127
ko‘zi bilan qamrab oladigan ko‘rinishi yon tomon va old tarafdagi to‘siqlarning
joylashuv masofasiga bog‘liq deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, imorat
balandligi odamdan imoratgacha bo‘lgan masofa yarmiga teng bo‘lsa bu quyi
bo‘sag‘ani tashkil etadi. Shunga asosan M.Q.Ahmedov
Markaziy Osiyodagi
"qo‘sh" va "maydon" uslubiga xos barcha me’moriy ansambllarni o‘rganib chiqib,
"qo‘sh" usulida shakllangan ansambllarda binolar balandligi ular o‘rtasidagi
masofadan katta emasligini aniqlagan. "Agar ansambl tarkibidagi binolar
peshtoqining panjarasi ortidan yoki panjarasi bo‘lmasa peshtoq ravoqining
markazidan turib tashqariga qarasak ko‘rish maydonining yon tomon yo‘nalishlari
biz turgan bino ravoqi yonlariga tegib o‘tib, qarshimizda turgan
bino enini
to‘lig‘icha qamrab oladi. Bu holat "qo‘sh" va "maydon" kompozitsiyasidagi
barcha ansambllarda kuzatilgan. Masalan, Samarqanddagi Ulug‘bek
madrasasining panjarasi ortidan tashqariga qarasak Sherdor madrasasining
tarzini
to‘liq qamrab olamiz. Demak, Ulug‘bek va Sherdor madrasalari orasidagi masofa
aynan shunday uslubda aniqlab topilgan bo‘lishi mumkin", deb yozadi
M.Q.Ahmedov. U ushbu uslubni Shohi Zinda silsilasining maqbaralari, Xoja
Abdul Xoliqi G‘ijduvoniy ansambllari, Buxorodagi Qo‘sh madrasa, Ulug‘bek va
Abdulazizxon madrasalariga ham taalluqli ekanligini ta’kidlaydi (65-66 rasmlar).
Demak, Markaziy Osiyo me’moriy ansambllari va komplekslarining shakllanishi
va ular tarkibiga kirgan binolar joylashuvini o‘zaro muvofiq-lashtirishda
handasaviy uyg‘unlik muhim o‘rin tutgan.
Shuningdek, ansambl binolarining
orasidagi masofa yoki maydon kengligi odamning vizual ko‘rish
qobiliyati
imkoniyatlariga ham moslashtirib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: