Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

G.A.Pugachenkova Monas Gumbazi maqbarasining me’moriy yechimi va 
handasaviy yasalishini tadqiq qilib, uni yarim gaz (53sm)dan tuzilgan to‘r 
(kataklar) ustiga chizib chiqadi; shu tariqa bino tarhining devor eniga teng 
modulini aniqlaydi. Bu miqdor peshtoq ravog‘i kengligining yarmiga teng (111 
sm) bo‘ladi. Turkmanistondagi Anau masjidi me’moriy shakllarining tahlilida esa 
olima bino tarhi va tarzining 70 santimetrli gazga asoslangan modul tizimida 
shakllanganligini aniqlaydi. G.A.Pugachenkova modulli katakchalarda Yangi 
Nisoda topilgan "Kvadrat uy"ning tarhini ham chizishga erishadi. Ushbu 
ob’yektda modul qilib uy devorining eni (228 sm) qabul qilinadi. Tashqi devor 
uzunligi 26 modulni, hovli tomoni esa 16 modulni tashkil qilgan. Sulton Sanjar 
maqbarasi tarhining mutanosibliklarini aniqlashda esa G.A.Pugachenkova 
diagonalli kvadratlar tizimini qo‘llaydi. Tarh chizmasidan ma’lum bo‘ladiki, 
diagonalli kvadratlar modul to‘rining yasalishida asosiy uslub bo‘lib xizmat 
qilgan. Diagonalli kvadratlar Arab-ota maqbarasining mutanosibliklarini 
aniqlashda ham xuddi shunday vazifani bajargan.
V.L.Voronina O‘rta Osiyoning VII-VIII asrlardagi qadimgi qurilish 
texnikasini batafsil tahlil qilib, me’moriy obidalarning mutanosibliklari uzunlik 
o‘lchami 105-110 santimetrga karrali bo‘lgan modulga asoslanganligini aniqlaydi. 


143 
XI-XII asrlar uchun uzunlik o‘lchami birligini 31 sm, to XV asrgacha bo‘lgan davr 
uchun esa uning ikkilanma miqdori (62 sm)ga tengligini hisoblab chiqadi.
L.I.Rempel O‘rta Osiyoda X-XII asrlarda qurilgan maqbaralar shakllarining 
loyihalanish usullarini o‘rganadi. Uning fikricha, o‘rta asrlar sharqi me’moriy 
shakllarining handasaviy yasalishlari 1:
2

1:
3
, nisbatli dinamik 
to‘g‘riburchaklarga asoslangan. Bu tizim "oltin kesim" G‘arbdagi Uyg‘onish 
davrida qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, Sharqda o‘shanday rol o‘ynagan", deb yozadi 
L.Rempel. Uning fikricha, geometrik yasalmalar usulining asl mohiyati uch xil 
mutanosiblik: geometrik, arifmetik va modulli (miqyosiy) mutanosibliklarning 
birgalikda harakatda bo‘lishidadir. "Yunon san’atida kanon inson qomati 
qismlarining nisbatini topishda qanday rol bajargan bo‘lsa, Sharqda geometrik 
mutanosiblik me’moriy hajmlar, massalar va bo‘linishlarni aniqlashda o‘shanday 
rol o‘ynagan; arifmetik mutanosiblik geometriyani qurilish ishlarida kerak 
bo‘ladigan hisoblashlar tiliga ko‘chirgan; modulli munosabatlar esa binoning tarhi 
va hajmiy yechimida ifodalangan handasaviy mutanosibliklarni, quruvchiga ishchi 
chizmalarning umumiy tamoyili tarzida muvofiqlashtirib bergan... bu ishda modul 
to‘ri yordamga kelgan". L.Rempelning fikricha, Sharqning o‘rta asr mutafakkirlari 
antik dunyo merosidan "oltin kesim" haqidagi tushunchani ham olganlar. Biroq, 
ular ushbu tushunchani antik san’atdagi kabi inson tanasining ideal tuzilishiga xos 
"kanon"tarzida emas, balki hisoblash geometriyasi va handasaviy qurish orqali 
keltirib chiqarganlar. Bu fikrga men qo‘shilolmayman, chunki biz yuqorida 10-
darsda ko‘rdikki O‘rta Osiyo mutafakkirlari o‘z asarlarida me’moriy shakllar va 
shaharlar tuzilishidagi uyg‘unlikni ko‘p hollarda inson tanasiga xos 
mutanosibliklarga qiyoslab tushuntirganlar. 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling