ma’naviy go‘zal usullar va tabiiy sirlar kitobi" me’morlar uchun katta qiziqish
uyg‘otdi. Unda Forobiy eng yaxshi mutanosibliklar haqidagi ijodiy izlanishlarni,
go‘zal nisbatlarni qarab chiqqan va san’at asarlarining handasaviy uyg‘unligi bilan
bog‘liq bo‘lgan go‘zallik sirlarini ochib bergan. Forobiyning ushbu asarini rus
tiliga tarjima qilgan olimlar Abul-Vafo Buzjoniyning Forobiydan keyin yozilgan
"Hunarmandlarga handasaviy yasalmalardan nimalar zarurligi haqidagi
kitob"iga deyarli to‘liq mos kelishini aytib o‘tgan. Ushbu kitob muqaddima va
o‘n bobdan iborat bo‘lib, ularda geometrik shakllar va ularning yasalish uslublari
haqidagi ma’lumotlar, shuningdek yetti burchakliklarni taqribiy qurish, ko‘pbur-
chakliklarni shakl- ning berilgan tomoni va boshqa parametrlari bo‘yicha yasash;
aylana ichiga teng tomonli uchburchak, kvadrat, besh, olti, yetti, to‘qqiz va o‘n
ikki burchakliklarni chi-zishga asoslangan yasalishlar hamda handasaviy qurish
bo‘yicha boshqa zarur ma’lumotlar keltirilgan. Forobiy o‘zining "Fozil shahar
aholisining qarashlari haqida"gi risolasida "shaharni ham, uyni ham inson
qomatiga taqqoslash zarur" deb yozadi. Bu bilan olim fozil shaharning sof inson
qomatiga hamohang va mos tarzda qurilishini
orzu qiladi. Uning fikricha, “go‘zallik va
foydalilikni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi,
ularning qo‘shilishi esa uyg‘unlikka olib keladi”.
O‘rta Osiyo uyg‘onish davrida "Sof
birodarlar" nomli jamoa yashirin faoliyat olib
borganligi tarixdan ma’lum. Uning a’zolari
jamiyatga falsafiy va ilmiy bilimlarni tarqatish
bilan shug‘ullangan va bu bilan o‘zlari yashagan
jamiyat illatlariga qarshi kurashganlar.
Jamoaning "Maktublar" nomli asari bizgacha
yetib kelgan. Unda har tomonlama kamol topgan,
hamma munosabatlarda go‘zal bo‘lgan kishi
Do'stlaringiz bilan baham: |