Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 Qadimgi manbalarda shaharsozlik yechimlarining muvofiqlashtirilishi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

 
8.2. Qadimgi manbalarda shaharsozlik yechimlarining muvofiqlashtirilishi 
Qadimgi Xitoyda eramizgacha 770-256 yillarga kelib ko‘pgina shaharlar 
tarixiy shakllangan me’morchilik va shaharsozlik "qonun"lari asosida qurila 
boshlaydi. Ana shunday "qonun"larning biri Chjouli yozma asari (traktati) 
hisoblanib, unda Xitoyning taniqli faylasuflari Laotszi va Konfutsiylarning 
ta’limoti o‘z aksini topgan. Bu asarda shaharlarning qanday rejaviy yechimga ega 
bo‘lishi, binolarning shaharda qanday joylashishi, ko‘chalarning eni, devorlarning 
uzunligi va boshqa shaharsozlik san’atiga doir qator masalalar o‘z aksini topadi. 
Jumladan, Chjoulida yozilishicha, shahar har tomoni 9 li (4500 m)dan iborat 
kvadrat rejaga ega bo‘lib, atrofdan mudofaa devorlari bilan chegaralangan bo‘lishi 
zarur. Shaharning har bir tomonida uchtadan darvoza bo‘lib, ularga shahar 
ko‘chalari kelib tutashadi, shahar markazida podshoh saroyi, uning oldidagi 
maydonning o‘ng tomonida "Yer ibodatxonasi", chap tomonida unga simmetrik 
tarzda "Avlodlar ibodatxonasi" joylashadi. Shahar ichki hududi sharqdan-g‘arbga 
qarab 9 ta, shimoldan janubga qarab ham 9 ta ko‘chalar bilan kesishishi, 
ko‘chalarning enini esa 9 ta g‘ildirakli arava o‘qiga tenglashtirib olinishi 
belgilangan.


104 
Asarda ko‘rsatilishicha, podshoh saroyi va ibodatxonalar tashkil qilgan bosh 
maydon va markaziy ansambldan keyin shaharning shimoliy qismida ikkita savdo 
maydonlari joylashishi kerak. Shaharning boshqa qismlarida esa turar-joylar 
joylashadi. Ko‘rib turibmizki, shahar muntazam tartibli va aniq oriyentatsiyali 
kvadrat reja asosida shahar ansambllari va maydonlariga ega bo‘lgan holda 
qurilishi ko‘rsatilgan. Bu esa o‘z navbatida shaharning tarkibiy qismlari orasidagi 
muayyan handasaviy uyg‘unlikni vujudga keltirgan va ta’minlagan. 56-rasmda 
Xitoy faylasuflari Laotszi va Konfutsiyning ta’limotlariga ko‘ra ushbu traktat 
asosida tuzilgan shaharsozlik diagrammalari ko‘rsatilgan.
Ularda shahar ikki qismdan: ichki va tashqi shaharlardan tuzilgan. 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling