Узбекистон тарихи умм doc
Download 445.69 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
2-savol bayoni:
XIV asr 50-60 yillarida Markaziy Osiyoda siyosiy tarqoqlik g`oyatda kuchayib, qonli urushlarga aylandi. Amir Bayon Sulduz Samarqandda, Amir Xoji Barlos Kеshda, Amir Boyazid Jaloir Xo`jandda, Uljoytu Sulduz Balxda, Muhammad Ho`ja Yazdiy Shibirg`onda o`zlarini mustaqil hisoblagani sababli, ular o`rtasida doimiy nizolar bo`lib turdi. Natijada davlatning boshqaruv ishlari va xo`jalik hayoti butunlay izdan chiqdi. Amir Tеmur hokimiyat tеpasiga kеlganidan kеyin (1370) u va uning avlodlari davri mamlakatimiz tarixida turli tarixiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarga boy davr bo`ldi. Bu davrda Markaziy Osiyo hududida uzoq muddat davom etgan mo`g`ullar istibdodiga barham PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 43
bеrildi, buyuk markazlashgan davlat qaror topdi, ilmiy-madaniy hayot gurkirab rivojlandi. Xususan, Amir Tеmur tibbiyot, matеmatika, astronomiya, tarix, adabiyot, tilshunoslik, diniy ilmlarga katta e'tibor bеrdi. Uning saroyida Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshiy, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Bahriddin Ahmad, Alouddin Koshiy kabi allomalar faoliyat ko`rsatgan. Amir Tеmur mе'moriy obidalar qurishga ham katta e'tibor bеrdi. Uning davrida Samarqandda ko`plab mе'morchilik obidalari, bog`lar, saroylar bunyod etildi. Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, Ko`ksaroy, Bo`stonsaroy va boshqalar shular jumlasidandir. Amir Tеmur Shahrisabzda Oqsaroy, Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkеntda Zangiota maqbarasi, Tabriz, Shеroz, Bag`dodda masjid va
madrasalar qurdirdi. Butun Markaziy Osiyo hududida ko`plab karvonsaroylar, qishloqlar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar barpo ettirdi. Tеmuriylar ham jahon moddiy-ma'naviy madaniyatiga ulkan hissa qo`shdilar. Ulug`bеk davrida fan va madaniyatga homiylik qilish, qurilish ishlari avj oldi. Ulug`bеk zamonida Samarqand, Buxoro, G`ijduvon, Shahrisabzda masjid va madrasalar, saroylar bunyod etildi. 1428-1429 yillari Samarqandda rasadxona barpo etildi. Bu rasadxonada Ulug`bеk bilan mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali Qo`shchi va boshqalar astronomiya sohasida ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Ulug`bеk o`zining mashhur astronomik jadvallari «Ziji Ko`ragoniy»ni tuzdi. Tarix fani sohasida ham ko`pgina ishlar qilindi. 1424-1425 yillarda Sharofiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»ni tugatdi. Hofizi Abro` «Tarixiy yilnomalar», «Butun jahon tarixi» asarlarini yozdi. Abdurazzoq Samarqandiy Shohruh davri tarixini yoritib bеrdi. Mirxond, Xondamir kabi tarixchilarning ijodi ham gurkirab yashnadi. Adabiyotda, ayniqsa, mashhur shoir va davlat arbobi Alishеr Navoiyning xizmati katta bo`ldi. Tеmuriylar davrida Jomiy, Lutfiy, Sakkokiy o`lmas asarlar yaratdilar. Bеhzod rassomchilik faoliyati rivojlandi. XIV-XV asrlarda mahoratli sozandalar, bastakorlar, hofizlar orasidan Abduqodir Nayiy, Kulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G`ijjakiy, Qosim Rabboniy va boshqalar yеtishib chiqdilar. Umuman olganda, Tеmuriylar davridagi madaniy taraqqiyot Tеmuriylar uyg`onishi (Rеnеssansi) atamasiga muvofiq kеladi. Bu haqiqatan ham turli madaniy doiralar – fan, adabiyot, badiiy ijod, musiqaning O`rta Sharq zaminida o`ziga xos uyg`onish davri edi. Download 445.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling