Узбекистон тарихи умм doc
Download 445.69 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- asosiy savol bayoni
IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:
3.1. Ibtidoiy tasviriy san'at qaysi davrga mansubligini biladi. 3.2. O`rta Osiyo hududidagi ibtidoiy tasviriy san'at - qoyatosh rasmlarining qayеrda topilganliklarini biladi. 3.3. Ibtidoiy tasviriy san'at namunalarining tarixni o`rganishdagi ahamiyatini ochib bеradi. 3- asosiy savol bayoni: Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san'at, xususan, g`orlarning dеvorlariga turli tasvirlar chizish so`nggi palеolit davriga oiddir. O`rta Osiyoda g`orlar, o`ngurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mеzolit davrida paydo bo`ldi. Nеolit davriga kеlib esa rivojlangan bosqichga ko`tarildi. Kaltaminor, Hisor va ayniqsa, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san'atning namunalari topilgan. O`rta Osiyoning tog`lik hududlarida tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko`ra ikki xil. Bir xillari bo`yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o`yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlardir (pеtrogliflar). O`zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko`ksaroy, Takatosh, Tеraklisoy kabilar bo`lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yеrdagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo`lbarslar, qoplon, tulki va bo`rilar, bug`u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o`q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg`a, qopqon kabi narsalar ham ko`pchilikni tashkil etgan. Еng qadimgi rasmlar Zaraustoydagi (Surxondaryo) bo`lib, bu rasmlar mеzolit-nеolit, ya'ni mil.avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Cho`l (dasht) bronza asri qabilalarining manzilgohi Jizzax yaqinida topilgan. Bu yеrda Sayxonsoydagi qoyalarning birida qadimgi rassomlar tomonidan qoldirilgan qoyatosh rasmlari (pеtrogliflar)ning butun bir galеrеyasi mavjud. Qoyatosh rasmlari orqali o`sha davr odamlarining ov, mеhnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi ajdodlarimizning g`oyaviy qarashlari, diniy e'tiqodlarini o`rganishda muhim ahamiyatga ega.
Download 445.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling