136
komil inson deb tasavvur qilingan. "Go‘zallik manbai tabiatdadir. Shu boisdan
tabiat badiiy ijodning murabbiysi va tugalmas manbaidir. Tabiat go‘zalligi
esa uni
tashkil etuvchi
qismlarning hamohanligi, o‘xshashligi va monandligiga
bog‘liqdir", - deyiladi mazkur risolada.
Abu
Ali Ibn Sino (980-1037) ning ikki asari "Donishnoma" va "Ash-
Shifo"da handasa va riyoziyotga tegishli boblar bo‘lib, ular o‘z davrida me’morlar
uchun katta ahamiyat kasb etgan. Jumladan "
Ash-Shifo" to‘rt
qismdan tuzilib,
ularning uchinchisi "Riyoziyot"da
"Usul ilm al-handasa" (Geometriya ilmi
usullari) bayon etilgan. Unda Ibn Sino chiziqni o‘rta va chekka, ya’ni "oltin
kesma" bo‘laklariga bo‘lishni ko‘rsatgan. Ibn Sino "Tib qonunlari" asarida
turarjoy binolari xo-nalariga quyosh nurining tushishi
va shamollatili-shining
zarurligi, deraza va eshiklarning sharq va shi-molga qaratilishi
hamda sharqdan
esuvchi shamol-larning binoga kirishi va quyoshning
xonalarda hamma joyga
yetib borishi zarur-ligi haqida yozadi.
Muhammad Xorazmiyning (783-850) "Algebra va muqobala hisoblari
haqida qisqacha kitob" deb nomlangan asari bir qarashda me’morchilikka aloqasi
yo‘qday bo‘lib ko‘rinsa-da, aslda unda berilgan to‘g‘ri burchakli uchburchaklar va
irratsional kattaliklar bo‘yicha qator hisoblashlar, kub, parallepiped, konus,
piramidalarning hajmini aniqlash haqidagi ma’lumotlar me’morlarda katta qiziqish
uyg‘otgan.
Bag‘dodiy (X-XI asrlar) bizga "O‘lchanishi mumkin va mumkin bo‘lmagan
kattaliklar haqida kitob"ning muallifi sifatida tanishdir. Bizga Vitruviy va
Palladiolarning asarlaridan ma’lumki, arxitektorlar qurilish amaliyotida irratsional
va butun miqdorlar orasida farq qilmaganlar. Bu holat Bag‘dodiyning "Ildiz bu
berilgan son va birlik orasidagi yoki birlik miqdor va irratsional orasidagi
o‘rtalikdir" nomli asarida o‘zining nazariy asosini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: