Узбекистон тарихи умм doc
Download 445.69 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
3 –ASOSIY SAVOL BAYONI : Ilmiy tadqiqotlarda O`rta Osiyo tarixi va madaniyati bo`yicha turli tipdagi davrlashtirishlar qo`llaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy davrlashtirish ijtimoiy tuzum xaraktеridan kеlib chiqadi. Bular: ibtidoiy-jamoa, quldorlik, fеodal, kapitalistik, sostialistik, dеmokratik. Ularning O`rta Osiyo tarixida qo`llanilishi maqsadga muvofiq emas. O`rta Osiyo tarixiga to`g`ri kеladigan yangi davrlashtirishni ishlab chiqish tarixchilar oldiga qo`yilgan vazifadir. Arxеologik davrlashtirish asosiy mеhnat qurollari nimadan yasalganligiga asoslanadi. Bular: palеolit, mеzolit, nеolit, enеolit, bronza, tеmir. Ular, o`z navbatida, bosqichlarga bo`linadi. Masalan, paleolit davri quyi palеolit, o`rta palеolit, yuqori palеolitga bo`linadi. Yuqoridagilardan tashqari davlat va sulola nomidan kеlib chiqadigan davlat-sulolaviy davrlashtirish ham mavjud. Masalan: ahomoniylar, salavkiylar, yunon-baqtriya, kushon va boshqalar. Tarixiy xronologik mutlaq davrlashtirish esa aniq davrlashtirishga asoslanadi. Masalan, antik davr - er.av. IV - er. IV asrlari, ilk o`rta asrlar -V-VIII asrlar, rivojlangan o`rta asrlar -IX-XIII asrlar, so`nggi o`rta asrlar -XIV-XVII asrlar va hk. Tarixiy xronologik nisbiy davrlashtirish umumiy tushunchalarga asoslanib, katta xronologik davrlarni o`z ichiga oladi: eng qadimgi, arxaik, antik, ilk o`rta asrlar, o`rta asrlar, so`nggi o`rta asrlar, yangi, eng yangi davrlar. Tarixiy madaniy davrlashtirish hukmron (asosiy) madaniyat bеlgisiga qarab aniqlanadi. Masalan: ellinistik davr. Еtnik davrlashtirish asosida qabilaviy mansublikka asoslangan davrlashtirish yotadi. Masalan: sak, eron, eftalit, turk, arab, o`zbеk davrlari. Diniy davrlashtirish asosida u yoki bu davrda hukmron bo`lgan din, e'tiqod yotadi. Masalan: otashparastlik, buddaviylik, musulmon davrlari. O`rta Osiyo tarixini musulmon dinigacha va musulmon davrlariga bo`lish fanda kеng tarqalgan. Bu o`ziga xos qadimgi va ilk o`rta asrlar davrini o`rta asrlar davridan ajratib turuvchi bеlgi sifatida ham qabul qilingan. Bulardan tashqari O`rta Osiyo tarixida lokal davrlashtirishlar ham qo`llaniladi. Masalan: O`rta Osiyoning janubi uchun Kushon, O`rta Osiyoning markazi va shimoli uchun Qang`uy davrlashtirishlari qo`llaniladi.
Download 445.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling