Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Samarqanddagi Registon ansamblini


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

65-rasm. Samarqanddagi Registon ansamblini 
shakllantirishda ko'rinish burchagining hisobga 
olinishi (M.Q.Ahmedov bo'yicha).
66-rasm. Buxoro. Qo'sh madrasa ansamblining 
shakllanishida ko'rinish burchagining hisobga 
olinishi (chapda Modarihon, o'ngda Abdullahon 
madrasalari). M.Q.Ahmedov bo'yicha. 


128 
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar: 
1. Me’moriy ansambl kompleksdan qanday farq qiladi? 
2. O‘rta Osiyoda me’moriy ansambllarning qanday turlarini bilasiz? 
3. Samarqanddagi Shohi-Zinda me’moriy ansambli qanday ansambl turiga
kiradi? 
4. Maydon uslubidagi ansambl deb qanday ansamblga aytiladi va unga 
amaliyotdan misollar keltiring. 
5. Me’moriy ansambllarni shakllantirishni handasaviy usullarini tushuntirib 
bering. 
6. O‘rta Osiyo me’moriy ansambllari qaysi olimning ilmiy ishlarida keng tahlil 
qilingan? 


129 
X BOB. ME’MORCHILIK VA ME’MORIY UYG‘UNLIKKA DOIR
TARIXIY YOZMA MANBALAR 
10.1. Antik davr yozma manbalari 
Miloddan avvalgi I asrning ikkinchi 
yarmida yashagan Rim muhandisi va 
nazariyotchisi Mark Vitruviy Qadimgi yunon 
me’morlarining amaliy va nazariy ishlariga 
tayanib "Arxitektura haqida o‘n kitob
asarini yozadi.
Asar mazmuni asosan ikki yo‘nalishga 
bag‘ishlangan, birinchisi mutanosiblik 
muammolarining nazariyasidan, ikkinchisi esa 
arxitektorlarga qoida va ko‘rsatmalar shaklida 
bayon etilgan amaliy tavsiyanomalardan 
iborat. Asarning birinchi qismida 
proporsiyalar, munosabatlar, analogiya va 
boshqa uyg‘unlik atamalari bayon qilingan. 
Muallif unda davr binolarining loyihalari 
chizmalarda aks ettirilganligi haqida yozada. 
Shunday chizmalarga u "ixnografiya", 
"orfografiya" va "skenografiya"larni kiritadi. 
Ixnografiya - binoni qurilish maydonida 
tasvirlash uchun sirkul va chizg‘ich yordamida 
ishlangan chizmasi, ya’ni bino tarhi, 
orfografiya – binoning tarzini kerakli proporsiyalarga rioya qilingan holda 
ishlangan chizmasi va skenografiya qurilajak binoning perspektivasi.
Asarning ikkinchi yo‘nalishiga xram (ibodatxonalar)ning tarhlari, 
tomonlarining o‘lchamlarini aniqlashga doir amaliy tavsiyanomalar, orderlarning 


130 
turlari va tavsiflari, ularning qism va elementlariga oid qonun kuchiga kirgan 
me’yorlar kiritilgan. Vitruviy orderlar tarkibini batafsil tushuntiradi va ularning 
modul va qismlarda ifodalagan o‘lchamlarini beradi. Orderlar qismlarini o‘zaro 
uyg‘unlashtiruvchi boshlangich o‘lcham tarzida Vitruviy ustunlar asosining 
radiusini oladi. Dor orderlar tuzilishini erkak qomatiga ion orderlarni esa ayol 
qomatiga o‘xshatadi. Biroq, Vitruviy me’moriy shakllar go‘zalligiga qanday 
vositalar orqali erishish haqida yozmaydi va o‘zi taklif qilayotgan o‘lchamlarni 
nima uchun o‘shanday bo‘lishligini va bu o‘lchamlardagi munosabatlar qanday 
mutanosibliklarni bildirishini tushuntirmaydi. Bundan taxmin qilish mumkinki, 
Vitruviyning o‘zi ham mutanostibliklarning handasaviy qonuniyatlarini bilmagan. 
Biroq, shuni aytish mumkinki, orderlarni ifodalashda Vitruviy qo‘llagan modul 
tizimi arxitekturadagi boshqa muayyan mutanosibliklarni ham ifodalash vositasi 
bo‘lib xizmat qilgan. Vitruviyning qadimgi yunon me’morlari qo‘llagan tartib-
qoidalar va me’moriy o‘lchamlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plab kitob holiga 
keltirgani uning eng katta xizmatidir. Shuning uchun ham Vitruviyning ushbu 
asari Italiyaning Uyg‘onish davrida (XV-XVI asrlar) klassik orderlar 
arxitekturasining keyingi taraqqiyoti uchun ulkan ahamiyat kasb etdi. Chunki bu 
davrda Qadimgi Yunon va Rim orderlarini o‘rganish, ulardagi garmonik 
proporsionalliklarni takomillashtirish va ularni Uyg‘onish davri arxitekturasiga 
moslashtirish ehtiyoji seziladi. Bu ishni shu davrning ko‘zga ko‘ringan ikki 
arxitektori Vinyola (1507-1573) va Palladiolar (1503-1580) amalga oshiradi. 
Vinyola "Arxitekturaning besh orderi qoidalari" kitobida Vitruviyda keltirilgan 
to‘rt order: toskan, dor, ion va korinf orderlari qatoriga beshinchi kompozit 
(murakkab) orderini kiritadi va ularni qurish qoidalarini ishlab chiqadi.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling