97
VIII BOB. SHAHARSOZLIKDA MODUL TIZIMI VA HANDASAVIY
UYG‘UNLIK
8.1. Shaharsozlikda modul tizimi. "Gippodam muntazamligi" yoki
"Muntazamlik qonuni"
Shaharlarning tarkibiy qismlari – ko‘chalar,
shahar maydonlari, jamoat binolari va me’moriy
ansambllarning shahar rejasidagi joylashishini
uyg‘unlashtirish va o‘zaro funksional
muvofiqlashuvini ta’minlashga intilish
arxitekturadagi kabi shaharsozlik san’atida ham
modul tizimiga o‘xshash tartib
va qoidalarni
ishlab chiqishga olib kelgan. Bu esa erkin va
betartib shakllangan
shaharlar rejasini tartibga
solish va shaharsozlikda ham modul tizimini
joriy qilish,
handasaviy uyg‘unlik
qonuniyatlariga amal
qilish imkoniyatini
tug‘dirgan.
Fikrimizni misollarda ko‘rib
chiqaylik.
Mesopotamiya (ikki daryo oralig‘i)da
joylashgan va eramizgacha VI asrda qurilgan
Qadimgi Borsippa shahri (hozirgi Iroq
hududida) to‘g‘ri to‘rt
burchakli rejaga ega
bo‘lib (1406x1760 m), burchaklari bilan ufqning
to‘rt tomoniga qaratilgan. Shahardagi barcha
binolar ham shunga mos
tarzda
oriyentatsiyalangan. Shahar markazida tarhi va hududi kvadrat shakllik
ibodatxona joylashgan.
Muhimi shundaki, shahar hududining bo‘linishlari modul
asosida amalga oshirilib, bir modul 176 metr yoki 3 "ashlu"ga (uzunligi
taxminan
59 metrlik Qadimgi Bobil arqoniga) teng bo‘lgan (52-rasm).