Uzluksiz ta’lim jarayonida pedagog faoliyatining o’rni


Download 491.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/38
Sana05.01.2022
Hajmi491.86 Kb.
#222557
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
uzluksiz talim jarayonida pedagog faoliyatining orni

TAVSIYALAR 

Uzluksiz ta’limda o`qituvchi pedagogik faoliyatning yuqoridagi 

komponentlaridan  qanday foydalanishni, ya’ni ta’lim-tarbiya maqsadini to`g`ri 

qo`yib, subekt va obektni yangi pedagogik texnologiyalar asosida faollashtiradi 

hamda shunga mos vositalarni turri tanlay va kullay oladi. Aynan shundagina 

o`qituvchining kasbiy mahorati yuzaga chiqadi. Demak, o`qituvchining mahorati 

uning kasbiy pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishiga doir shaxsiy sifatlar 

majmui bilan belgilanadi. Bu sifatlarga o`qituvchining: 

pedagogik bilimi; -  pedagogik zakovati; -pedagogik qobiliyati; - 



pedagogik texnikasi kiradi. 

O`qituvchining faoliyati asosan uchta obektga yo`naltirilgandir. 

Birinchidan, shaxs sifatida o`qituvchi faoliyatining o`z-o`ziga 

yo`naltirilganligi. Bunda o`qituvchining: 

«Men» obrazi nazarda tutiladi, ya’ni o`qituvchi o`zining kanday inson 



ekanligini anglab etadi. Masalan, «Men juda qattiqqo`lman, shuning uchun 

bolalarga nisbatan e’tiborli va tuzimli bo`lishim kerak», - singari o`z nutai nazariga 

ega bo`lishi; 

mustaqil bo`lishi, ya’ni u uz kuchi va bilimiga ishonishi va uni 



takomillashtirib borishi lozim; 

psixologik va fiziologik salomatligi, o`z-o`zini himoya qila olishi. 



Bunda masalan, o`qituvchining darsda xis-xayojonlarini bartaraf etishi, darsni 

yuqori kayfiyat bilan olib borishi, har kanday sharoitda ham asab tolalarini 

saklagan xolda o`zining tetik xrlatini buzmaslik va x.k; 

o`z qadriga etishi, ya’ni o`zi va o`z kuchiga ishongan holda  mohir 



o`qituvchi ekanligini anglashi; 

o`z mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.  



Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyatining boshqa shaxslarga, jumladan, 

o`quvchi shaxsiga yunaltirilganligidir.  

Bunda o`qituvchining: 

o`quvchilarga insonparvarlik nuqtai nazaridan munosabatda bo`lishi; 




o`quvchilarning ishonchiga kirishi

o`quvchilarga turli xil vaziyatlarda yordam berishi; 



-        o`quvchilarni qo`llab-quvvatlashi; 

bir-birini tushuna bilishi; 

o`quvchining fikrlarini tulik yoritishiga sharoit yaratishi



o`z qobiliyatlari, imkoniyatlari va o`zligini anglashiga yordam berishi; 

hokimlik qilishi, ya’ni o`quvchilarni boshqara olishi; 



muloqotga kirisha olishi. 

Uchinchidan, o`qituvchining o`z faoliyatiga yunaltirilganligi. Bunda 

o`qituvchi o`zining pedagogik faoliyati jarayonida pedagogik jamoa orasida: 

•  O`z ijtimoiy mavqesiga ega bo`lishi; 

•  o`z tarafdorlariga ega bo`lishi; 

•  o`z bilimi va tafakkurini oshirib borib, yangilik sari intilishi; 

•  samarali natijalarga erishishi

•  o`z faoliyatini samarali tashkil etishi; 

•  tajriba orttirishi; 

•  ish sharoitini yaratishi

•  ijod etishi 

 

 

 





Download 491.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling