Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


G‘iyosiddin Jamshid Koshiy


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

G‘iyosiddin Jamshid Koshiy (XIV-XV asrlar) taniqli matematik va 
astronom, Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasi va akademiyasining yetuk ilmiy 
xodimi va muhandisi, astronomiya va matematika bo‘yicha qator asarlar muallifi. 


137 
U o‘zining "Arifmetika kaliti" nomli ishida alohida bir bobni 
me’morchilikka bag‘ishlab, unda ravoqlar qurishning besh usulini ko‘rsatib 
bergan. Biz bu haqda keyinroq batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Ushbu kitobda Koshiy gumbazlar ichini bezashda keng qo‘llaniladigan 
yulduzsimon me’moriy bezak – muqarnasning to‘rt turini va muqarnas 
kosachasining takrorlanuvchi qismi – "taqsim"ni yasash tartibini ham ko‘rsatib 
o‘tgan. "Bilginki, – deydi Koshiy, – binokor ustalar to‘g‘ri to‘rtburchakning 
asosini muqarnas miqyosiga (moduliga) teng olib, balandligini undan ikki hissa 
uzun belgilashadi".
O‘rta Sharq va O‘rta Osiyo olimlarining ushbu ishlari Markaziy Osiyo 
me’morlari ijodiy ishlarining taraqqiy topishida katta rol o‘ynagan va shak-shubha 
yo‘qki me’morchilik san’atining o‘rta asrlardagi nazariy asoslari bo‘lib xizmat 
qilgan.
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar: 
1. Me’morchilik va me’moriy uyg‘unlikka doir antik davr yozma manbalarini 
aytib bering. 
2. Me’morchilikka doir o‘rta asrlarda yozilgan tarixiy manbalarga qanday asarlarni 
kiritish mumkin? 
3. Forobiy asarlaridagi go‘zal handasaviy uslublar haqida tushuncha bering. 
4. Abul-Vafo Buzjoniyning “Hunarmandlarga handasaviy yasalmalardan nimalar 
zarurligi haqidagi kitob”iga izoh bering. 
5. G‘iyosiddin Jamshid Koshiyning qaysi asarida me’morchilikka doir qanday 
tavsiyalar va chizmalar aks ettirilgan? 


138 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling