Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Le Korbyuzye
V.M.Filimonovning tadqiqotlari me’moriy shakllarning yasalish ulublarini
aniqlashga qaratilgan. U O‘rta Osiyo inshootlarining hajm-rejaviy yechimlariga asosan kvadrat va aylananing xususiyatlari mos keladi, deb yozadi. Uning fikricha, O‘rta Osiyo arxitekturasida nafosot va uyg‘unlik masalasi alohida yechimga ega bo‘lmagan, u geometrik yasalmalar asosida yechilib, shuning oqibati tarzida 144 ro‘yobga chiqqan. V.Filimonovning yozishicha, "agar Yevropa Uyg‘onish davriga mutanosibliklarga erishishning ongli izlanishlari xos bo‘lsa, O‘rta Osiyo uslubiyatida bunday g‘oyalar mavjud emas". V.Filimonov bundan tashqari O‘rta Osiyo me’moriy loyihalash jarayonida hatto modul tizimining qo‘llanilganini ham inkor etadi. Biroq, uning bu xulosalari keyingi tadqiqotchilar tomonidan hayotiy misollar asosida rad etiladi. Ma’lumki, tabiat dunyosining uyg‘unligi irratsionaldir. Inson ongi va qo‘li bilan yaratilgan me’moriy uyg‘unlik ham o‘tmishda aksariyat irratsional munosabatlarga ega bo‘lgan. 1791 yilda Fransiyada tekstil sanoatining rivojlanishi va xalqaro savdo ehtiyojlari oqibatida yangi uzunlik o‘lchovi – "metr" kashf etildi. Biroq, uning inson qomati qismlari va o‘lchamlariga hech qanday bog‘liqligi yo‘q edi. Shu bois xalqaro miqyosda metrik o‘lchov tizimiga o‘tish arxitektorlar ijodi va uning moddiy ifodasini sof intuitsiya yo‘liga burib yubordi. Metrik tizim tabiiy dunyo va inson qomatiga mos bo‘lgan handasaviy (irratsional) uyg‘unlikdan foydalanish imkoniyatlarini batamom bartaraf etdi. Chunki metrga asoslangan va o‘zida modul tizimini aks ettirgan "millimetrovka" nomli maxsus qog‘oz yaratildiki, bu me’morlarga shakllar uyg‘unligiga erishishda faqat bitta yo‘lni, u ham bo‘lsa moduldan foydalanish yo‘lini qoldirdi. Metrga asoslangan modul esa ar- xitekturada tabiat go‘zalligi va inson tanasiga mos mutanosibliklar tizimini yaratish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun ham taniqli fransuz arxitektori, XX asrning ulkan reformatori Le Korbyuzye arxitekturada metr tizimidan farqli o‘laroq inson qomatiga mos bo‘lgan "oltin nisbatlar" tizimining grafik shaklini yaratdi va uni "Modulor" deb nomladi (69-rasm). Le Korbyuzye shunday yozadi: "Parfenon, hind ibodatxonalari, gotik cherkovlarining qurilishi o‘lchamlar belgilashning aniq qoidalariga Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling