124
Ularning alomati shundaki, hovuz, buloq yoki quduq
atrofida bir necha yillar
davomida odamlarning to‘xtab o‘tishi, dam olishi va sig‘inishiga xizmat qiladigan
qator imoratlar turkumi erkin tarzda, uzluksiz kengayishi sifatida shakllangan.
Shularni e’tiborga olib bunday ansambllar ilmiy adabiyotda shakllanish
kompozitsiyasi
jihatidan erkin tarzdagi ("
свободная" yoki "живописная
композиция")
ansambllar nomini olgan.
G.A.Pugachenkova Buxorodagi savdo gumbazlari va Samarqanddagi Go‘ri
Amir hamda Qutbi Chohardaxum (XIX asrda Chor hokimiyati tomonidan buzib
tashlangan) maqbaralarining shahar tizimida yo‘naltiruvchi harakat o‘qi bo‘ylab
joylashganini hisobga olib, O‘rta Osiyoning o‘rta asrlardagi shaharsozligida yana
bir boshqa ansambl yaratish usuli, ya’ni quriladigan
inshootlarni kompozitsion
o‘qli harakat bo‘ylab joylashtirish san’ati yuzaga kelgan, degan g‘oyani ilgari
surgan. Ansambl sirasiga kirmaydigan binolar uyushmasini
kompleks deb
nomlamoq lozim, deb yozadi M.Q.Ahmedov. Bunga misol tariqasida u
mahallalarning alohida qismlarini, qishloq dahalarini
tashkil etuvchi turarjoylar
guruhlarini va do‘kon, ustaxona, xo‘jalik imoratlari majmuasini ko‘rsatib o‘tadi.
Demak, anglashildiki, O‘rta Osiyo shaharsozligida me’moriy ansambl va
komplekslar yaratish san’ati shaharsozlik tizimini uy-g‘unlashtirishda hal qiluvchi
rol o‘ynagan. Ansambllar yaratish san’-atining yuqorida keltirilgan turfa xil
usullari bunga misol bo‘la oladi. Ularning turlari va joylashuvi
shahar hamda aholi
maskanlarining kompozitsion shakllanishiga, shaharsozlik tizimini uy-
g‘unlashtirishga xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: