Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Buyuk Ipak yo‘lining shaharlar joylashuvining muvofiqlashuviga ta’siri
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
8.4. Buyuk Ipak yo‘lining shaharlar joylashuvining muvofiqlashuviga ta’siri
O‘rta Osiyo arxitekturashunoslik fanida Buyuk Ipak yo‘lining ushbu yo‘l orqali bog‘langan o‘lkalar me’morchiligi va shaharsozligining shakllanishi va taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri va o‘rni masalasida hozirgacha to‘liq o‘rganilmagan qirralar mavjud. Biroq, aksariyat mutaxassislar (YU.Buryakov, E.Rtveladze, M.Ahmedov va boshqalar)ning fikricha, O‘rta Osiyo me’morchiligi va shaharsozligining shakllanishida ushbu Qadimiy mintaqalararo xalqaro yo‘lning roli katta bo‘lgan. Jumladan, O‘zbekiston shaharlarining xaritasidagi hozirgi joylanishiga e’tibor bersak, qator tarixiy shaharlar va aholi maskanlarining Buyuk Ipak yo‘li va uning tarmoqlari bo‘ylab shakllanganligini ko‘ramiz. Buxoro, Qorovulbozor, Karmana, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Jizzax kabi shaharlar ana shular qatoriga kirgan. Samarqanddan Buxoro tomon yurilsa Juma, Payshanba, sal chaproqda Chorshanba degan tarixiy aholi maskanlariga duch kelinadi. Xo‘sh, bu joylarning nomlari nega hafta kunlariga qo‘yilgan? Gap shundaki, o‘tmishda o‘sha kunlari bu joylarda bozor bo‘lgan. Bozorlarning shakllanishida esa savdo 112 karvonlarining o‘ziga xos harakatlanish imkoniyati katta rol o‘ynagan. Savdo karvonining o‘rtacha bir kunlik to‘xtovsiz yo‘l bosib o‘tish masofasi, ya’ni "marhala"ning Zarafshon vohasi iqlimi va landshafti sharoitida 35-50 kilometrni tashkil qilganligini e’tiborga olsak, Samarqanddan Buxorogacha bo‘lgan 270 km atrofidagi yo‘lni karvon 6 kunda bosib o‘tgan (58 a-rasm). Demak, Samarqanddan Buxoroga yo‘l olgan savdo karvoni o‘z harakat imkoniyatlari doirasida o‘rtacha har 45 km masofada to‘xtab dam olishga yoki tunashga majbur bo‘lgan. XV asr Ispaniya elchisi Klavixo ham Samarqanddan Buxorogacha bosib o‘tiluvchi masofani 6 kunlik karvon yo‘liga teng ekanligini yozadi. Bunday ma’lumot boshqa tarixiy manbalarda ham keltirilgan. Yakshanba kuni kechqurun Buxorodan chiqqan karvon payshanba va juma kunlari shu joylar o‘rtasidagi masofani bosib o‘tib, shanba kuni Samarqandga yetib kelgan. Ma’lumki, savdo karvoni to‘xtagan joyda quduq yoki sardoba, tunash joyida esa bundan tashqari rabot yoki karvonsaroylar qurilgan, savdo-sotiq ishlari amalga oshib bozor vujudga kelgan. Karvonlarning harakatlanish imkoniyati, to‘xtash joylari va kunlariga mos tarzda bozorlar o‘rni va kunlari belgilangan. Masalan, yakshanba bozor Buxoroda bo‘lsa, dushanba bozor Chorshanbada, payshanba bozori esa Payshanbada, juma bozori Jumada va h.k. Savdo karvoniga, savdogarlar va xaridorlarga xizmat ko‘rsatuvchi odamlar guruhi va shu maqsadda tashkil etilgan me’moriy obyektlar – savdo inshootlari, karvonsaroylar, hunarmandchilik ustaxonalari, rastalar, oshxonalar tarkib topgan. Shu yo‘sinda savdo karvonlari yo‘lidagi to‘xtash va tunash joylarida shakllangan bozorlar zaminida aholi mavzelari, keyinchalik esa shaharlar tizimi tashkil topgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling