Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


VII BOB. ME’MORCHILIKDA MODUL (MIQYOS) TIZIMI VA


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

VII BOB. ME’MORCHILIKDA MODUL (MIQYOS) TIZIMI VA 
HANDASAVIY UYG‘UNLIK ASOSLARI 
 
7.1. Modul va modul tizimi haqida tushuncha 
Modul lotincha “modulus” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lcham yoki miqyos 
ma’nosini beradi. U arxitekturada bino yoki 
inshootlar qismlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish 
maqsadida qo‘llaniladigan uzunlik o‘lchami – 
miqyosning nomidir. Modul bino qismlari 
o‘lchamlarini karrali kichrayib yoki 
kattalashtirib o‘zaro nisbatini ifodalashda 
foydalanadigan uzunlik birligi hamdir. Modul 
sifatida odatda alohida uzunlik birligi yoki 
bino, inshoot elementlaridan birining o‘lchami 
qabul qilingan. O‘rta asrlar O‘rta Osiyo 
me’morchiligida uzunlik birligi sifatida asosan 
"gaz" (me’mor qo‘lining mushtidan 
yelkasigacha bo‘lgan uzunligi) qabul qilingan. 
Modul sifatida esa "gaz", yarimgaz, qurilishda 
qo‘llanilayotgan asosiy g‘ishtning uzunligi
bino tashqi devorining eni, peshtoq ravog‘i 
enining yarmi kabilar qabul qilingan. Modul 
har bir bino uchun alohida o‘zgarmas kattalik 
vazifasini bajargan. Bino uchun qabul qilingan 
uzunlik birligi va modul orasida karrali, ya’ni 
mutanosib bog‘lanish mavjud bo‘lgan. 
Shuning uchun ham arxitekturada qo‘llaniladigan barcha mutanosibliklarni bir-
biriga bog‘lovchi va birlashtiruvchi asosiy narsa bu me’moriy loyihani ishlash 
muammosini yechishga va uni qurilish maydonida amalga oshirishga yordam 
beruvchi modul tizimidir.


87 
Modul tizimi "bino yoki inshootga zarur bo‘lgan mutanosiblikni 
belgilovchi, loyihalanayotgan obyektning o‘lchamlarini aniqlovchi, uzunlik 
o‘lchovini bino moduli bilan bog‘lovchi, bino masshtabini belgilovchi
proporsiyalarning geometrik va matematik ifodalarini oddiy sonli nisbatlarga 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling