Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Uyg‘unlik haqidagi katta kitob”
- "Daraxtlarni bog‘ rejasiga moslab ekish haqida"
8. Shamollatish (11-modda). Xonaning ichki qismini havo bemalol kirib va
chiqib turadigan qilish kerak. Xonaning bunday eng muhim sifatini buzish, har xil bug‘lanishlarning aralashuviga olib kelib, turli kasalliklarga sabab bo‘ladigan bo‘g‘iq havo hosil qiladi va hokazo. Bu qoidalar birmuncha umumlashtirilib berilishiga qaramasdan, o‘tmishda ham har holda imorat qurishdan oldin har 133 taraflama muvofiqlashtirish, didga moslashtirish va hisoblash ishlari olib borilganligidan dalolat beradi. Sharqning taniqli qomusiy olimi va muhandisi Yoqub ibn Is’hoq al-Kindi (801-866) uyg‘unlik xususida maxsus asar yozadi va uni “Uyg‘unlik haqidagi katta kitob” deb nomlaydi. Al-Kindi uyg‘unlikka izoh berar ekan, u “munosobatlarni o‘rnatishdan va bir sonni boshqasiga aylantirishdan, mutanosiblik va nomutanosiblikni farqlashdan iboratdir” deb tushuntiradi. Ma’lumki, Sharqda nafaqat binokorlik san’ati, balki bog‘-istirohatchilik san’ati ham keng rivoj topgan. Hirotlik Rozil Xeraviy XVI asrda agrotexnika va me’moriy bog‘larni yaratish bo‘yicha sakkiz bobdan iborat ajoyib asar yozadi. Uning sakkizinchi bobi "Daraxtlarni bog‘ rejasiga moslab ekish haqida" deb atalib, unda bog‘larni muntazam reja asosida to‘g‘ri va keng xiyobonlar bilan yaratish zarurligi, bog‘ning shakli to‘g‘ri burchakli bo‘lishligi, ufq tomonlariga oriyentatsiyalanishi, bog‘ devor bilan aylantirilgan va perimetri bo‘ylab to‘g‘ri qator tollar ekilishiga ko‘rsatma berilgan. Bosh xiyobonning bog‘ saroyiga tutashtirilishi zarur. Bog‘ hududini tejamli sug‘orish va bog‘ ichiga suv olib kirish, xiyobonlar bo‘ylab ariq o‘tkazish, saroy (ko‘shk) oldiga hovuz bunyod etish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Bog‘ atrofi ariq bilan aylantirilishi zarur bo‘lgan. Bog‘ ekinlari uchun manzarali va mevali daraxtlar taklif etilgan. Gullar turini tanlash masalasi shunday yechilganki, toki bog‘da gullar erta bahordan to kech kuzgacha uzluksiz ochilib tursin. Nafaqat me’morlar va bog‘bonlar uchun ana shunday risolalar, balki X-XV asrlarda me’morlar tomonidan tayyorlangan chizmalar, "namunaviy" loyiha o‘ramlari va hatto maxsus muraqqa’ (albom)lar ham mavjud bo‘lgan. Ilk bor N.B.Baklanov tomonidan o‘rganilib, nashr etilgan XVI asr Buxoro me’morining chizmalari fikrimizning dalilidir. Unda G.A.Pugachenkova aytganidek, xonaqoh, sardoba, karvonsaroy va rabotlarning bir necha namunaviy loyihalari, shuningdek g‘ishtkor bezaklar, girihlar va muqarnaslarning tarhdagi chizmalari ham aks ettirilgan (50 va 87-rasmlarga qarang). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling