Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va axamiyati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
- Turkiy o`zbek tilidagi tarixiy manbalar ”Kutadgu bilik”
- “Temur tuzuklari”
- “Tavorixi guzida, Nusratnoma”
- “Zubdat ul-asar”
Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va axamiyati Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar an`anaga binoan arab tilida nomlanar, ularda xam islomiy manbalar va islom tarixiy asarlar xususiyatlari yakkol ko`zga tashlanar edi. Xatto yozuv yoki xat turi arab alifbosida bo`lib, keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini xisobga olgan xolda yigirma sakkiz arab xarfiga to`rt xarf ko`shildi va natijada arab yozuviga asoslangan fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi. XIV asrgacha asosan arab yozuvi mumtoz turlari kufiy, nasx va suls iste`mol etilgan bo`lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta`lik Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, iste`molga kiritildi bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda etakchi o`rin egalladi. Ammo tarixiy asar matni ichida kelgan “Kur`oni karim” oyatlari, “Xadisi sharif”lar an`anaga binoan arab tilida, kufiy, nasx va suls yozuvlarida barcha xarakatlari ko`rsatilgan xolda ajratilib bitilar va so`ngra ularga forsiy yoki turkiy tilda izox, tafsir keltirilar edi. Fors tilining tarixiy manbalar tiliga aylanish davri va tarakkiy etishi kitobat san`atining Movarounnaxr va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga to`gri keldi. Aksariyat fors tilidagi tarixiy asarlar bksak sifatli kogozga bitilar, kitob turli ajoyib nakshlar va mo``jaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va ayonlar uchun yaratilgan mo``tabar ko`lyozmalar oltin va kumush suvlari, turli bo`yoklar bilan bezatilib, kitobat san`atining shox asarlari darajasida yaratilib, yuksak san`at namunalariga aylantirilar edi. An`anaviy tarixiy asarlar, ya`ni ulkan umumiy tarixga oid, barcha xalklar tarixini o`z ichiga kamrab oluvchi maxobatli kitoblar o`rnini asta-sekin aloxida davr va biron bir sulolalar tarixiga bagishlangan asarlar paydo bo`lib, ularning o`rnini egallay boshladi. Eng kadimgi fors tilida bitilgan manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari bo`lsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Xofizu Abru, Abdurazzok Samarkandiy, Muxammad Mirxond, Giyosiddin Xondamir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. So`nggi fors tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Axmad Donishning tarixiy asarlarini namuna sifatila ko`rsatish mumkin. Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri matn orasida, vokealar bayoni davomida she`riy lavxalarning keltirilishidir. Bu she`riy lavxalar tarixchining o`z asari bo`lishi mumkin va u boshkalarning she`riy asarlaridan xam bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-she`riy lavxalarda konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda ko`p ishlatilishidir. Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda o`xshatish, mubolagalar ko`p ishlatilib, bayon uslubi o`ta jimjimador bo`lishi mumkin. Mana shunday asarlar to`grisida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu uslubda yozilgan, tashbix va mubolagalar bilan oro berilgan kitoblarda ko`zlangan maksadlar o`rtada yo`kolib ketadi, agar so`z koida-konunidan nasibador bo`lganlardan birontasi ma`nini faxmlab kolsa kolar, ammo kolgan o`ntasi, balki yuztasi uning mazmunini bilishdan, maksadga etishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga barobar bo`lmaydi.” Yurtimiz xududida fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda xam arabiy, xam turkiy, ayrim xollarda mo`gul tili elementlari, so`zlar, iboralar, atamalar va xujjatlar uchrashi va mavjud bo`lishi biz uchun bir tabiiy xoldir. Chunki o`tmishda xalkimiz ziyolilari va namoyondalari uchun bir necha tilni bilish va ularni ishlatish odatiy xol edi. Ushbu ko`llanmada barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni to`la kamrab olishni maksad kilib ko`ymay, ularning ichidan eng muximlarni namuna sifatida tanlab olib, ular to`grisida ixcham, kiska ma`lumotlar keltirdik, xalos. Chunki bu bilimlarni talabalar o`zlari mustakil kengaytiradilar degan umiddamiz. Bizning maksadimiz, keltirilgan ushbu ma`lumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy manbalar xususida umumiy tasavurni shakllantirish va uni mustakil fikrlashga o`rgatishdir. 9-Mavzu: Turkiy-o`zbek tilidagi tarixiy manbalar Reja: 1. Tarixiy manbalarning yaratilishida turkiy-o`zbek tilining tutgan o`rni. 2. Turkiy-o`zbek tildagi tarixiy manbalar. 3. Turkiy-o`zbek tildagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va axamiyati. Asosiy tushunchalar: turkiy-o`zbek tilidagi tarixiy manbalarga oid asosiy tushunchalar arab va fors tilidagi tushunchalardan deyarli fark kilmaydi. Shuning bilan birga turkiy tilda xarbiy termin va davlat tizimi, boshkaruvi va jo`grofiy atamalar o`rni salmoklidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., «O`kituvchi». 2001. 3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., «O`kituvchi» 1993. 4. Sobranie vostochnix rukopisey Akademii Nauk Respubliki Uzbekistan. Istoriya. Sostaviteli D.Yu.Yusupova, R.P.Djalilova.-T., «Fan». 1998. 5. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura. Sredney Azii XVI-XVIII v.- T., «Fan». 1985. 6. T.K.Beysenbiev «Tarixi Shaxrixi» kak istoricheskiy istochnik. Alma-Ata. 1987. Tarixiy manbalarning yaratilishida turkiy-o`zbek tilining tutgan o`rni Boy yozma merosimiz, tarixiy manbalarimiz shakllanishi va yaratilishida turkiy-o`zbek tilining aloxida o`rni bor. Lekin yurtimizda siyosiy xokimiyat avval arablarda, so`ng forsiy zabonli sulonlarda bo`lgan zamonlarda arab va fors tili davlat tili sifatida iste`foda etilib, bu tillarda rasmiy xujjatlar, tarixiy manbalar yaratildi. O`sha davolarda xam Maxmud Koshgariyning “Devoni lugotit turk”, Yusuf Xos Xojibning “Kutadgu bilik” kabi yirik yozma manbalarning yaratilishi turkiy tilning kudrati, saloxiyati va kuchi etarli ekanini namoyish etdi. Bundan tashkari, uzok muddat davomida xalkimiz etakchi ziyolilari va jonkuyarlari “Kur`oni karim” tafsirlari, “Xadisi sharif” va “Kisas ul-anbiyo”larni o`z turkiy tilimizga o`girishga va moslashtirishga xarakat kilganlar. Bizning boy diniy merosimiz bilan boglik kitoblar o`z tadkikotchilarini kutmokda. Keyingi mustamlaka davri siyosatida xalkimizga arab va fors tili, go`yoki chet tili, yot til sifatida ko`rsatilib, bu tillardagi boy merosimiz bizga begona, eskirgan, kolok o`tmish merosi sifatida tushuntirilib kelindiki, natijada bizning ma`naviy dunyomiz ma`lum darajada kambagallashdi, xalos. Afsuski, arab yozuvidagi boy merosimizni tushunmaydigan, undan yotsiraydigan, eng fojialisi, tushunishni xam xoxlamaydigan ziyolilar guruxi vujudga keldi. Ular tomonidan arab alifbosi asosidagi yozuvimiz eski o`zbek yozuvi deb atala boshlandi. Vaxolanki, biz Alisher Navoiyni o`zbek adabiy tili asoschisi deb tan olganmiz. Uning “Muxokamut ul-lugatayn” nomli asarida kayd kilinishicha, xokimiyat arablarda bo`lganida ular o`z tilidagi madaniyatni ravnak toptirishga xomiylik kildilar va ragbatlantirdilar. Undan so`ng fors tilidagi madaniyatga e`tibor berildi. Va nixoyat Temuriylar saltanati o`rnatilgach, turkiy-o`zbek tilining va turkiy madaniyatning tarakkiy etishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Bizning tilimizdagi yozma manbalar fakat xozirgi Respublikamiz xududi bilan chegaralanib kolmay, balki Alisher Navoiy iborasi bilan aytilsa, Xitodin to Xurosngacha, xatto Idil (Volga) daryosi bo`ylarigacha bo`lgan joylarda turkiy til tushunilgan, yozma manbalar, madaniyat obidalari yaratilgan. Birgina xarakterli misol. Buyuk boburiylar oltinchisi Avrangzeb Olamgir (1657-1706 yy.) o`zining Rks podshoxiga jo`natgan rasmiy maktubini turkiy tilda bitgan va bu muxim xujjat rus solnomalarida saklanib kolgan. XIII asrda Kul Ali tomonidan turkiy tilda “Yusuf va Zulayxo” dostoni Oltin O`rdada bitilgan. Birinchi turkiy tildagi aruz risolasi XV asr o`rtalarida Misrda yaratilgan. Mo`gul xokimlar xuzurida baxshi – kotiblarning bo`lganligi va nixoyati XIV asr oxiriga borib “Temur tuzuklari”ning yuzaga kelishi turkiy-o`zbek tilining tarakkiyoti uchun katta xizmat kildi. Nosiriddin Rabguziyning “Kisas ul-anbiyo” asarining yaratilishi, “Tarixi Tabariy”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muxammad Mirxondning “Ravzat us-safo” kabi yirik asarlarning turkiy tiliga o`girilishi, Durbek, Sayid Kosimiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Xofiz Xorazmiy kabi shoirlar ijodi turkiy-o`zbek tilining jaxondagi tarakkiy etgan adabiy va ilmiy til ekanligini ko`rsatdi. Alisher Navoiy yirik badiiy asarlari, “Xamsa” va “Lison ut-tayr” dostonlari, “Xazoyin ul-maoniy” nomli to`rt devonlari katorida yaratilgan nasriy tarixiy asarlari, xususan tarixga oid “Tarixi anbiyo va xukamo”, ”Tarixi muluki Ajam”, “Xamsat ul- mutaxayyirin”, ”Xoloti Sayyid Xasan Ardasher”, ”Xoloti Paxlavon Muxammad”, ”Vakfiya”, “Maxbub ul-kulub”, ”Majolis un-nafois”, ”Nasoyim ul-muxabbat”, “Munshaot” asarlari juda katta tarixiy axamiyatga molik manbalarning yaratilganligi keyingi davrlarda turkiy-o`zbek tilining rivojiga ulkan xissa bo`lib ko`shildi. Zaxiriddin Muxammad Boburning “Vakoyi`” (“Boburnoma”, 1530 y.) asarining yaratilishi jaxonshumul axamiyatga molik manba sifatida ijod etilganligini ko`rsatadi. Chunki bu obida to`rt marta fors tiliga, uch marta ingliz tiliga to`la tarjima kilinib, birgana forsiy ko`lyozmalarning juda ko`p tarkalganligi, o`n uch ko`lyozmaga ko`plab mo``jaz rasmlar bilan ziynatlanganligi, asl matnning sakkiz marta chop etilishi, o`ndan ziyod inglizcha kiska nashrlar yukoridagi fikr isboti uchun kifoyadir. Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi xam XVI asrda uch marta fors tiliga tarjima kilingan. Yana Muxammad Solix, Abuloziy Baxodirxon, Munis, Ogaxiy, Bayoniy, Xakimxon To`ra va boshkalarning tarixiy asarlari juda muxim va kimmatli manbalardir. Ayniksa, XIX asrda Xorazmda va Sharkiy Turkistonda turkiy tilga katta e`tibor tufayli ko`plab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy tillaridan tarjima kilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi. Umuman, XX asr birinchi choragigacha turkiy - o`zbek tillarida kator tarixiy manbalar yaratilgan edi. Bu davrgacha bitilgan bizning tilimizdagi obidalar arab alifyuosi asosidagi yozuvlarda bitilgan edi. 1929 yili alotin alifbosiga o`tildi 1940 yili rus-kirill alifbosi kiritildi. Mustakilligimiz bizga yana lotin alifbosini kayta tikladi. Albatta, lotin alifbosi rus-kirill alifbosiga nisbatan ko`plab turkiy xalklar uchun kabul kilinganligi bilan kator afzallikka ega. Lekin deyarli XIII yoki XII asr davomida yaratilgan manbalar takdiri nima bo`ladi? Degan savol kishini o`ylantiradi. Bo`lgusi tarixchilarga fors, arab tili asoslarini o`rgatilishi, arab yozuvidagi manbalardan foydalanish malakasini xosil kilish kay darajada? O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixga e`tibori va xilkimiz boy madaniyatini o`rganishga, kadolashga intilishi kishida umid va kelajakka ishonch uygotadi. Darxakikat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k”. Ushbu darslikda turkiy-o`zbek tilida bitilgan xamma manbalarni kamrab olish mumkin emas, shuning uchun eng muxim va yirik yozma manbalarning xarakterli xususiyatlarni bayon etamiz, xalos. Umid kilamizki, bu erda olgan bilimlarini talabalar o`zlari mustakil ravishda kengaytirib, yanada chukurlashtiradilar. Chunki, manbalar barcha bilim asosidir. Turkiy o`zbek tilidagi tarixiy manbalar ”Kutadgu bilik” Yusuf Xos Xojib Bolasoguniyning ”Kutadgu bilik” (“Saodatga yo`llovchi bilim”) nomli asari 1069-1079 yillari yozilgan doston xarakteridagi badiiy asar bo`lsa xam, unda davlatni boshkarishga oid kimmatli fikrlar bayon kilingan va Koraxoniylar davri madaniyatini o`rganishda muxim manbadir. Undagi “Idora odobi”, “Kudratli davlat konunlari”, “Podshoxlarga maslaxatlar” kabi boblar katta tarixiy axamiyatga ega. “Temur tuzuklari”, “Tuzukoti Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy” yoki “Vokeoti Temuriy” nomlari bilan atalgan asar Amir Temurning etti yoshligidan boshlab xayot yo`li xakida xikoya kiladi. “Temur tuzuklari”- muxim tarixiy manba bo`lib, unda Amir Temur davlatining tuzilishi va boshkarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab turkiy-o`zbek tilida bitilgan. Uning bir ko`lyozmasi Yaman mamlakati oliy xukmdori Ja`far podshox kutubxonasida saklangan. “Temur tuzuklari”ning fors tiliga tarjimoni Mir Abu Tolib Xusayniy at- Turbatiy tarjima mukaddimasida, Arabistonning mukaddas joylarini xaj kilib kaytishda, Yamanda bo`lgan chogida Ja`far podshox kutubxonasida turkiy tildagi mazkur asarni topgani va u Amir Temurning xayot yo`li xakidagi o`zi yozgan ekanligini ta`kidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan kaytib kelgandan keyin, asarni fors tiliga tarjima kilgan. Lekin Arabistondan olib kelingan asliyatdan yoki Xindistonda bo`lgan biron ko`lyozma nusxadan o`girilgani aytilmagan. Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk boburiylardan Shoxijaxonga tortik kiladi. Keyin bu tarjima Muxammad Afzal Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy taxrir kilingan. “Temur tuzuklari” ikki makoladan iborat: Birinchi makola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustaxkamlash, ko`shinni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan. Ikkinchi makolada 13 kengash va uning kismlarida Amir Temurning xokimiyat tepasiga kelishi va xarbiy yurishlari tafsilotlari beriladi. “Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafakat xukmdorlar va ma`lumotli kishilar orasida, balki jaxon ilm axli o`rtasida shuxrat topti. Asarning ko`lyozma shaklida xam, toshbosma shaklida xam, shuningdek jaxonning ko`p tillariga kilingan tarjima shaklida xam (inglizcha, frantsuzcha, urdu, rus va o`zbek tillarida) nashr etilishi so`zimizga isbot –dalildir. Ikki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muxammad Afzal Buxoriy xizmatlari tufayli “Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha etib kelgan. Bu tarjimaning mo``tabar ko`lyozmalari Rossiya, Xindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Frantsiya va boshka mamlakatlar xazinalarida mavjud. “Temur tuzuklari”ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963 yillari ovrupo va shark tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan. “Temur tuzuklari”ni to`lik 1857 yili Xivada Muxammad Yusuf Rojiy tomonidan va 1858 yili Paxlavon Niyoz devon tarafidan turkiy-o`zbek tiliga tarjima kilingan. Ularning birinchisi “Tuzuki Temuriy”, ikkinchisi “Malfuzot” nomi bilan ma`lum. Yana bir tarjima Xo`jand kozisi Nabijon maxdum tarafidan, Ko`kon xoni Muxammad Alixon (1821-1858 yy.)ning topshirigiga binoan amalga oshirilgan. “Temur tuzuklari” asarini Alixon To`ra Soguniy 1967 yili Mir Abu Tolib tarjimasini o`zbekchaga tarjima kilgan edi. 1990 yili Alixon To`ra tarjimasini “Temur tuzuklari”ni Bombay nashri matni asosida Xabibullo Karamatov yana bir tarjimani amalga oshirib, nashr ettirdi. “Temur tuzuklari”ning manba sifatidagi tarixiy axamiyati buyuk ekanligi mutaxassislarning unga bo`lgan katta e`tiboridan bilish mumkin. Asarning sakkizta mo``tabar ko`lyozmasi Toshkentda, Sharkshunoslik instituti xazinasida mavjud. “Tavorixi guzida, Nusratnoma” (“Saylanma solnomalar, Galabalar kitobi”) nomli tarixiy asar XU1 asrda yaratilgan yozma obidadir. Ushbu asar muallifining nomi ishonarli va kat`iy aniklanmagan. Tadkikotchilar orasida bu xususda turlicha fikrlar mavjud. Sharkshunoslardan A.A.Semenov, R.G.Mukminova va V.P.Yudin ushbu kitobni Shayboniyxon tomonidan yoki uning faol ishtirokida yozilgan, deb xisoblaydilar. Ushbu asarni chukur va atroflicha o`rgangan A.M.Ikromovning fikricha, “Tavorixi guzida, Nusratnoma” ijodkori mashxur “Shayboniynoma” dostonining muallifi Muxammad Solixdir. “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asari mukaddimasida muallif o`zini “Ojiz”, “Garib”, “Xokisor” deb ataydi. U Munke koon nomiga yozilgan “Tavorixi jaxonkushoy”, Gozonxonning kizi nomiga bitilgan “Tavorixi guzida” va Mirzo Ulugbek nomidan yozilgan “Muntaxab ut-tavorixi shoxiy” nomli kitoblardan saylab tartib kilish xakida buyruk olganligi va unda Shayboniyxon tarixini xam ko`shib bir asar yaratganligi va unga “Tavorixi guzida, Nusratnoma” deb ot ko`yganligini ochik aytadi. Bundan ma`lum bo`lishicha, asar Shayboniyxonning topshirigi bilan saroyga yakin turgan tarixchilarning biri tomonidan yaratilgan. Ushbu asar 1502-1505 yillar orasida yozilgan bo`lib, ikki mustakil kismdan - “Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan iborat. Birinchi kismda O`gizxon va kadimgi turklar, Chingizxon xamda uning Mo`guliston, Dashti kipchok, Movarounnaxr va Eronda xukmronlik kilgan avlodi tarixi, ikkinchi kismda esa Shayboniyxon tavalludidan (1451 y.) to uning Movarounnaxrni istilo kilishigacha (1500-1505 yy.) Dashti kipchok xamda Movarounnaxrning ijtimoiy-siyosiy axvoli bayon kilingan. “Tavorixi guzida, Nusratnoma”ning ikkinchi kismi zo`r ilmiy axamiyatga ega. Unda Shayboniylar ko`shinining tuzilishi, uning etnik tarkibi, shuningdek, ko`chmanchilarning Korako`l, Xisor, Chagoniyon, O`ratepa xamda Xo`jand viloyatlarida kilgan talon-tarojlari xakida muxim va kimmatli ma`lumotlar bor. Asarning yana bir kimmatli tomoni shundaki, unda sodir bo`lgan vokealarning vakti anik ko`rsatilgan. Bundan tashkari, Shayboniyxon ko`shinlari tarafidan Fargona viloyatining bosib olinishi fakat “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarida to`gri va to`lik yoritilgan. “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarining fakat ikkita ko`lyozma nusxasi bizgacha etib kelgan. Ulardan biri Sankt-Peterburgda, ikkinchisi esa Angliyaning Britaniya muzkyida saklanmokda. Kitobning matni faksimilesi (fotonusxa) zarur ilmiy izoxlar va tadkikotlar bilan 1967 yili Toshuketda A.M.Ikromov tomonidan e`lon kilingan. Undan ayrim parchalar rus tilida 1969 yili Olma-Otada V.P.Yudin tomonidan e`lon kilingan. “Zubdat ul-asar” (“Colnomalar sari”) nomli turkiy-o`zbek tilidagi tarixiy asarning muallifi Abdulla Nasrulloxiy yoki Abdulla ibn Muxammad ibn Ali Nasrullox bo`lib, u XU asrning ikkinchi yarmi va XU1 asrning birinchi yarmida o`tgan balxlik tarixnavis olimdir. Tarixchi XU asrning 80-90-yillarida Balx xokimi Temuriyzoda Badiuzzamon Mirzoning xizmatida bo`lgan. Xirot Shayboniyxon tomonidan 1507 yili ishgol etilganjan keyin uning xizmatiga kirgan. 1510 yili Muxammad Gayboniyxon xalok bo`lganidan keyin, uning o`gli Muxammad Temur Sulton xuzuriga, Samarkandga kelgan. Bobur Mirzo 1511 yili Samarkandga kelganida Abdulla Nasrulloxiy Shayboniy Sultonlar bilan Toshkentga kelgan va Suyunchxojaxonning xizmatiga kirgan. Oradan ko`p o`tmay tarixchi Suyunchxojaxonning o`gli, Shoxruxiya xokimi Keldi Muxammad nomi bilan xam mashxur, Sulton Muxammadning xizmatiga yollangan va 1525 yili uning topshirigi bilan o`zining “Zubdat ul-asar” nomli kitobini yozgan. “Zubdat ul-asar” umumiy tarix yo`nalishida yozilgan va kadim zamonlardan to 1525 yilgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy vokealarni kiskacha bayon kiladi. Asar 11 kism, fasldan iborat bo`lib, uning oxirgi 11 kismi yangi xisoblanadi. Unda XU1 asrning birinchi choragida Xuroson va Movarounnaxrda sodir bo`lgan vokealar birmuncha keng yoritilgan. Ayniksa, Shayboniy sultonlar Suyunchxojaxon, Ko`chkinchixon, Jonibek Sulton, Ubaydullaxon, Muxammad Temur Sulton bilan Bobur Mirzo va uning siyosiy ittifokchilari Safaviylar o`rtasida Movarounnaxr uchun davom etgan kurolli kurash, Suyunchxojaxon bilan Sulton Saidxon o`rtaisdagi 1512-1514 yillardagi toju taxt uchun bo`lgan kurash va Fargonaning Shayboniylar tomonidan kaytadan bo`ysundirilishi, Shayboniylarning 1514, 1520, 1524 yillari Xuroson ustiga kilgan xarbiy yurishlari va Balxning 1526 yili bo`ysundirilishi, Shayboniylarning kozok sudtonlari, xususan Kosimxon (1511-1523 yy.) o`rtasida Sirdaryo bo`yida joylashgan Yassi, Savron, Suzok, Sayram va boshka shaxarlar uchun olib borilgan kurashlar tarixi birmuncha keng bayon etilgan. Ushbu kimmatli asarning fakat ikkita ko`lyozmasi sakdanib kolgan bo`lib, biri Toshkentda, Sharkshunoslik institutida (Inv.№ 608) va ikkinchisi Sankt-Peterburgdagi RF FA Sharkshunoslik instituti shaxar bo`limida (D.104) rakami ostida saklanmokda. “Vakoyi`”-vokealar Zaxiriddin Muxammad Boburning jaxonga “Boburnoma” nomi bilan mashxur bo`lgan shox asarining asl nomidir. Muallif asarda o`zining o`n ikki yoshida Fargona viloyati podshoxi, deb ko`tarilgan vaktidan boshlab, xayotining oxiriga kadar bo`lib o`tgan vokealarni yilma-yil bayon kilgan. Dunyoda mavjud asarning barcha ko`lyozmalarida bir necha yil, xususan 1509-1518, 1521-1524 yil vokealari bayoni tushib kolgan. Bobur Fargona viloyati xokimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-1494 yy.) to`ngich o`gli, 1483 yilning 14 fevralida Andijon shaxrida tugilgan. U 1494 yilning 5 iyunida, xijriy isobda o`n ikki yoshida xalok bo`lgan otasi o`rniga Fargona taxtiga o`tkaziladi. Lekin oradan ko`p vakt o`tmay, mamlakatda avj olgan o`zaro kurash natijasida maglubiyatga uchrab, Fargonani tashlab chikishga majbur bo`ladi Uning 1497-1500 yillari Samarkand taxti uchun olib borgan kurashi xam muvaffakiyatsizlikka uchraydi. Bobur 1504 yilga kadar Fargona va Samarkand uchun kurashdi, ammo Temuniylar o`zaro birlasha olmadilar. Natijada, u tajribali Shayboniyxon bilan bo`lgan janglarda magluyuiyatga uchrab, o`z yurtini tark etib, omad va baxt izlab Kobulga yo`l oldi. Kobulni egallagan Bobur o`z mavkeini asta- sekin mustaxkamlab bordi. 1511 yilning kuzida Bobur Ozarbayjon va Eron podshoxi Shox Ismoil Safaviyning (1502-1524 yy.) xarbiy yordamiga tayanib, Samarkandni uchinchi bor egallashga muvaffak bo`ldi. Ammo uning o`z xalki e`tikodi – sunniy mazxabni inkor etib, kishilarga shialar kiyimida ko`rinishi, axolini undan ixlosini kaytardi. Bu safargi Boburning bobo meros poytaxt Samarkanddagi xukmronligi bir yilga xam etmadi. 1512 yilning baxorida Ko`li Malik (Xayrobod bilan Korako`l orasida joylashgan mavze`) degan joyda bo`lib o`tgan jangda Shayboniylardan Ubaydullaxon, Muxammad Temur Sulton, Jonibek Sulton va boshkalarning birlashgan kuchlari uning ko`shinlarini tor-mor keltirdi. Bobur Xisori shodmon tomonga chekindi va kariyb ikki yil mobaynida o`sha viloyatda kun kechirdi va 1514 yili yana Kobulga kaytdi. U 1514-1525 yillar orasida Shimoliy Xindistonga, uni bo`ysundirish maksadida besh marta ko`shin tortadi, lekin fakat so`nggi yurishi (1525 y.) natijasida boy va ulkan mamlakatni egalladi. Bobur tarixda yangi saltanatga asos soldi. Uning davlati garbda yanglish Buyuk mo`gullar nomi bilan mashxur bo`lib ketgan, aslida esa bu Xindistondagi Temuriylar yoki Boburiylar davlatidir. Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Xindistondagi poytaxti Agra shaxrida vafot etdi. Ammo uning vasiyatiga ko`ra, keyincha uning xoki Kobul shaxridagi o`zi asos solib obod kilgan bogga ko`mildi. Uning kabr toshi keyincha chevarasi Nuriddin Muxammad Jaxongir (1605- 1627 yy.) tomonidan o`rnatilgan. Bobur iste`dodli kalam soxibi sifatida ikki devon-she`rlar majmuasi, aruz ilmiga oid risola, islom konunshunosligi masalalariga bagishlangan “Mubayyin” nomli masnaviysi, Ubaydulla Xoja Axrorning “Volidiya” risolasining turkiy tarjimasi, musika va xarbiy ishga oid risolalari muallifi, maxsus yangi alifbo “Xatti Boburiy” ixtirochisi xamda “Vakoyi`” asarining ijodkoridir. “Vakoyi`” memuar – xotira tipidagi asar bo`lib, o`zining bayon uslubi bilan “Temur tuzuklari”ni eslatadi. Kitobda Fargona, Toshkent, Samarkand, Xisori shodmon, Chagoniyon, Kobul, Xuroson poytaxti Xirot xamda Shimoliy Xindistonning XU asr ikkinchi yarmi va XU1 asr birinchi o`ttiz yilligidagi ijtimoiy- siyosiy axvoli batafsil yoritilgan. Asar mazmunini shartli uch kismga bo`lish mumkin: 1. Fargona va Movarounnaxr vokealari davri (1494-1504 yy.); 2. Kobul va Xuroson vokealari davri (1504-1525 yy.); 3. Xindiston vokealari davri (1525-1530 yy.). Siyosiy vokealar bayonidan tashkari, asar geografik xamda etnografik ma`lumotlarga boy. Undan Fargonaning turk-mo`gul kabilalari, ko`chmanchi o`zbeklar ko`shini tuzilishi, Movarounnaxr, Xuroson va Xindiston xalklarining urf- odatlari, xayvonoti, nabototi, parrandalari va boshkalar to`grisida tafsilotlar xam o`rin olgan. “Vakoyi`” asari asl matni uch marta, birinchi marta 1857 yili Kozonda N.I.Il`minskiy tomonidan Buxoro ko`lyozmasi va ikki marta 1905 va 1970 yillari Angliyaning poytaxti London shaxrida A.Beverij xonim tomonidan Xaydarobod ko`lyozmasi asosida chop kilingan edi. 1995-1996 yillari yapon olimi Eyji Manu “Vakoyi`” asari matnini to`rtta turkiy va uchta forsiy ko`lyozmalari asosida tuzib, unga mukammal ko`rsatkichlarni aloxida jild sifatida ilova kildi. Bu tadkikotchi keyincha yapon tilida tarjima va ko`rsatkichlarni ikki jildda chop etdi. Kirill-rus alifbosida 1948-1949 yillari ikki jildda S.Mirzaev va P.Shamsiev tomonidan birinchi bor va 1960 yili bir jild sifatida chop kilingan edi. 2002 yili S.Xasanov tomonidan P.Shamsiev, S.Mirzaev va Eyji Manu nashrlari asosida “Vakoyi`” asar matnini chop etdi. Ammo bular va boshka nashrlar ushbu jaxonga mashxur asarning asl nusxasining ilmiy akademik nashri emas. Garchi “Vakoyi`” asl nusxa matni ilmiy asosda tiklanmagan bo`lsa-da, uni tarjima kilish, o`rganish xali asar to`la tugamasdan oldin boshlangan edi. Ilk marti “Vakoyi`” asarini fors tiliga tarjima kila boshlagan va bir kismini tarjima kilgan shaxs Boburning safdoshi va sadri Shayx Zayn Xavrfiy (vaf.1534 y.) edi. Asar butunlay tugamasdan turib, undan bir nusxani Bobur ko`chirtirib Movarounnaxrga jo`natgan edi. “Vakoyi`” bilan tasodifan tanishgan Boburning chevarasi Sulton Salim, bo`lgusi Jaxongir otaligi, ma`naviy ustozi Kutbiddin Muxammad Beklarbegi o`gli Bexruzxon Navrangxondir. U Mirzo Poyanda Xasan Gaznaviydan asarni fors tiliga tarjima kildira boshlaydi. Ammo tarjimon vafot etgach, Muxammad Kuli Xisoriyni bu ishga jalb etib, 1586 yili tarjima nixoyasiga etadi. Uchinchi marta “Vakoyi`”ni fors tiliga tarjima kilish tashabbuskori Boburning nabirasi Jaloliddin Muxammad Akbar (1556-1605 yy.) edi. U asarni Bayramxon o`gli Abduraximxonga tarjima kildirib, uning ko`plab nusxalarini nafis mo``jaz rasmlar bilan bezattirgan. Forsiy tildagi ushbu uchchala tarjima asl matnni tiklashda katta ilmiy axamiyatga ega. “Vakoyi`” asari garb olimlari ichida mashxur va juda katta obro`-e`tiborga molik. Asar ingliz tiliga uch marta 1826, 1921 va 1990 yillari to`la tarjima kilingan bo`lsa, uning ixcham va kiskartirilgan nashrlari o`n beshdan ziyoddir. Aytish mumkinki, so`nggi ikki yuz yil davomida ingliz sharkshunoslari “Vakoyi`” asarini juda jiddiy o`rganmokdalar va maxsus Boburshunoslik ilmiy yo`nalishiga asos solganlar. Asarning forsiy toshbosma matni xam mavjud. Kitob yana ikki marta frantsuz tiliga, nemis, turk, yapon, xind, urdu, turk, kozok tillariga tarjima kilingan. Umuman, shark tarixiga oid asarlar ichida “Vakoyi`” bksak mavkega ega. Shunday tarixiy obida to`grisida uch marta akademik S.Azimjonova tomonidan rus tilida kitoblar chop etilgan bo`lsa-da, o`zbek tilidagi tadkikotlar asosan filologik yo`ealishda amalga oshirilgan. “Vakoyi`” birinchi galda tarixiy manba va u boshka soxa mutaxassislari uchun xam bebaxo obida va ibratli namunadir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling