“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Download 155.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi155.13 Kb.
#1212560
1   2   3
Bog'liq
8-maruza stress

Kalit so’zlar. Pedagogik nizo. Kasbiy deformatsiya. Inqiroz. Motivatsion 
nizo. Davomiyligiga ko’ra pedagogik nizolar. Pedagogik nizolarni hal etish. 
Pedagogik usul. Ma’muriy usul. 
O’qituvchi o’quvchilarning etakchisi sifatida ta’lim muassasalarida o’zining 
ijodiy vazifalarini to’liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo’naltirilganligini 
shakllantirishi kerak. Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri – nizo 
sanaladi.
Nizo – qarama-qarshi, bir-biriga to’g’ri kelmaydigan kuchlar to’qnashuvi, 
ikki yoki undan ko’p taraflar orasida o’zaro kelishuvning yo’qligi, manfaatlar 
to’qnashuvini ifodalovchi ziddiyat. 
Pedagogik nizo bu – o’qituvchi va o’quvchi, o’qituvchi va ota-onalar, 
hamkasblar va rahbariyat o’rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar 
to’qnashuvi, o’zaro qarama-qarshilik, tortishuv va mojarodir. O’qituvchi har 
tomonlama tarbiyalangan, aqliy, axloqiy, ma’naviy jihatdan yetuk, bilim doirasi 
keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo’lishi lozim.
O’qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya 
mashg’ulotlarida yaqqol ko’rinadi. O’qituvchi bilan o’quvchi, o’quvchilar o’rtasida 
o’zaro jonli til, fikrlar olishuvi, samimiy munosabat, hurmatizzat, asosiy maqsadga 
erishishi uchun hamkorlikda ishlashi lozim.
Pedagogik nizolar o’qituvchi faolitida kasbiy deformatsiyani paydo bo’lishiga 
turtki beradi. Nizolar muntazam ijobiy o’z yechimini topmasa o’qituvchining 
shaxsiyatida stresslar, ruhiy taranglik, hissiy kuyish sindromini keltirib chiqarishi 
mumkin.


Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo’lgan asosiy belgilar 
quyidagilardir: 
▪ Inqiroz;
▪ Anglashilmovchilik; 
▪ Kutilmagan hodisa; 
▪ Zo’riqish; 
▪ Noqulaylik; 
▪ Ichki va tashqi xavotir; 
▪ Bartaraf etish qiyin bo’lgan qo’rquv. 
Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar: 
▪ Axborot omili; 
▪ Munosabat omili; 
▪ Xulq-atvor omili. 
Chexpedagogi Y.A.Komenskiy “o’qituvchilik kasbini yer yuzidagi har 
qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq darajada turadigan faxrli kasb hisoblanadi” deya 
tariflaydi. A.Navoiyning fikricha “...gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga 
ojizlik qiladi. Muallim esa, bir guruh bolalarga ilmu-adab o’rgatadi” deb o’z 
asarlarida keltiradi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat chekadi, mashaqqatlarni o’z 
boshidan kechiradi. Shu bois shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini 
his etishlari darkor.
Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda pedagogika va 
psixologiya fanlari bir-biriga uzviy bog’liqdir. Ularning har ikkisi bitta umumiy 
jarayonni – insonni psixik faoliyati hamda xulq-atvorini tadqiq etadi. Zamonaviy 
o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham 
o’quvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida 
pedagogik-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Shaxs 
shakllanishida u yashayotgan muhit, jamiyatning roli juda kattadir
Pedagogik nizolarning asosiy turlari:
▪ Ichki shaxsiy nizo;
▪ Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi. 


▪ Axloqiy nizo. Shaxslararo va guruhlararo nizolar. 
Davomiyligiga ko’ra, pedagogik nizolar bir nechta turlarga bo’linadi. 
Ularning asosiy turlari quyidagilardir: 
Qisqa muddatda yakun topadigan nizolar; 
▪ Kuchsiz, sust kechadigan nizolar; 
▪ Uzoq muddat davom etadigan nizolar; 
▪ Kuchli, tez kechadigan nizolar. 
Nizolarning kelib chiqish sabablaridan yana bir omili bu yashash sharoitining 
yaxshi emasligi. Agar o’qituvchi stress holatida bo’lsa o’quvchiga nisbatan adolatsiz 
xatti-harakat qilishi, o’zi bilmagan holda yuqoridagi xatolarga yo’l qo’yishi 
mumkin. O’quvchida yomon turmush tarzi bo’lsa nafaqat o’qituvchi balki yon 
atrofdagi hamma bilan ziddiyatli holat va og’ir psixologik jarayon holati yuzaga 
kelishi mumkin. Axloqiy nizo – axloq ijtimoiy ong shakllaridan biridir, u muayyan 
jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi, shaxslarning bir-biriga, jamiyatga
topishimiz kerak. Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator usullardan foydalaniladi.
Ular orasida eng samarali yo’llar quyidagilar sanaladi: 
▪ Nizoning ta’sir doirasini kengaytirmaslik. 
▪ Qulay yechimlarni taklif qilish. 
▪ Man etilgan usullarni qo’llamaslik, foydalanmaslik. 
▪ Shikoyatlar sonini qisqartirish. 
▪ Ikkinchi darajali masalalarni ham uzviy ravishda hal qilib borish. 
▪ Nizoga kirishgan sub’ektlar shaxsini kamsitatidan so’zlardan 
foydalanmaslik. 
Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator usullar ham qo’llaniladi. Ular orasida 
eng samarali usullardan quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkin: Pedagogik 
jarayondagi muhim hodisalardan biri nizo bo’lib, ular yuzaga kelgan vaziyatlarda 
ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Odatda 
pedagogik nizolar ikki usul.
▪ Pedagogik usul 
▪ Ma’muriy usul bilan hal qilish turlariga bo’linadi. 


O’qituvchining imidji atrofdagilarga uning shaxsi to’g’risida “ma’lumot” 
berish bilan birga o’quvchilarga samarali ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli 
o’qituvchining imidjida soddalik, tartiblilik, bejirimlik aks etishi kerak. Nizoni hal 
qilishning pedagogik usullari:
• Suhbat.
• Iltimos qilish. 
• Ishontirish. 
• Nizoga kirishuvchilarga qo’yilgan talablar va ishtirokchilarning xatti-
harakatlari noto’g’riligini tushuntirish. 
Nizoni hal qilishning ma’muriy usullari: 
• Nizoga kirishuvchilar manfaatlarini kuch bilan bostirish; 
• Ularni boshqa ishga o’tkazish; 
• Nizo qatnashchilarini turli ko’rinishlarda o’zaro ajratish; 
• Axloq komissiyasining qarori; 
• Rahbar buyrug’i; 
• Sud qarori. 
O’qituvchi pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, psixologik
pedagogik yordam ko’rsata olish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Pedagogik nizo 
sub’ektlariga ko’rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam ko’rsatish turlari:
▪ Maslahat berish; 
▪ Axborotli yordam ko’rsatish; 
▪ Tashxislash; 
▪ Amaliy treninglar uyushtirish; 
Xulosa qilib, o’qituvchining pedagogik faoliyatida yuzaga keladigan nizolarni 
pedagogik-psixologik xususiyatlarini o’rganib, tahlil qilish, ularni har tomonlama 
yo’llarini topish va amaliyotda qo’llash orqali nizolarni bartaraf etish kasbiy 
deformatsiyalarni kelib chiqishini oldini olishga yordam beradi. 

Download 155.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling