Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
73-rasm. Gumbazlar:
a - charhi gumbaz; b - balhi gumbaz; v - mirzoi gumbaz. 74-rasm. "Zarbalinga" gumbazi. Buxoro: Toqi Sarrofon (XVI a). 162 Ravoq, toq va gumbazlarning me’moriy sifati ularning chidamliligi, shakliy go‘zalligi va mahobati bilan belgilangan. Bunday uchta muhim talabni bir vaqtni o‘zida hamma gumbazlarda ham baravariga qondirish qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ham ustma ust joylashgan qo‘sh gumbazli yechimlar vujudga kelib gumbazlardan yuqoridagisi bino ustini tashqarisidan yopgan, pastkisi esa xona ichini yopgan. Tashqi gumbaz odatda baland gardish –"ustivon ustida" joylashtirilib, mahobatli va munaqqash ko‘rinishga ega bo‘lgan. Ichki gumbaz esa asosan xona ustini yopish va bezash uchun xizmat qilgan va qurilmaviy jihatdan hech qanday yuk ko‘tarmagan. Samarqanddagi Go‘ri Amir va Bibixonim maqbaralari, Ishratxona ko‘shk saroyi, Cho‘ponota maqbarasi, Shahrisabzdagi Ko‘k gumbaz masjidi, Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbara xonaqosini ichki va tashqi gumbazli binolar qatoriga kiritish mumkin. 12.2. Ravoq chizishning ellips usuli Ravoq chizishning ushbu usuli ellips yoyidan foydalanish qoidasiga asoslangan. Ellips yoyini yasash qoidasi esa Sharq adabiyotida IX asrda yashab ijod etgan matematik al-Xasan ibn Muso ibn Shokir va X asr olimi Ibn Sinan (Ibn Sino emas) tomonidan bayon qilingan. Al-Xasan ellipsni uning ikki fokusiga biriktirilgan va uzunligi el- lipsning katta o‘qiga teng bo‘lgan ipni tarang tortib qalam yoki chizg‘ich yordamida chizishni taklif qiladi (75, a-rasm,). Ibn Sinan esa ellipsni uning katta o‘qiga teng qilib chizilgan aylanani bir necha tik bo‘laklarga qirqishni va har bir qirqimni teng to‘rtga bo‘lishdan hosil bo‘lgan nuqtalarini o‘zaro birlashtirish natijasida chizishni taklif qiladi (75, b - rasm). 75-r asm. Ellips chizish uslublar i: a-al-Hasan bo'yicha (IX a.); b-Ibn Sinan bo'yicha (X a.) а а b 163 Taniqli olim M.S.Bulatov o‘zining arxitekturada handasaviy uyg‘unlik haqidagi mashhur asarida ravoq, toq va gumbazlar yasalishini tadqiq etishda aynan shu Ibn Sinan ko‘rsatgan uslubni asos qilib oladi va undan keng foydalanadi. Olim ravoq chizishning ellips uslubini nafaqat O‘rta Osiyo me’morchiligiga, balki Yaqin va O‘rta Sharq me’morchiligiga ham mos kelishini qator misollarda ko‘rsatib beradi. M.S.Bulatovning kuzatishicha, ellips yoylaridan qurilgan ravoqlar O‘rta Osiyo me’morchiligida oxirgi marta Buxorodagi Mir-Arab madrasasi (XVI asr) va Nodir Devonbegi xonaqosi (XVII asr)da qo‘llanilgan. Shundan so‘ng ravoq qurishning ellips uslubi uch va to‘rt markazli pargor (sirkul) uslubi bilan almashtirilgan. Biroq, L.I.Rempelning fikricha, ravoq chizishdagi bu ikki uslub bir-birini hech qachon almashtirmagan, aksincha ular bir vaqtning o‘zida birday foydalanishda bo‘lib kelgan. Arxitektura doktori P.Sh.Zohidov esa ravoq chizishning ellips uslubini amalda qo‘llash ancha murakkabligini e’tiborga olib, amalda asosan pargor uslubi keng qo‘llanilgan, degan fikrni bildiradi. Men P.SH.Zohidov fikriga qo‘shilganim holda shuni ta’kidlamoqchimanki, aynan pargor uslubi O‘rta Osiyo me’morchiligida eng keng tarqalgan an’anaviy uslub hisoblanadi. Chunki bu uslubda ravoq juda oson chizilib uni amalda qo‘llash ham oson kechadi. Ushbu fikrga oydinlik kiritish uchun ravoq chizishning avval ellips uslubini ko‘rib chiqib, uni an’anaviy pargor uslubi bilan taqqoslab ko‘raylik. Ravoq chizishning ellips usuli umumiy shaklda quyidagicha amalga oshirilgan. Ravoq enining markazidan ravoq yasaladigan balandlikda, ya’ni "poi linga" balandligida radiusi ravoq enining yarmiga teng qilib aylana chizilgan. Ravoq uchun balandlik tanlanib va u radius tarzida olinib, o‘sha markazdan ikkinchi kichikroq aylana chizilgan. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling