88
Natijada ushbu katakchalar yordamida me’mor tarhda bino
qismlarining
o‘zaro mutanosibligiga erishgan hamda qurilishga sarf bo‘ladigan materiallar
hajmini oldindan hisoblay olgan. Huddi shu yo‘sinda binoning hajmiy tuzilishi
ham nisbatlab topilgan.
Lekin bunda, me’mordan miqyosiy o‘lchov tizimi-modul
to‘ridan tashqari arxitekturaviy shakllar uyg‘unligini aniqlash,
ya’ni
mutanosiblikning geometrik qoidalarini
ham bilish talab etilganki, bunda u
yuqorida qayd etilgan qator handasaviy yasash
usullaridan kelib chiquvchi
irratsional (matematik) nisbatlardan ham,
oddiy sonli nisbatlardan ham, birday
foydalangan. Biroq, ishchi chizmalarini
bajarishda u modul tizimiga, ya’ni uzunlik
o‘lchoviga karrali bo‘lgan
miqyosiy kattalikka, to‘g‘rirog‘i modul (miqyos)
kataklari to‘riga asoslangan. Aynan modul tizimidan foydalanib me’morlar
o‘tmishda geometrik shakllar mutanosibligidan hosil bo‘ladigan irratsional
miqdordagi (1:
2
, 1:
3
,
3
:2, 1:
5
, 2:
5
, (
5
-1):2, 1:(
5
-1))
proporsional
nisbatlarni miqdoriga ko‘ra ularga yaqin bo‘lgan oddiy sonli (5:7, 4:7, 6:7, 4:9,
5:8, 4:5) nisbatlarga almashtirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: