Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 a-rasm. Aholi mavzelari oraliqlarining marhalalarga bo‘linishi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

58 a-rasm. Aholi mavzelari oraliqlarining marhalalarga bo‘linishi 
(M.Q.Ahmedov bo‘yicha) 
 
Masalan, Buxorodan Xorazmga qarab chiqqan karvon yo‘li Amudaryo 
bo‘ylab o‘tib, bu yo‘lning savdo karvoni to‘xtagan joylarida qator bozorlar, 
keyinroq esa o‘sha bozorlar negizida aholi mavzelari vujudga kelgan. Bu bozorlar 
bir-biriga yaqin joylashib, ular orasidagi masofa taxminan 30-35 km ni tashkil 
qilgan. Bu savdogarlarga ham, xaridorlarga ham katta qulaylik tug‘dirgan. 
Bozorlar hafta davomida ushbu aholi mavzelarida navbat bilan bo‘lib turgan. 
Masalan, Xonqa tumanidagi bozorlar Urganchda yakshanba va chorshanbada; 
Xonqada – dushanba va shanbada; Bag‘otda – chorshanba va shanbada; Xazorasp 
tumanidagi bozorlar esa Xazoraspda dushanba va jumada, Eshon-bozorda – 


114 
payshanba va yakshanbada, Pitnakda chorshanbada o‘tkazilib turgan. Xuddi 
shunday bozorlar sikli va ularning o‘tish kunlari O‘rta Osiyoning savdo karvonlari 
o‘tgan boshqa viloyatlarida, jumladan Shimoliy Farg‘onada ham bo‘lgan. Ana 
shunda bozorlar asosida keyinchalik shaharlar vujudga kelgan.
To‘g‘ri, shaharlar va yirik qishloqlar faqat karvon yo‘llaridagina emas, balki 
katta suv havzalari: daryolar, kanal, ariq va buloqlar bo‘ylarida, shuningdek yer 
osti tabiiy boyliklari ochilgan joylar qoshida ham shakllangan. Biroq, yer yuzidagi 
aksariyat shaharlar savdo yo‘llari, xususan Buyuk Ipak yo‘li kabi ulkan va muhim 
savdo yo‘llari bo‘ylab shakllanganligiga guvoh bo‘lamiz. Bordi-yu karvon bir 
"marhala" yo‘l bosib o‘tgach kattaroq karvonsaroyi bor aholi mavzesiga to‘g‘ri 
kelmasa, uning to‘xtash joyida rabotlar qurishgan (masalan, Karmana bilan 
G‘ijduvon oralig‘idagi Raboti Malik va Toshrabotlar kabi). Demak, karvon 
yo‘llaridagi aholi maskanlari va rabotlar joylashuvi karvon va u bilan harakat 
qilayotgan insonlarning bir kunda bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan optimal masofaga 
mutanosib tarzda uyg‘unlashtirib olingan va shu tariqa shaharlar joylashuvi va ular 
orasidagi masofalar ham tarixiy va hayotiy tartibotlar asosida shakllangan.
Shaharsozlik amaliyotida qo‘llanilgan mutanosiblashtirish omillaridan yana 
biri bu shaharlar mudofaa devorlarini bir ot yugurigi, yoy (kamon) o‘qining 
havoda uchish vaqti bilan o‘lchanadigan masofasi va shu singari omillar bilan 
bog‘liq tarzda amalga oshirilishidir.
Bundan tashqari tarixiy shaharlarning dastlab ikki qismlik (ark va 
shahriston), so‘ngra uch qismlik (ark, shahriston va rabod) tizimida shakllanishini 
va bu tarkibiy qismlarning o‘zaro ma’lum bir maromda bog‘lanishini ham 
shaharsozlikdagi uyg‘unlik mezonlarining o‘ziga xos ko‘rinishi deb tushunishimiz 
kerak. Samarqanddan Toshkent yoki Xo‘jandgacha, Xo‘janddan Andijongacha 
bo‘lgan karvon yo‘li ham taxminan bir haftalik masofani tashkil qiladi. Karvonlar 
jazirama yoz kunlari odatda quyosh botgach, kechgi salqin, tunda va sahardan 
choshgohgacha yurishgan. Qishda va yozda bosib o‘tilgan bir kunlik masofada 
farq bo‘lgan.


