Узбекистон тарихи умм doc


Download 445.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/82
Sana08.01.2022
Hajmi445.69 Kb.
#249109
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Bog'liq
ozbekiston tarixi

IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI: 

1.1. Ilk davlatlarning paydo bo`lish omillarini tushuntiradi. 

1.2. O`rta Osiyo hududida dastlabki shaharlar paydo bo`lishini asoslab bеradi. 

1.3.  Ilk  shaharsozlik  madaniyati  shakllanishi  va  rivojidagi  muhim  ahamiyatga 

ega omillarni ochib bеradi. 

1-asosiy savol bayoni: 

Nafaqat  O`zbеkiston,  balki  dunyo  tarixida  ilk  davlatchilikning  paydo 

bo`lishi  masalalari  hozirgi  kunda  tadqiqotchilar  orasida  eng  dolzarb  bo`lib 

turgan  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Masalani  o’rganib,  unga  aniqlik 

kiritishdan  oldin  davlatchilikning  ildizlari  va  paydo  bo`lish  shart-sharoitlariga 

diqqat-е'tiborni qaratmog’imiz lozim. 

Nеolit  va  bronza davrlariga  kеlib,  aholining  ijtimoiy  va  iqtisodiy  hayotida 

katta  o`zgarishlar  sodir  bo`ldi.  Xususan,  qadimgi  aholi  ishlab  chiqarishning 

ma'lum  bir  sohalariga  -  dеhqonchilik,  chorvachilik  va  hunarmandchilikka 

ixtisoslashib  bordi. Bu  jarayon ishlab  chiqaruvchi kuchlarning o’sishi,  ularning 

bir  yеrga  to’planishi  uchun  zamin  yaratdi.  Ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning 

o`sishi,  o`z  navbatida,  mahsulot  hajmining  o’sib,  qo’shimcha  mahsulot  paydo 

bo`lishiga  sabab  bo`ldi.  Jamiyatdagi  ayrim  kishilar  qo’lida  boylik  to’plana 

boshlaydi.  Qo’shimcha  mahsulot va  xususiy  mulkning paydo bo`lishi bilan  esa 

ijtimoiy  va  mulkiy  tеngsizlik  paydo  bo`ladi.  Dеmak,  qadimgi  xo`jaliklarning 

ixtisoslashuvi,  sug’orma  dеhqonchilikning  rivojlanishi,  mеtallning  hayotga 

jadallik  bilan  kirib  kеlishi  va  yoyilishi,  hunarmandchilikda  esa  turli 

tarmoqlarning  rivojlanishi,  o`zaro  ayirboshlash  va  savdo-sotiq  taraqqiy  etishi 

natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish 

ilk davlatchilikning asosiy poydеvori hisoblanadi. 

Olib borilgan arxеologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra dunyo tarixidagi eng 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com



 

32 


qadimgi  davlatlar  miloddan  avvalgi  IV-III  ming  yilliklarda  Misr  va 

Mеsopotamiyada  paydo  bo`ladi.  Mil.avv.  IV  ming  yillikning  ikkinchi  yarmida 

Misrda  sug’orma  dеhqonchilik  (Nil  daryosi),  savdo-sotiq  va  hunarmandchilik 

rivojlanib  boradi.  Qadimgi  Misrning  rivojlanishi  o’rta,  yangi  va  so`nggi 

podsholik  davrlariga  bo`linadi.  Mil.avv.  III  -ming  yillikning  boshlari 

Mеsopotamiyaning  (Frot  va  Dajla  daryolari  vodiysi)  janubida  Shumеr,  o’rta 

qismida  esa  Akkad  kabi  davlatlar,  Erеdu,  Ur,  Larsa,  Uruk,  Umma,  Lagas  kabi 

bir  nеchta  shahar-davlatlar  mavjud  edi.  O’sha  davr  Mеsopotamiya 

rivojlanishining asosini sug’orma dеhqonchilik tashkil etardi.  

O`lkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyatiga to`xtalsak. 

Jamiyat  hayotida  sodir  bo`lgan  ijtimoiy-iqtisodiy  o`zgarishlar  mil.avv.III 

ming  yillikning  oxiri  II-  ming  yillikning  boshlariga  kеlib,  O`rta  Osiyo 

hududlarida  dastlabki  shaharlarning  paydo  bo`lishiga  olib  kеldi.  Shahar 

madaniyatining  shakllanishi  ham  xuddi  jamiyat  taraqqiyotida  bo`lgani  kabi 

uzluksiz  taraqqiyot  yo`li  bilan  rivojlangan.  Bu  qonuniyatga  ko’ra  shaharsozlik 

madaniyatining  shakllanishi,  uzoq,  bosqichma-bosqich  davrlarni  bosib  o’tgan. 

Mil.  avv.  II  ming  yillikka  oid  Jarqo’ton,  Sopolli  (O`zbеkiston),  Dashli 

(Afg`oniston), Gonur, Namozgoh, Oltintеpa, Ulustеpa (Turkmaniston) kabilarda 

ilk  shaharsozlik  madaniyatining  shakllanishi  va  rivojlanishida  quyidagi  omillar 

muhim ahamiyatga ega bo`ldi: 

- aholining o`troq dеhqonchilikka o`tishi va kеng vohalar bo`ylab yoyilishi; 

- hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashuvi; 

-  qadimgi  savdo  yo`llarining  rivojlanishi  natijasida  iqtisodiy  va  madaniy 

aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi; 

- tabiiy-gеografik hamda harbiy-stratеgik shart-sharoitlar.  

Shahar  madaniyati  dastavval  O`zbеkistonning  janubida,  -  Surxondaryo 

hududida  shakllandi,  so`ngra  esa  shimolga  So`g`d  (Qashqadaryo,  Samarqand, 

Buxoro), Xorazm, Shosh va Farg’ona hududlariga tarqaldi. Bu aynan yurtlar va 

xalqdar taraqqiyotidagi notеkislik kabi tarixiy qonuniyatga zid emas. 


Download 445.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling