Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


ma’naviy go‘zal usullar va tabiiy sirlar kitobi"


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

ma’naviy go‘zal usullar va tabiiy sirlar kitobi" me’morlar uchun katta qiziqish 
uyg‘otdi. Unda Forobiy eng yaxshi mutanosibliklar haqidagi ijodiy izlanishlarni, 
go‘zal nisbatlarni qarab chiqqan va san’at asarlarining handasaviy uyg‘unligi bilan 
bog‘liq bo‘lgan go‘zallik sirlarini ochib bergan. Forobiyning ushbu asarini rus 
tiliga tarjima qilgan olimlar Abul-Vafo Buzjoniyning Forobiydan keyin yozilgan 
"Hunarmandlarga handasaviy yasalmalardan nimalar zarurligi haqidagi 
kitob"iga deyarli to‘liq mos kelishini aytib o‘tgan. Ushbu kitob muqaddima va 
o‘n bobdan iborat bo‘lib, ularda geometrik shakllar va ularning yasalish uslublari 
haqidagi ma’lumotlar, shuningdek yetti burchakliklarni taqribiy qurish, ko‘pbur-
chakliklarni shakl- ning berilgan tomoni va boshqa parametrlari bo‘yicha yasash; 
aylana ichiga teng tomonli uchburchak, kvadrat, besh, olti, yetti, to‘qqiz va o‘n 
ikki burchakliklarni chi-zishga asoslangan yasalishlar hamda handasaviy qurish 
bo‘yicha boshqa zarur ma’lumotlar keltirilgan. Forobiy o‘zining "Fozil shahar 
aholisining qarashlari haqida"gi risolasida "shaharni ham, uyni ham inson 
qomatiga taqqoslash zarur" deb yozadi. Bu bilan olim fozil shaharning sof inson 
qomatiga hamohang va mos tarzda qurilishini 
orzu qiladi. Uning fikricha, “go‘zallik va 
foydalilikni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, 
ularning qo‘shilishi esa uyg‘unlikka olib keladi”. 
O‘rta Osiyo uyg‘onish davrida "Sof 
birodarlar" nomli jamoa yashirin faoliyat olib 
borganligi tarixdan ma’lum. Uning a’zolari 
jamiyatga falsafiy va ilmiy bilimlarni tarqatish 
bilan shug‘ullangan va bu bilan o‘zlari yashagan 
jamiyat illatlariga qarshi kurashganlar. 
Jamoaning "Maktublar" nomli asari bizgacha 
yetib kelgan. Unda har tomonlama kamol topgan, 
hamma munosabatlarda go‘zal bo‘lgan kishi 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling