Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. “Chortoq” kompozitsiyasining vujudga kelishi va rivojla-


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

47-rasm. “Chortoq” kompozitsiyasining vujudga kelishi va rivojla- 
nish jarayoni (M.Q.Ahmedov bo’yicha).
Yuqoridan o’ngda Yorkent shahridagi Uruk masjidi. 


84 
M.Q.Ahmedovning fikricha, umuman chortoq qurilmasi Yaqin va O‘rta 
Sharq, xususan Markaziy Osiyo me’morchiligida ko‘pgina imorat turlarining kelib 
chiqishida embrional urug‘ singari negizni tashkil qilgan. Uning rivoji esa 
peshtoqli va hovlili imoratlar va ansambllar turlarining kelib chiqishida asosiy 
omillardan biri vazifasini bajargan. M.S.Bulatovning ta’kidlashicha, O‘rta Osiyo 
me’morchiligiga xos uyg‘unlik va proporsional tizim quyidagi handasaviy shakllar 
va ularning hosilalariga asolangan: kvadrat, teng yonli uchburchak, yarimkvadrat 
va "oltin kesim".
Kvadrat, kvadrat diagonali va ularning hosilalari me’moriy shakllarni 
yasashda va binolarning mutanosib o‘lchamlarini topishda keng foydalanilgan. 
Kvadratning hosilasiga uning ichiga chizilgan sakkiz burchaklik ham kirgan. 
Sakkiz burchaklik kvadrat diagonalining yarimidan kelib chiqqan va chortoq tarhi, 
hovuzlar hamda ko‘pgina me’moriy naqshlarni ishlashda keng qo‘llanilgan.
Bundan 
tashqari me’morlar 
handasaviy yo‘l bilan olinadigan 
irratsional miqdordagi mutanosibliklarni 
zarur hollarda ularga yaqin butun sonli 
oddiy mutanosibliklar bilan 
almashtirganlar. Shu yo‘l bilan ular 
me’morchilikda handasaviy va modulli 
munosabatlar yaxlitligiga erishganlar.
48-rasm. Chortoq kompozitsiyasiga asoslangan 
Somoniylar maqbarasi.
 


85 
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar: 
1. Go‘zallik va uyg‘unlik haqidagi islomiy tushunchalarni ta’riflab bering 
2. Islomiyatda “jamol”, “jalol” va “sifat” qanday ramzlarni bildiradi? 
3. Xoja Ahmad Yassaviy maqbara honaqosining me’moriy loyihalanish uslubini
izohlab bering. 
5. Buxorodagi Somoniylar maqbarasining me’moriy loyihalanish uslubini izohlab
bering. 
5. Samarqanddagi “Bibixonim” masjidining me’moriy loyihalanish uslubini
izohlab bering. 
6. Chortoq kompozitsiyasining shakllanishi va rivojlanish jarayonini chizmalarda
tushuntirib bering. 
7. Chortoq kompozitsiyasining O‘rta Osiyo me’morchiligidagi o‘rnini tushuntirib
bering. 


86 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling