Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 Ansambllarning shakllanishidagi vizual omillar


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

9.3. Ansambllarning shakllanishidagi vizual omillar 
M.Q.Ahmedov bosh tarzlari bilan bir-birining muqobilida bir o‘qda 
joylashgan "qo‘sh" va "maydon" kompozitsiyasida shakllangan ansambllarda 
vizual ko‘rish burchagi katta ahamiyat kasb etganligini aniqlaydi. Ma’lumki, inson 
ko‘zining ko‘rinish maydoni balandga qarab 30 gradus, pastga 45 gradus va yon 
tomonlarga qarab 65 gradusni tashkil etadi. Tikilib qaralgandagi ko‘rinish qismi 
esa mana shu konusning juda ham kichik qismidan iborat. Shuning uchun ham 
optika va ko‘rish fizikasi ustida ishlagan E.Belyayeva insonning bir qaraganda 
64-rasm. Me’moriy ansambllarni shakllantirishning handasaviy usullari. 
Buxorodagi Poyi Minor ansamblining handasaviy tahlili 
(M.Q.Ahmedov bo'yicha).
a=h minora; L=2a+(2
в–a); d=2e; c:d=
2
1
5

=0.618 


127 
ko‘zi bilan qamrab oladigan ko‘rinishi yon tomon va old tarafdagi to‘siqlarning 
joylashuv masofasiga bog‘liq deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, imorat 
balandligi odamdan imoratgacha bo‘lgan masofa yarmiga teng bo‘lsa bu quyi 
bo‘sag‘ani tashkil etadi. Shunga asosan M.Q.Ahmedov Markaziy Osiyodagi 
"qo‘sh" va "maydon" uslubiga xos barcha me’moriy ansambllarni o‘rganib chiqib, 
"qo‘sh" usulida shakllangan ansambllarda binolar balandligi ular o‘rtasidagi 
masofadan katta emasligini aniqlagan. "Agar ansambl tarkibidagi binolar 
peshtoqining panjarasi ortidan yoki panjarasi bo‘lmasa peshtoq ravoqining 
markazidan turib tashqariga qarasak ko‘rish maydonining yon tomon yo‘nalishlari 
biz turgan bino ravoqi yonlariga tegib o‘tib, qarshimizda turgan bino enini 
to‘lig‘icha qamrab oladi. Bu holat "qo‘sh" va "maydon" kompozitsiyasidagi 
barcha ansambllarda kuzatilgan. Masalan, Samarqanddagi Ulug‘bek 
madrasasining panjarasi ortidan tashqariga qarasak Sherdor madrasasining tarzini 
to‘liq qamrab olamiz. Demak, Ulug‘bek va Sherdor madrasalari orasidagi masofa 
aynan shunday uslubda aniqlab topilgan bo‘lishi mumkin", deb yozadi 
M.Q.Ahmedov. U ushbu uslubni Shohi Zinda silsilasining maqbaralari, Xoja 
Abdul Xoliqi G‘ijduvoniy ansambllari, Buxorodagi Qo‘sh madrasa, Ulug‘bek va 
Abdulazizxon madrasalariga ham taalluqli ekanligini ta’kidlaydi (65-66 rasmlar). 
Demak, Markaziy Osiyo me’moriy ansambllari va komplekslarining shakllanishi 
va ular tarkibiga kirgan binolar joylashuvini o‘zaro muvofiq-lashtirishda 
handasaviy uyg‘unlik muhim o‘rin tutgan. Shuningdek, ansambl binolarining 
orasidagi masofa yoki maydon kengligi odamning vizual ko‘rish qobiliyati 
imkoniyatlariga ham moslashtirib olingan.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling