Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Qadimgi Hitoy. Muntazamlik qoidasiga asoslangan shaharsozlik diagrammalari


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

56-rasm. Qadimgi Hitoy. Muntazamlik qoidasiga asoslangan shaharsozlik diagrammalari:
a-qishloq aholisini himoya qilishga mo'ljallangan shahar; b-o'rta kattalikdagi shahar; v-shahar-ma'muriy markaz. 
Qadimgi Xitoyda Chjoulidan so‘ng Menszi traktati ishlab chiqilib unda 
eramizgacha 372-289 yillar shaharsozligiga doir qator yo‘riqnomalar berilgan. 
Ularga ko‘ra shahar alohida mudofaalangan ichki va tashqi qismlardan tuzilib, 
ichki shahar devorlarining perimetri 3 li (1500 m), tashqi qismining perimetri esa 
7 li (3500 m) bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shahar kvadrat rejada bo‘lganligi uchun 
ichki shaharning tomonlari 3/4 li=375 m, tashqi shahar devorlarining tomonlari 
esa 7 3/4 li, ya’ni 874 m bo‘lgan. Ichki shahar hududi eni 5 m bo‘lgan ko‘chalar 
bilan bo‘lingan. O‘lchamlari 125x125 m bo‘lgan markaziy kvartalda shahar 
hukumdorlari va imtiyozli oilalar joylashgan. Qolgan 32 ta o‘lchamlari 60x60 m 
а 




105 
bo‘lgan kvartallarning har birida 100 tadan dehqonlar joylashib,ichki shahar 
aholisining umumiy soni 3500 kishiga yaqin bo‘lgan. Ichki va tashqi shahar 
orasidagi hudud poliz va bog‘larga mo‘ljallangan.
Shahar o‘z atrofiga ega bo‘lib, uning tegishli doirasi shahargacha yarim 
soatlik masofani tashkil qilgan. Shahar atrofiga ekiladigan yerlar, atrof-chetdagi 
qirlar, o‘rmonlar va suv havzalari kirgan. Uning chegaraviy maydoni taxminan 
12x12 km ni tashkil qilgan. 56a-rasmda asosiy qismi ana shunday tamoyillar 
bo‘yicha qurilgan Qadimgi Pekin shahrining tarhi berilgan. Rasmning yuqori 
qismida muntazam rejali ichki shahar, pastida tashqi shahar joylashgan. Ichki 
shahar o‘rtasida Imperator arki, uning yonida esa bog‘ va ko‘l joylashtirilgan. 
Shunday qilib, Menszi ta’limotida shaharsozlik muayyan bir shakllangan tartib-
qoidalarga bo‘ysingan. Uning qiziqarli tomoni shundaki, shahar rejasining 
tuzulishi muntazam modul asosida shakllantirilgan va shahar qismlarining o‘zaro 
muvofiqlashtirilishi ta’minlangan.
Zamonaviy shaharsozlik loyihalari va amaliyotida ham muayyan modulga 
asoslanish g‘oyalari tez-tez uchrab turadi. 57-rasmda Qirg‘izistonning Bishkek 
shahriga mo‘ljallangan aholisi 3,5 mingga teng turar joy majmuasining loyihasi 
ko‘rsatilgan bo‘lib, unda muntazam takrorlanuvchi turar joy hovlisi modul 
vazifasini bajargan. 57, b-rasmda esa Samarqand shahri Cho‘ponota qirliklarida 
qurishga mo‘ljallangan ko‘p qavatli turar joy majmuasining maketi ko‘rsatilgan 
bo‘lib, unda muayyan hovlili xonadon (kvartira) muntazam takrorlanuvchi modul 
rolini o‘ynagan. 


106 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling