Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


XI BOB. XX ASR OLIMLARINING ME’MORIY UYG‘UNLIK VA


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

XI BOB. XX ASR OLIMLARINING ME’MORIY UYG‘UNLIK VA 
MUTANOSIBLIK HAQIDAGI TADQIQOTLARI 
11.1. Yevropa va Rossiya olimlarining ishlari 
XIX asrning taniqli fransuz nazariyotchisi 
va me’moriy obidalar ta’mirshunosi Violle le-
Dyuk birinchi bo‘lib arxitekturada aksariyat 
mutanosib nisbatlarning negizi bo‘lib xizmat 
qilgan asosiy geometrik shakllar –
to‘g‘riburchakli misr uchburchagi, teng tomonli 
uchburchak va kvadratni aniqlashga muvaffaq 
bo‘lgan. U ayni paytda 5:8 sonli nisbatda 
ifodalanuvchi va misr uchburchagi yordamida 
yasaluvchi "oltin nisbat"ni ham taklif qilgan. 
Uning fikricha, ushbu geometrik shakllar asosida 
quriladigan mutanosibliklar yunon va so‘ngra 
rim arxitekturasida ham keng foydalanilgan.
Yana bir taniqli fransuz nazariyotchisi va 
arxitektori O.Shuazi esa Qadimgi Misr va 
Yunon me’morlarining mutanosibliklarini 
aniqlash uslubiyatiga batafsilroq to‘xtalib, 
misrliklar 3:4:5 nisbatli misr uchburchagi va 
uning asosida quriladigan miqyosiy 
proporsiyalar 3:8; 4:5; 4:10; 5:8 larni ko‘proq 
qo‘llashgan, deb yozadi. O.Shuazining fikricha, 
oxirgi 5:8 nisbati oltin nisbatni bergan. O.Shuazi bundan tashqari yana teng 
tomonli uchburchakning tomonlari va balandligidan kelib chiquvchi 6:7 yoki 7:7 
sonli nisbatlarda ifodalanuvchi proporsiyalarga ham e’tiborni qaratadi. O.Shuazi 
Vitruviyning asarini ham batafsil o‘rganib chiqib, modulli munosabatlarni 
ifodalashda u yo‘l qo‘ygan xatoliklarni aniqlashga ham erishadi.


139 
O.Shuazi, ayni paytda, handasaviy (grafik) va miqyosiy (modulli) 
mutanosibliklar orasida hech qanday farq yo‘qligini sezgan birinchi olim hamdir.
Qadimgi Dunyo me’morchiligiga xos mutanosiblik tizimini o‘rganishda 
amerikalik D.Xembijning ham o‘rni katta. U o‘z tadqiqotlarida asosiy e’tiborni 
yunon mumtoz me’morchiligi mutanosib shakllarining asosiy elementlari bo‘lmish 
to‘g‘ri burchakliklarga qaratadi. D.Xembij ularni ikki turga bo‘ladi: statik va 
dinamik to‘g‘ri burchakliklar. Birinchi turga tomonlarining nisbati oddiy butun 
sonlar bilan ifodalanuvchi to‘g‘ri burchakliklarni (kvadrat, yarimkvadrat, 
ikkilangan kvadrat va boshqalarni) kiritsa, ikkinchi turga irratsional nisbatdagi 
to‘g‘riburchaklarni kiritadi. D.Xembijning fikricha, irratsional nisbatli 
to‘g‘riburchaklar o‘zida o‘sish, harakat va taraqqiyot g‘oyalarini ifodalaydi. U 
asosiy e’tiborni asosida kvadrat yotgan ana shunday uch xil to‘g‘riburchaklarga – 
a:a
2
, a:a
3
, a:a
5
larga qaratadi. Xembij ularni qisqacha 
2

3
va 
5
to‘g‘riburchaklari deb nomlaydi (24-rasmga qarang).
D.Xembij kvadratning yarmi 
5
to‘g‘ri to‘rtburchagini berishini va uning
diagonalidan foydalanib tomonlari oltin nisbatli (1:0,618) to‘rtburchakni olish 
mumkinligini ko‘rsatadi (22-rasmga qarang). Uning fikricha, yunon me’morlari 
5
to‘g‘riburchagining ushbu xossasini yaxshi bilgan va undan me’moriy 
mutanosib shakllarni ishlashda foydalangan. Nemis olim A.Seyzing esa oltin 
nisbatni arxitektura shakllaridagi eng takomil munosabat deb hisoblab, o‘zining 
mutanosiblik qonunini quyidagicha tushuntiradi: "Butunni ikki noteng qismlarga 
proporsional bo‘lish mumkinki, agar qismlarning o‘zaro nisbati ularning butunga 
nisbatidek bo‘lsa, ya’ni oltin kesim beradigan mutanosiblikni bersa". A.Seyzing 
ushbu qonunning butun olamga xosligini isbotlash maqsadida tabiiy va jonsiz 
dunyodan misollar keltiradi. Yunon haykali Apollon misolida tana qismlarining 
barcha o‘lchamlari butunning oltin kesim bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqadi
deb tushuntiradi (11, b-rasmga qarang). Rus olimi va arxitektori I.Joltovskiy ham 
arxitektura va organik tabiat shakllari uchun oltin kesim umumiy qonun bo‘lib 
xizmat qilgan, degan xulosaga kelgan.


140 
U asosiy 0,618:0,382 oltin nisbatdan tashqari uning funksiyasi tarzida 
0,528:0,472 nisbatini aniqlaydi. Uning fikricha, ushbu nisbat kvadratga yaqin 
kelib sof kvadrat shakliga ko‘ra "yashovchanroq"dir. Shuning uchun ham 
I.Joltovskiy yunon arxitekturasi shakllarini tahlil qilganda oltin nisbat bilan bir 
qatorda uning hosilasi bo‘lgan ushbu oraliq "funksiya"ni ham qo‘llaydi va 
mutanosiblik nazariyasiga yuqoridagi 0,528:0,472 nisbatan tashqari 0,507:0,493 
nisbatni ham kiritadi va ularni "oltin kesim"ning funksiyalari deb ataydi.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling