Uzluksiz ta’lim jarayonida pedagog faoliyatining o’rni
Download 491.86 Kb. Pdf ko'rish
|
uzluksiz talim jarayonida pedagog faoliyatining orni
TAVSIYALAR
Uzluksiz ta’limda o`qituvchi pedagogik faoliyatning yuqoridagi komponentlaridan qanday foydalanishni, ya’ni ta’lim-tarbiya maqsadini to`g`ri qo`yib, subekt va obektni yangi pedagogik texnologiyalar asosida faollashtiradi hamda shunga mos vositalarni turri tanlay va kullay oladi. Aynan shundagina o`qituvchining kasbiy mahorati yuzaga chiqadi. Demak, o`qituvchining mahorati uning kasbiy pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishiga doir shaxsiy sifatlar majmui bilan belgilanadi. Bu sifatlarga o`qituvchining: - pedagogik bilimi; - pedagogik zakovati; -pedagogik qobiliyati; - pedagogik texnikasi kiradi. O`qituvchining faoliyati asosan uchta obektga yo`naltirilgandir. Birinchidan, shaxs sifatida o`qituvchi faoliyatining o`z-o`ziga yo`naltirilganligi. Bunda o`qituvchining: - «Men» obrazi nazarda tutiladi, ya’ni o`qituvchi o`zining kanday inson ekanligini anglab etadi. Masalan, «Men juda qattiqqo`lman, shuning uchun bolalarga nisbatan e’tiborli va tuzimli bo`lishim kerak», - singari o`z nutai nazariga ega bo`lishi; - mustaqil bo`lishi, ya’ni u uz kuchi va bilimiga ishonishi va uni takomillashtirib borishi lozim; - psixologik va fiziologik salomatligi, o`z-o`zini himoya qila olishi. Bunda masalan, o`qituvchining darsda xis-xayojonlarini bartaraf etishi, darsni yuqori kayfiyat bilan olib borishi, har kanday sharoitda ham asab tolalarini saklagan xolda o`zining tetik xrlatini buzmaslik va x.k; - o`z qadriga etishi, ya’ni o`zi va o`z kuchiga ishongan holda mohir o`qituvchi ekanligini anglashi; - o`z mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyatining boshqa shaxslarga, jumladan, o`quvchi shaxsiga yunaltirilganligidir. Bunda o`qituvchining: - o`quvchilarga insonparvarlik nuqtai nazaridan munosabatda bo`lishi; - o`quvchilarning ishonchiga kirishi; - o`quvchilarga turli xil vaziyatlarda yordam berishi; - o`quvchilarni qo`llab-quvvatlashi; bir-birini tushuna bilishi; - o`quvchining fikrlarini tulik yoritishiga sharoit yaratishi; - o`z qobiliyatlari, imkoniyatlari va o`zligini anglashiga yordam berishi; - hokimlik qilishi, ya’ni o`quvchilarni boshqara olishi; - muloqotga kirisha olishi. Uchinchidan, o`qituvchining o`z faoliyatiga yunaltirilganligi. Bunda o`qituvchi o`zining pedagogik faoliyati jarayonida pedagogik jamoa orasida: • O`z ijtimoiy mavqesiga ega bo`lishi; • o`z tarafdorlariga ega bo`lishi; • o`z bilimi va tafakkurini oshirib borib, yangilik sari intilishi; • samarali natijalarga erishishi; • o`z faoliyatini samarali tashkil etishi; • tajriba orttirishi; • ish sharoitini yaratishi; • ijod etishi
|
ma'muriyatiga murojaat qiling