115 
Shu bois ham bir kunda o‘rtacha taxminan 35-55 km orasidagi masofa bosib 
o‘tilgan. Me’morchilik fanlari doktori, prof. M.Q.Ahmedov "kishilik faoliyatining 
qulay kechishi uchun zarur bo‘lgan muvozanat – shahar va boshqa aholi 
maskanlarining o‘zaro muvofiq tarzda bunday ritmik joylashuvini 
shaharsozlikdagi birlamchi uyg‘unlashtirish bosqichi" deb ataydi. Uning fikricha, 
shaharsozlikdagi uyg‘unlikning ikkinchi bosqichi shaharlarning o‘z hududiy 
chegaralari ichidagi shaharsozlik tizimining muvofiqlashuvida namoyon bo‘ladi. 
Ma’lumki, Markaziy Osiyo tarixiy shaharlarining aksariyati to‘g‘ri to‘rt burchak 
reja asosida shakllangan. Jumladan, Surxondaryodagi Sopollitepa shaharchasining 
(miloddan oldingi XVIII-XVI asrlar) rejasi kvadrat shaklga ega. Markaziy Osiyo 
xalqlarining Qadimgi muqaddas kitobi "Avesto"ning Vendida qismida "Shoh 
Jamshid har tomonining uzunligi bir ot yugurigiga teng bo‘lgan ("Var" deb 
atalgan) shahar-qo‘rg‘onini qurdi, deb yozilgan. Yana boshqa bir ma’lumotga 
ko‘ra, Shoh Jamshid darvozasi sharq tomonga qaratilgan, devorining uzunligi esa 
yoydan otilgan bir o‘qning uchish uzunligi masofasida bo‘lgan shahar qurilishini 
tavsiya etadi. Shunday qilib, "Avesto"da shahar qurilishini muvofiqlashtirishga 
qaratilgan ikki tartibni kuzatamiz:birinchisi, imoratni sharqqa qaratib joylashtirish, 
ya’ni uning oriyentatsiyasi; ikkinchisi, qal’a devorining uzunligi bir kamon o‘qi 
otish masofasida qabul qilinganligi. Maqsad qal’aning bir burchagidan turib narigi 
burchagidagi dushmanni o‘qqa tutish imkoniyatini yaratishdir. Agar katta shahar 
qurish lozim bo‘lsa unda devor uzunligini bir ot yugurigi masofasida olish tavsiya 
etiladiki, bunda shaharning bir chetini ikkinchi chekkasi bilan zudlikda bog‘lash 
imkoniyati tug‘iladi. "Bu esa – deb yozadi M.Q.Ahmedov – shaharlar kattaligini 
inson fiziologik imkoniyatlariga muvofiqlashtirgan holda uyg‘unlashtirish 
tartibining yuzaga kelganligini ko‘rsatadi". Qadimgi Xorazmning Ko‘zali qir, 
Qal’ali qir, Qo‘rg‘oshin qal’a shaharchalari "Avesto"da yuqorida ko‘rsatilgan 
"Vara" ko‘rinishidagi shaharlar turkumiga mos keladi. Shaharlar muhitining 
devorlari doirasida funksional va hududiy muvofiqlashtirilganligi va tartibga 
tushirilganligini keyingi davrlarda ham uchratamiz.


116 
Masalan, ilk o‘rta (V-VIII) asrlarda, keyinroq esa XIV-XV asrlarda ham 
Markaziy Osiyo shaharlarining o‘zaro bog‘langan uch tarkibiy qism: ark, 
shahriston va raboddan tashkil topganligi fikrimizning dalilidir. Bu qismlarda 
kishilar harakati, imoratlar joylashishi va ularning o‘lchamlari muayyan uyg‘unlik 
qoidalari asosida tartibga solingan.
Shahar qismlari va namunaviy shaharlar rejasining uyg‘unlik masalalari sharq 
falsafasida ham o‘z aksini topgan. Abu Nasr Forobiy o‘zining "Fozil odamlar 
shahri" kitobida "Fozillar shahrining barkamol odam tanasining tuzulishiga 
o‘xshashi, uning har bir a’zosi butun tananing mavjudligi va kamolotga 
yetishuvida faol qatnashishi lozim", deb yozadi.
Bobokalonimiz Alisher Navoiy o‘zining "Hayrat-ul-abror" asarida inson 
tanasi a’zolarining o‘zaro uyg‘un va hamohangligidan kelib chiqib, shahar tarkibiy 
qismlarida ham ana shunday mutanosiblik mavjud bo‘lishligiga e’tiborni qaratadi. 
Bunda u ramziy ma’noda shaharni ikki teng ustun ustida turishligini, shaharning 
bosh markazi va boshqaruvchisi bo‘lishligini, axborot qabul qilish va nazorat 
mahkamalariga egaligini ta’kidlab ularning mutanosibligini inson tanasi 
a’zolarining uyg‘unligiga qiyoslaydi.
Mashhur tarixchi va ilohiyot olimi Fazlullox ibn Ruzbekxon Isfaxoniy (1457-
1521) ham o‘zining 1509 yilda yozgan "Mehmonnomayi Buxoro" (Buxoro 
mehmonining esdaliklari) asarida Turkiston o‘lkasini "yer yuzidagi noyob o‘lka, 
dunyoning barcha iqlimidagi olim va donishmandlar uni inson tanasining boshiga 
qiyoslaydi, chunki agar yer yuzining obodonchiligi inson tanasiga va yerning turli 
qismlari xususiyatlarini odam tanasining boshqa qismlariga qiyoslansa, ushbu 
jannatmakon o‘lka o‘zga yerlar oldida bosh bo‘lar edi, – deb ta’kildaydi. Ko‘rib 
turibmizki, Markaziy Osiyoda shahar va mamlakatlar tuzilishini inson tanasiga xos 
uyg‘unlikka qiyoslash keyingi asrlarda ham saqlanib kelgan.
Shaharlar bosh ko‘chalarining kesishgan chorrahalarida bozor inshootlari – 
"chorsu"larning joylashishi, shahar markazida Registon va boshqa maydonlarning 
tarkib topishi, shaharlarning devor bilan o‘rab olinishi, to‘g‘ri to‘rtburchak 


117 
shaharlarda to‘rtta va keyinchalik kattalashib ketgan shaharlarda undan ham 
ko‘proq darvozalarning joylashuvi, bosh ko‘chalarning ufq tomonlariga 
moslashtirilishi va shahar atrofida bog‘-saroylarning joylashtirilishi muvofiqlash-
tirish va uyg‘unlashtirish borasidagi tartib-qoidalar qatoriga kirgan.
O‘tmish shaharlarimizning go‘zalligini ta’minlashda qo‘llanilgan yana bir 
muhim omil - bu imoratlarning o‘zaro kompozitsiyaviy uyg‘unlashtirilgan 
me’moriy majmualar – ansambllar tarzida bunyod etilganligidir. Bu masala 
alohida mavzu tarzida keyingi darslarda ko‘rib chiqiladi.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling