Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

P.SH.Zohidovdir.
Bu muallif me’moriy shakllarni istalgan tabiiy organizm: xoh u o‘simlik 
bo‘lsin, xoh jonzod bo‘lsin, mo‘jaz bir zarra -urug‘dan rivojlanib shakl olishi kabi 
me’moriy ishlanmalar ham muntazam o‘sib boruvchi murabba’ – dinamik 
kvadratlar asosida modellash-tirilishi mumkunligini isbotlab beradi va uni 
"Me’moriy al-Qonun" deb ataydi.
P.SH.Zohidov "Me’moriy al-Qonun" deganda me’moriy shakllarning 
dinamik kvadratlar to‘ri va uning hosilalari asosidagi mutanosiblik va yasalish 
tamoyillari va uslublarini tushunmoq zarur, deb yozadi. Olim "... qadimgi 
me’morchilik yodgorliklari oddiy dinamik kvadratlar to‘ridagi handasaviy shakllar 
uyg‘unligi asosida yaratilgani uchun ham chiroyli, ham mahobatli, ham 
mustahkam bo‘lgan", degan fikrni bildiradi.
Shakllar uyg‘unligining ilmiy-nazariy asoslari ustida jiddiy izlanishlar olib 
borib muhim natijalarga erishgan olimlarning yana biri M.Q.Ahmedovdir.
U yuqorida nomlari keltirilgan olimlardan farqli o‘laroq handasaviy 
mutanosiblik va uyg‘unlik an’analarini o‘rta asrlar me’moriy ansambllari va 
shaharsozlik tizimi misollarida ko‘rib chiqib, bu tushunchaning ilgari fanga 
ma’lum bo‘lmagan o‘ta keng falsafiy mushohada mahsuli ekanligiga e’tiborni 
qaratdi: uning karvon yo‘llari bo‘ylab aholi joylashuvining shakllanishida, tarixiy 
shaharlar hududining, ansambllar silsilasi va inshootlarning me’moriy ansambllar 
hamda komplekslar tarzida muvofiqlashuvi kabi bosqichlarida ham namoyon 
bo‘lganligi va qo‘llanilganligini ilk bor ilmiy dalillar asosida isbotlab berdi. 
Markaziy Osiyo arxitekturashunoslik fanida, jumladan ansambllar 
kompozitsiyasining uyg‘unlashuvi va shakllanishida murabba’ (kvadrat) va 
"chortoq" uslubining o‘rni va rolini ochib berdi.
M.Q.Ahmedov tarixiy shahar va qishloqlarni qayta qurishda ularning 
shakllanish asosini tashkil etadigan ko‘chalar, maydonlar va ansambllarning 


150 
ibtidosi va taraqqiyot yo‘llarini o‘rganib, ilmiy tadqiq etish natijasida quyidagi 
xulosalarga keladi:
1. Me’moriy ansambllar joylashishi va funksional xususiyatlariga qarab 
shahar va qishloq tashqarisidagi ziyoratgohlarga, aholi yashash joylari oralig‘idagi 
rabot va hazoralarga, umumshahar, mahalla va qishloq markazlarini tashkil qilgan 
ansambllarga turlanadi.
2. Ushbu ansambllar o‘zlarining badiiy-g‘oyaviy va kompozitsion yaratilish 
mohiyatiga ko‘ra juft, ko‘sh, maydon (uch tomondan yoki to‘rt tomondan 
chegaralangan) va erkin turdagi suv havzalari (hovuzlar) atrofida shakllangan 
turlarga bo‘linadi. Bu ansambllarning barchasi "fazodagi hajm" yoki "hajmdagi 
fazo" usulidagi hajm-rejaviy kompozitsiya asosida shakllantirilgan (1-jadval). 
3. Markaziy Osiyo shaharlarining ibtidosi, asosan, karvon yo‘llari chorrahasi 
– chorsudan iborat. Chorsu va unga tutashgan imoratlar shahar savdo markazlarini 
vujudga keltirgan.
4. Shahar karkasi suv tarmoqlarida shakllangan turar-joy majmuasi va 
me’moriy ansambllar silsilasidan iborat.Me’moriy ansambllar karvon yo‘llaridagi 
chorrahalarda chorsular yonida, diniy-ilohiy joylar, shahar va qishloq hamda 
mahalla jamoa markazlarida shakllangan. 
5. Me’morchilik va shaharsozlikdagi uyg‘unlik – inson va ijtimoiy jamiyat 
imkoniyatlarini tabiiy borliqqa muvofiqlashtirishni taqozo etadigan kosmik olam
sifatida tushunilgan. Ushbu ma’noda uyg‘unlantirishning bir necha darajasi 
mavjud bo‘lgan:
a) shahar, qishloq va boshqa aholi qarorgohlari oraliq masofalarini 
muvofiqlashtirish;
b) shahar tarkibiy qismlarini o‘zaro hududiy muvofiqlashtirish (ark, 
shahriston, rabod, mahalla, registon, chorsu bozorlar, rastalar va boshqalarning 
o‘zaro qulay bog‘lanishi);
v) binolar va inshootlar majmualarini me’moriy ansambllar tuzish yo‘li bilan 
uyg‘unlashtirish;


151 
g) biron-bir imorat va uning qismlarini muayyan modul asosida handasaviy 
uyg‘unlashtirish.
6. Shakl yaxlitligi va bo‘laklarini uyg‘unlashtirishda dinamik to‘rtburchaklar 
to‘ri, kesmani "o‘rta" va "chekka" munosabatlarga bo‘lish (oltin kesim), turli 
uchburchak va ko‘pburchaklarni, shuningdek ko‘plab ratsional va irratsional 
munosabatlarni yasash imkoniyatlarini beruvchi murabba’ga tayanilgan.
M.Q.Ahmedov shahar tizimiga kirgan nafaqat bino va inshootlarning, balki 
shahar maydonlari, ko‘chalar, me’moriy ansambllar, guzar va mahallalarning ham 
chizmalar asosida bunyod etilganligini alohida ta’kidlagan. 
 
1-jadval
 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling