Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
O‘rta Osiyo olimlarining tadqiqotlari
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.S.Bulatovdir
11.2. O‘rta Osiyo olimlarining tadqiqotlari
Markaziy Osiyo me’morchiligida uyg‘unlik masalalari va me’moriy shakllar mutanosibligining birinchi tadqiqotchilari L.I.Rempel, SH.Y.Ratiya, 147 V.L.Voroninalar hisoblanadi. Shundan so‘ng bu sohada O‘rta Osiyolik olimlar M.S.Bulatov, P.SH.Zohidov, K.S.Kryukov, I.Y.Pletnev, G.A.Pugachenkova, V.M.Filimonov, S.G.Xmelniskiy va M.Q.Ahmedovlar qator ilmiy izlanishlarni amalga oshirdi. Shuningdek, L.Yu.Mankovskaya, N.Y.Smolina va Yu.Z.SHvablarning ham bu sohada bajargan ishlari e’tiborga loyiqdir. Bugunga kelib Markaziy Osiyo o‘rta asrlar me’morchiligi va shaharsozligida handasaviy uyg‘unlashtirish va bino shakllarini mutanosiblashtirish qonuniyatlarining qadimdan mavjud bo‘lganligi va ularning amali-yotda keng qo‘llanilganligi ilmiy jihatdan to‘liq isbotlangan va e’tirof etilgan. Bu sohadagi izlanishlar bino tomonlari va balandligining o‘zaro munosabatidagi bog‘lanishlarni aniqlashdan boshlangan. Keyinchalik Markaziy Osiyo me’morchiligidagi uyg‘unlik qonuniyatlarining tasodifiy emasligini, ularning muayyan nazariy ma’lumotlarga asoslanganligini isbotlash maqsadida bu sohada olingan natijalarni o‘rta asrlar yozma manbalari bilan taqqoslash usullari qo‘llanildi. Natijada Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abulvafo Buzjoniy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy kabi ko‘plab IX-XV asr mualliflarining ilmiy asarlari bevosita ijtimoiy tabiiy zaruratdan, ya’ni hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqadigan masalalarga bag‘ishlanganligi ma’lum bo‘ldi. Bu izlanishlarning me’morchilik va shaharsozlikdagi ifodasi handa-saviy mutanosiblik, shahar tuzilishi va aholi joylashuvining muvofiqlashtirish usullarini axtarish va aniqlash kabi ko‘rinishlarga ega bo‘ldi. Ana shunday ustod olimlardan biri M.S.Bulatovdir. U Markaziy Osiyo me’morchiligida handasaviy uyg‘unlashtirish va shakllar mutanosibligining mavjudligini isbotlabgina qolmasdan, o‘rta asrlar me’morlari haqidagi ilgari fanda mavjud noto‘g‘ri fikrlarni, ya’ni go‘yo ular oddiy avom xalq orasidan chiqqan, faqatgina amaliy tajribalarga ega bo‘lib, nazariy bilimlari bo‘lmagan degan fikrga keskin qarshi chiqib, ularning yuksak ilmli va hurmat e’tiborga loyiq kishilar bo‘lganligini isbotlaydi. M.S.Bulatov o‘rta asrlar O‘rta Sharq mamlakatlari amaliyotida me’moriy loyihalash jarayonining mavjud bo‘lganligini, uning 148 handasaviy uslublarga bog‘liq bo‘lib, Forobiyning fanlar tasnifiga ko‘ra matematika faniga kirganligini isbotlaydi. U O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklarida handasaviy uyg‘unlikning mavjudligini ko‘p sonli obidalar misolida tadqiq qiladi. M.S.Bulatov bajargan ishlarning afzalligi shundaki, u arxitektura yodgorliklaridagi garmonik munosabatlarni taniqli handasaviy shakllar proporsiyalari – kvadrat, dinamik to‘rtburchakliklar va oltin nisbat mutanosibliklari asosida quradi. Uning fikricha, me’moriy san’atdagi garmoniya arxitekturadagi qismlar va yaxlit shakl munosabatlarining proporsionalligida, ularning tartibi, o‘xshashligi, monandligi, simmetriyasi va tektonikasida ifodalanganligini to‘liq isbotladi. M.S.Bulatov Sharq arxitekturasi nazariyasi o‘z tarkibiga handasaviy uyg‘unlik, bino va inshootlar loyihalarini ishlab chiqishdan tashqari qator shaharsozlik masalalarini (zilzila va tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olish, yashash maskani uchun qulay joylar tanlash, turarjoy gigiyenasi, xonalarga quyosh tushishi va shamollatish, shahar binolari va inshootlarini turkum me’moriy majmualar (ansambl va komplekslar) tarzida qurish, to‘g‘on va ko‘priklar qurilishi, kanallar qazish, bog‘-istirohatchilik san’ati va boshqa masalalarni ham olganligini ta’kidlaydi. "Yaqin va O‘rta Sharq me’morchiligiga xos uyg‘unlik uslubining mohiyati, – deb yozadi M.S.Bulatov, – handasaviy (irratsional) va modullik (butun sonli) munosabatlarni inshootlarning qurilmaviy- tektonik va badiiy obrazli tizimiga moslashtirishdan iboratdir". Bu olimning keyingi yillardagi izlanishlari Markaziy Osiyoda uyg‘unlik muammolarining juda qadim zamonlardan boshlab kun tartibiga qo‘yilganligidan dalolat berib turibdi. Chunonchi, kishilar eng qadim zamonlardan boshlab o‘zlari yaratgan me’moriy inshootlarni tabiiy mavjudotlar – osmon sayyoralari va jismlariga, yer va havoga, inson tafakkuri yaratmalariga, ya’ni ilohiy kuchlarga mos tushushiga va muvofiqlashtirishga harakat qilib kelishgan. Bu esa o‘z navbatida me’morchilikdagi uyg‘unlik muammolarini koinot (kosmos) bilan bog‘lab, yangi ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishidagi me’morchilik va koinot mavzuini keltirib chiqardi. 149 Me’morchilikda uyg‘unlik muammolarini boshqa bir ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, yangi yo‘nalishni keltirib chiqargan, yirik ustod olimlardan biri bu Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling