan. Buni biz birinchidan me’morlarning ansambllar tuzishda ma’lum qonuniyatlarga asoslanganida ko‘rsak, ikkinchidan ushbu ansambllarning uyg‘unligi va shakllarining mutanosibligini handasaviy tahlil qilib ham aniqlashimiz mumkin", deb yozadi M.Q.Ahmedov. Bu yerda biz ushbu olim-ning ana shunday tahlilini keltiramiz. Ko‘hna Panjikent markazidagi ikki ibodatxonaning o‘zaro bog‘lanishini olib ko‘raylik. Bu ikki imorat yonma-yon o‘zaro parallel o‘qlarda 126 joylashgan bo‘lib, ularning eni va uzunliklari o‘zaro "oltin kesim" nisbatida olingan. Masalan, janubroqda joylashgan ibodat-xonaning eni har ikkala ibodatxona umumiy kengligi (eni)ning 0,618 qismini tashkil etadi. Yoki shimoliy ehrom hovlisining o‘lchamlari 55,3 x 89,5 m, bu esa 0,618:1 nisbatini beradi. Bu kabi o‘lchamlar Buxorodagi Chor Bakr, Poi Minor kabi ansambllarda ham uchraydi (64-rasm). Arxitektor va olim L.L.Gurevich Panjikent shahristonining yaratilishi bundan tashqari yana modul tizimiga ham asoslangan deb hisoblab modul kataklarining kattaligini 53,8 metrga teng bo‘lganligini aniqlaydi. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling