10.3. O‘rta Osiyo o‘rta asr olimlarining me’morchilik va uyg‘unlikka doir
asarlari haqida ma’lumotlar
Ma’lumki, O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar, ayniqsa IX-XII va XIV-XV asrlar
madaniyat va san’at, arxitektura va shaharsozlik, tabiiy va ilohiy fanlarning
rivojlanishi uchun o‘ta sermahsul davr hisoblangan. Bu davrning O‘rta Osiyo ta-
rixida Uyg‘onish davri deb atalishi ham bejizdan emas. Marv, Buxoro, Samarqand,
Urganch kabi shaharlar o‘sha davrning eng yirik madaniy markazlari hisoblangan.
IX-XI asrlarda o‘z asarlarini arab tilida yozgan olimlarning eng mashhurlari O‘rta
Osiyolik edilar. Ular orasida Muhammad ibn Muso Xorazmiy (IX asr), Abu Ali
ibn Sino (980-1037), Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-
1048), Abdul-Vafo Buzjoniy (940-998) va boshqalar bor edi. Keyinroq ular safiga
Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) va G‘iyosiddin Jamshid Koshiy (XIV-XV asrlar)
qo‘shildi.
Ma’lumki, o‘rta asr Sharq olimlari antik
davr Yunon mualliflarining falsafa va
matematikaga doir asarlarini qunt bilan
o‘rganganlar. Ularni butun islom dunyosiga
ommalashtirib yanada rivojlanishiga katta
hissa qo‘shganlar. O‘rta Osiyolik olimlar ham
dunyoviy fanlarning barcha sohalari bo‘yicha,
jumladan matematika, handasa, astranomiya,
falsafa, meditsina va musiqa bo‘yicha ulkan
asarlar yaratdilar. Bundan tashqari o‘rta
asrlarda yaratilgan Sharq va O‘rta Osiyolik
olimlarining asarlarida me’morlar va
hunarmandlarga zarur bo‘lgan geometrik yasalmalar hamda mutanosiblik bilan
bog‘liq bo‘lgan qator masalalar ham yoritib berildi. Masalan, Abu Nasr
Forobiyning fikricha, arifmetika va geometriya barcha fanlar va san’atlar
tarkibiga kirib boradi.
67-rasm. Abul-Vafo Buzjoniyning
“Hunarmandlarga handasaviy
yasalmalardan nimalar zarurligi haqidagi
kitob”ning sarlavhasi.
135
Uning X asrda yozgan "Geometrik shakllarning nafisligi haqidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |