82
Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asariga Kamoliddin Behzod
ishlagan miniaturalarning birida qurilish jarayoni ifodalangan bo‘lib,
unda bosh
me’mor qurilayotgan binoning modelini ushlab turgani tasvirlangan (46-rasm).
Surat binoning o‘sha model bo‘yicha qurilayotganligini va, ayni paytda,
me’morlarning quruvchilar ishini nazorat qilayotganligini ko‘rsatadi. Bu esa
temuriylar davrida (XIV-XV asrlar) qurilish jarayonining nafaqat me’moriy
handasa va modul
asoslari, balki zarur hollarda bo‘lajak bino modelini yasash
orqali ham amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
6.3. O‘rta Osiyo me’morchiligida "chortoq" kompozitsiyasi
va uning o‘rni
Ma’lumki, chortoq deb tarhi kvadrat shaklida bo‘lgan va to‘rt tomonga birday
to‘rtta toq-ravoq bilan ochilgan usti yopiq imoratga aytiladi. To‘rt
tarafi ochiq
ravoqli ko‘shk ham chortoq deb ataladi. Chortoqning usti, ya’ni tomi odatda
gumbaz bilan yopilgan bo‘ladi. Markaziy Osiyo me’morchiligida chortoq
kompozitsiyasini chuqur o‘rgangan olim M.Q.Ahmedovning
fikricha, chortoq bu
o‘lkada islom qabul qilinishidan ilgari yuzaga kelib,
aksariyat inshootlarning
tipologik shakllanishida genetik qurilma tarzida xizmat qilgan. Olim chortoqning
o‘zi qanday yuzaga kelgan degan savolni qo‘yib shunday tushuntiradi: "U 4
soniga, sharq xalqlarida muqaddas hisoblangan kvadrat va chor unsurga
asoslangan bo‘lsa ajab emas. Chortoq dastlab otashparastlik va buddizm
ibodatxonalari qurilishida keng qo‘llanilgan. Chortoqqa qadar chorustunli
ayvon-
tekis oddiy inshoot-shiypon mavjud bo‘lgan, shiypon asosida chordara (to‘rt
tarafida to‘rtta eshigi bo‘lgan ochiq ayvon), so‘ngra chortoq vujudga kelgan".
An’anaviy me’morchiligimiz nazariyasining taniqli tadqiqotchilaridan
M.S.Bulatov ham chortoq kompozitsiyasining islom davrigacha shakllanganligini
e’tirof etib, uning dastlab nafaqat otash-xonalar,
balki rasadxona va boshqa
ko‘pgina sohalarda qo‘llanganligini,
so‘ngra esa IX
asrdan boshlab
maqbarasozlikda ham keng ishlatilganligini aytib o‘tadi.
83
Shu nuqtai nazardan Buxorodagi Somoniylar maqbarasi chortoq
qurilmasining O‘rta Osiyo me’morchiligidagi uyg‘unlashgan mukammal
ko‘rinishiga misol bo‘la oladi. M.Q.Ahmedov chortoq
qurilmasining IX-X asrdan
boshlab nafaqat maqbaralar qurilishida, balki jome masjidlarining asosiy qishgi
xonasi sanalgan xonaqohlarni qurishda ham keng qo‘llanilganligini yozadi.
Masalan, X asrda Ko‘hna Termiz rabodida qurilgan Chor ustun masjidi me’moriy
yechimining negizida ham chortoq kompozitsiyasi yotganligini uqtiradi.
Ma’lumki, Buxorodagi Mox masjidi (Magoki Attori) o‘rnida ilgari (islomgacha
davrlarda) otashparastlar ibodatxonasi bo‘lgan.
Bu binoning dastlabki
kompozitsiyasini ham chortoq tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: