Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
5-
kеys: Mirzo Ulug‘bеk boshchiligida Samarqandda bunyod etilgan rasadxona(obsеrvatoriya)ning bugungi kunda faqatgina еr ostki qismigina saqlanib qolgan. Uning dastlabki ko‘rinishi qanaqa bo‘lganligi xususidagi tortishuvlar hozirgacha da vom etib kеlmoqda. Hozirda ushbu noyob inshootning dastlabki ko‘rinishi bo‘ yicha bir nеcha grafik rеkonstruktsiyalar turli olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ular 3, 6, va 7 q avatli variantlarni bеrishgan. Jumladan, tajribali arxitеktor B.N.Zasipkin ob’еkt “uch qavatli”ligining nojo‘yaligini ta’kidlagan; V.A.Nilsеn imoratning baland uch qavatli grafik rеkonstruktsiyasini taklif qilgan; taniq li olima G.A.Pugachеnkova avvallari ma’lum loyihalarning barchasini qat’iy ravishda inkor etib, inshootning yuqori ikki q avati dеb ataladigan qismini ikki dеvorli galеrеyaga aylantirgan, bu galеrеyaga gigant quyosh soatlari va astrolyabiya joylashtirgan; arxitеktor M.S.Bulatov ham uch va еtti qavatli variantlarini taklif etgan; arxitеktor G.I.Korobovtsеv “yaruslar uchta – qavatlar oltita” dеgan g‘oyani bergan. Olim P.Sh.Zohidovning fikricha rasadxona bir qavatli bo‘lgan. Muammoli tortishuv. Savollar: 1. P.Sh.Zohidov nimaga asoslanib rasadxonani bir q avatli dеb hisoblagan? 2. Nimaga turli olimlar rasadxonaning turlicha grafik variantlarini taklif etgan? Qaysi manbalarga asosan? 3. Qaysi variantni siz haqiqatga yaqinroq dеb hisoblaysiz? 250 ATAMALAR Garmoniya - uyg‘unlik, hamohanglik, mutanosiblik va yuqori diddagi badiiy bog‘lanishlar Tabiiy uyg‘unlik - tabiat uyg‘unligi, inson qomatining uyg‘unligi, biologik va ekologik uyg‘unlik, hamda koinotga xos uyg‘unliklar Garmonik uyg‘unlik - bu shunday uyg‘unlikki, unda butun va qismlar orasidagi mutanosiblik bir vaqtning o‘zida ham arifmetik miqyosiy, ham geometrik yasash orqali aniqlanadi va natijalar bir-biriga muvofiqlashtiriladi Proporsiya - ikkita shakl yoki kattalikning bir-biriga qay tarzda bog‘liqligini, ularning o‘lchamlari va miqdorlari orasidagi mutanosib munosabatlarni bildiruvchi moddiy voqelik Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling