131
Bu esa o‘z navbatida O‘rta Osiyo me’morchilik san’atining o‘tmishda nazariy
asoslari bo‘lganmi yoki yo‘qmi, degan savolni keltirib chiqargan edi. Aksariyat
G‘arb olimlari bu savolga nafaqat O‘rta Osiyo, balki O‘rta Sharq mamlakatlari
arxitekturasining ham nazariy asoslari bo‘lmagan degan fikrga kelib qolgan edilar.
Bu tushunchaga o‘rta asr Sharq olimlarining ishlari o‘rganilgach chek qo‘yildi.
Biz quyida ana shunday tarixiy manbalarning ayrimlariga to‘xtab o‘tamiz.
Bizga ma’lum bo‘lgan qomusiy asarlar orasida XV asrda yashab, aslzodalar
avlodiga mansub bo‘lgan katta amaldorlardan
biri Vojid Alining "Matla’ul-ulum
va majma’ul-funun", ("Fanning kelib chiqishi va texnika bilimlarining
to‘plami") nomli asari muhim ahamiyatga molikdir. Kitobning 31-bobida
(me’morlar san’ati) imorat qurishning quyidagi 14
moddadan iborat qoidalari
berilgan:
1. Qurilish uchun joy tanlash (1-modda). Yer qatlami zich va qattiq bo‘lishi
kerak, lekin aslo qumlik va tagi bo‘sh bo‘lmasligi lozim.
2. Yer maydoni (4, 10-moddalar). Yer maydoni to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi
kerak. Agarda uy qurilishi ko‘zda tutilayotgan yer maydoni uchburchak shaklida
bo‘lsa, imoratni shunday joylashtirish kerakki, hovli to‘g‘ri burchak shaklini olsin.
Uchburchak, romb va parallelogramm shakllari xunuk ko‘rinib, didga mos emas.
Nomuvofiq qismlarini
bartaraf qilgan holda kvadrat, to‘g‘ri burchakli, olti
burchakli yoki sakkiz burchakli hovliga ega bo‘lish mumkin.
3. Poydevor (2-modda). Bino poydevorining kengligi va chuqurligi uning
katta-kichikligiga munosib bo‘lishi kerak. Agarda imorat bir qavatlik bo‘lib,
unchalik katta bo‘lmasa, poydevorining eni 1 yoki 1,5 gaz, chuqurligi
esa shunga
munosib bo‘lishi lozim. Agarda imoratning baland bo‘lishi, 2 yoki 3 qavatga
ko‘tarilishi ko‘zda tutilsa, uning poydevorini shunga munosib bo‘lishi
hisobga
olinishi kerak. Bu holda g‘ishtlarni shunday terish kerakki, bino
poydevoriga suv
kirishning barcha hollaridan mustasno bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: