Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

K.N.Afanasyev Qadimgi Rus ibodatxonalari va me’morchiligiga xos 
mutanosibliklar asoslarini tadqiq etib, ular asosida o‘lchov birligiga karrali 
bo‘lgan modulli mutanosibliklar - 1:1, 1:2, 1:4, 2:3, 3:4, 4:5, 5:6, 5:7, 20:21 
proporsiyalari yotishini isbot qilgan. U ushbu butun sonli nisbatlardan tashqari 
to‘g‘ri handasaviy shakllar hisoblangan kvadrat va teng yonli uchburchakni ham 
ko‘rsatadi. K.N.Afanasyev qadimgi me’morchilik shakllarida bular qatorida 
tomonlari 20:21:29 bo‘lgan yana bir to‘g‘ri burchakli Misr uchburchagi 
qo‘llanilgan, deb ko‘rsatgan. Uning aniqlashicha, Qadimgi Rus me’morchiligidagi 
mutanosibliklar ibodatxona markaziy gumbazining diametriga teng bo‘lgan va 
uzunlik o‘lchami - futga karrali modulga asoslangan.
K.N.Afanasyevning ushbu ko‘rsatmalari Qadimgi Rus me’morchiligi 
yodgorliklarida o‘z aksini topgan va Vitruviyning yuqorida eslatib o‘tilgan nazariy 
ta’limotiga to‘la mos keladi.
I.Sh.Shevelev "oltin kesimni tabiatdagi kabi arxitekturada ham alohida emas, 
balki boshqa proporsiyalarga monelik qilmagan holda, ular qatorida mavjuddir 
xolos", deydi. Uning o‘tgan asrning 60-yillarida bayon qilgan mutanosiblik 
ta’limotining o‘zagini "ikkilangan kvadrat va ikki o‘lcham nazariyasi" tashkil 
qiladi. Shevelevning fikricha, Rus cherkovlaridagi me’moriy shakllarni aniqlashda 
bir yo‘la ikkita uzunlik o‘lchami qo‘llanilgan: butun sonli nisbatlar bitta sarjin 
bilan o‘lchansa, irratsional nisbatlar boshqasi bilan aniqlangan. Me’moriy shakllar 
mutanosibligining chuqur bilimdoni K.S.Kryukov I.Shevelevning ushbu fikriga 
qo‘shilmaydi va uning nazariyasidan ko‘ra futga karrali bo‘lgan va yagona 


141 
o‘lchamli modulga asoslangan K.N.Afanasyevning uslubini sodda va ishonchliroq 
deb biladi.
O‘rta Osiyo me’moriy merosini o‘rganish ishlarining boshi XIX asr oxiri XX 
asr boshlariga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyo me’morchiligining taniqli ta’mirshunosi 
va tadqiqotchisi B.N.Zasipkin Navoiy viloyatidagi Raboti Malik karvonsaroyi 
me’moriy shakllarining yasalishida modul tizimining mavjudligini aniqlagan. 
L.N.Voronin va Sh.Y.Ratiyalar esa Toshkentdagi Baroqxon madrasasi me’moriy 
shakllarining muayyan proporsiyalar asosida qurilganligini ko‘rsatib bergan. 
Madrasa peshtog‘ining esa oltin nisbatda qurilganligi ma’lum bo‘lgan.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling